Soyangiz kotangensni biladi ☀️📐 Maktabda «ctg α = yon katet ÷ qarshi katet» deb yodlatishadi. Aslida hammasi oddiyroq: kotangens — soyangiz bo‘yingizdan necha marta uzunligi. Bu bilim hayotda ham ishlaydi: soya va burchakni bilib, daraxt yoki binoning balandligini tepasiga chiqmasdan o‘lchash mumkin. Abu Rayhon Beruniy XI asrda xuddi shu trigonometriya yordamida Yer radiusini o‘lchagan. Bugun muhandislar, me’morlar va uchuvchilar ham shu hisob bilan ishlaydi. 📚 Bunday darslarni Khan Academy O‘zbek platformasida bepul va o‘z tilingizda o‘rganing. 💚 Loyihamiz sizning xayriyangiz bilan yashaydi. Imkoningiz bo‘lsa, video oxiridagi Payme QR orqali qo‘llab-quvvatlang — har bir hissa yangi darsga aylanadi. 👉 Saqlab qo‘ying va trigonometriyani yodlab emas, tushunib o‘rganayotgan do‘stingizga yuboring. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in Telegram
Khan Academy Oʻzbek
Khan Academy Oʻzbek loyihasining rasmiy Telegram kanali Videodarslar: @kau_kurslar Telegram: @khanacademyuzbek_admin Sayt: xanakademiyasi.uz Telefon: 71 231-9050 | 97 130-9050
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 28, 2026 | 1,860 |
| Nov 23, 2026 | 686 |
Most viewed this month
- 01Views1.86KForwards—Reactions—Comments—
- 02Views826Forwards—Reactions—Comments—
- 03Views545Forwards—Reactions—Comments—
Latest posts
🌧 Yomg‘irda yugurgan yaxshimi yoki yurgan? Ko‘pchilik «farqi yo‘q» deydi. Fizika esa boshqacha javob beradi 👇 100 metr yo‘l: oldingdan keladigan tomchilar soni ikkalasida ham deyarli bir xil, taxminan 200 000 ta. Farqni tepadan yog‘ayotgan yomg‘ir qiladi: 🏃 yugurgan 100 metrni 16 soniyada o‘tadi 🚶 yurgan bir daqiqadan ko‘proq, ~67 soniya yomg‘ir ostida qoladi 1997-yilda AQShning Asheville shahrida iqlimshunoslar buni o‘zida sinab ko‘rgan. Natija: yugurganning kiyimidagi suv 217 g emas, 130 g chiqqan. Bu 40% kam degani 💧 ✅ Xulosa: yugur, kamroq ho‘l bo‘lasan. Ertaga: keyingi kashfiyot kimniki? 🤔 📚 Fizika, kimyo va biologiyani bepul o‘rganing: uz.khanacademy.org 💚 Khan Academy O‘zbekni kuzatib boring va xayriya orqali qo‘llab-quvvatlab, ilm tarqalishiga sababchi bo‘ling. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in Telegram✈️ Nega samolyot oynalari to‘rtburchak emas, aynan yumaloq shaklda? Hech samolyotda uchayotganingizda uning oynalari nima uchun yumaloq ekaniga e’tibor berganmisiz? 🤔 Aslida, bu oddiy dizayn yoki qulaylik uchun tanlangan shakl emas. Uning ortida fizika qonunlari va parvoz xavfsizligi bilan bog‘liq muhim sabab bor! Dastlabki yo‘lovchi samolyotlarida to‘rtburchak oynalar ham ishlatilgan. Ammo balandlikdagi bosim farqi sababli oynalarning o‘tkir burchaklarida kuchlanish to‘planishi va samolyot korpusida yoriqlar paydo bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. 🔍 Yumaloq shakl esa kuchlanishning bir tekisroq taqsimlanishiga yordam beradi va xavfsizlikni oshiradi. Demak, biz oddiy deb o‘ylaydigan kichik bir detal ortida ham katta ilmiy kashfiyotlar yashiringan! 💬 Siz samolyot oynalarining nega yumaloq ekanini avval bilarmidingiz? 📌📚 Khan Academy O‘zbek bilan ilm-fanni birgalikda kashf eting! 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in Telegram21-oktabr — O‘zbek tili bayrami 🇺🇿 O‘zbek tili — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Bugun ona tilimiz jamiyatimizning barcha sohalarida keng qo‘llanilib, milliy o‘zligimizni asrash va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda. Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, uning boyligi va jozibasi avlodlardan avlodlarga yetib borsin. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook #O‘zbekTili #O‘zbekTiliBayrami #21Oktabr #O‘zbekiston
