Shahrisabzning 9 ta mahallasida hovlilar obodonlashtirilmoqda Shahrisabz shahridagi ko‘p qavatli uylar hovlilarida obodonlashtirish ishlari boshlandi. Ishlar Uychilik, Tutzor, Bo‘ston, Tiklanish, Pillakash, Ipak yo‘li, Kamolot