Open in Telegram🌿 Birgina yashil barg ichida hayot uchun muhim jarayon sodir bo‘ladi... O‘simliklar quyosh nuridan energiya olib, suv va karbonat angidrid yordamida o‘zlari uchun oziqa — glyukoza hosil qiladi. Bu jarayon davomida esa havoga kislorod ajraladi. Bu — fotosintez. ☀️🌱 Ko‘zimizga oddiy ko‘ringan barg aslida tabiatning mukammal ishlaydigan kichik laboratoriyasidir. Fotosintez nafaqat o‘simliklarning yashashi, balki Yer yuzidagi hayot davom etishi uchun ham nihoyatda muhim. 💚 Tabiatni o‘rgangan sari, uning naqadar mukammal yaratilganini yanada chuqurroq anglaymiz. Siz bu jarayon shunday ishlashini bilarmidingiz? 👇 🎥 Videoni oxirigacha ko‘ring — izohlarda o'z fikringizni qoldiring. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in TelegramMikroto‘lqinli pech ovqatni aslida qanday qizdiradi? 👀 U ovqatni tashqaridan “pishirib” qo‘ymaydi. Pech ichida hosil bo‘ladigan taxminan 2.45 GHz chastotali mikroto‘lqinlar ovqat tarkibidagi qutbli molekulalar, ayniqsa suv molekulalarining tez harakatlanishiga sabab bo‘ladi. Natijada issiqlik hosil bo‘lib, ovqat qiziydi. Shuning uchun ayrim taomlarning bir qismi juda issiq, boshqa joyi esa salqinroq qolishi mumkin — mikroto‘lqinlar ovqat ichida bir xil taqsimlanmasligi mumkin. Siz mikroto‘lqinli pech aynan shunday ishlashini bilarmidingiz? 👇 🎥 Videoni oxirigacha ko‘ring — izohlarda o'z fikringizni qoldiring. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in TelegramHar bir katta orzu ortida unga ishonishni o‘rgatgan ustoz bor. ✨ Bola qalbidagi qiziqishni ilmga, tasavvurni maqsadga, orzuni esa kelajakka aylantirishda ustozning o‘rni beqiyos. Bugun biz bilim ulashib, yangi avlodga yo‘l ko‘rsatayotgan, ularni izlanishga, savol berishga va katta orzu qilishga undayotgan barcha ustozlarga minnatdorlik bildiramiz. 🤍 Aziz ustozlar, mehnatingiz, sabringiz va har bir o‘quvchi kelajagiga qo‘shayotgan hissangiz uchun rahmat! 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! 💐 Hurmat bilan, Khan Academy O‘zbek jamoasi 🔰 Khan Academy O‘zbek — Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori. 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in Telegram0,999999… = 1?! 😳 Ha, noto‘g‘ri o‘qimadingiz. Matematikada 0,999999… aynan 1 ga teng. Lekin qanday qilib? 🤯 Agar 0,999…. < 1 dan kichik bo‘lsa, ular qanday qilib teng bo‘lishi mumkin? Sizningcha, 0,999… = 1 bo‘lishi mumkinmi? Javobi esa oddiy ko‘ringani bilan, miyani biroz “qotiradi”. 🧠 🎥 Videoni oxirigacha ko‘ring — isbotini ko‘rsatamiz. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in TelegramBir tomchi galiy mustahkam alyuminiyni qanday qilib osongina sindirishi mumkin? 🧪 Galiy alyuminiy bilan ta’sirlashganda uning strukturasiga kirib borib, metallning mustahkamligini keskin kamaytiradi. Natijada qattiq va mustahkam ko‘ringan alyuminiy mo‘rtlashib, hatto qo‘l bilan ham oson sindiriladigan holatga kelishi mumkin. Bu tajriba kimyoning naqadar muhim va hayotimiz bilan chambarchas bog‘liq fan ekanini ko‘rsatadi. Ba’zan ikki moddaning o‘zaro ta’siri tashqaridan deyarli sezilmasa ham, jarayon materialning ichki strukturasini tubdan o‘zgartirishi mumkin. 🔬 Kimyo — shunchaki formulalar va tenglamalar emas. U atrofimizdagi moddalar nega va qanday o‘zgarishini tushuntirib beradigan fan. Siz bir tomchi galiy alyuminiyni shunchalik mo‘rtlashtira olishini bilarmidingiz? 👇 📲 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in TelegramQonimiz qizil. Unda nega tomirlarimiz ko‘k ko‘rinadi? 🩸🔵 Aslida tomirlarimizning qoni ko‘k emas! Bu rang bizning terimiz, yorug‘lik va ko‘zimizning ranglarni qabul qilish xususiyati bilan bog‘liq. 🧠 Ilm-fan kundalik hayotimizdagi eng oddiy savollarga ham hayratlanarli javob beradi. Videoni tomosha qiling va biologiyani boshqacha nigoh bilan kashf eting! 🚀 Siz ham ilgari tomirlar ichidagi qon qizil bulsada nega ko‘k ko'runishini o‘ylab ko'rganmisiz? 👇 📲 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori 🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Open in TelegramConnections
Similar channels
Urganç davlat tibbiyot instituti | Rasmiy Kanal@urdti_rasmiy_kanalEducation5.98K
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY@otmsamvmiEducation5.91K
Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali@andtexnikaEducation5.87K
ARBU | Rasmiy kanal@arbu_rasmiyEducation6.05K
ŞARQDAN XABARLAR@sharq_xabarEducation5.86K
AzaMath@galaktikamathEducation5.86K
Ingliz tili@ingliz_tili_oqtuvchiEducation5.82K
Boborahim Mashrab (SPC) o’quv markazi@spcgroupinternationalEducation5.82K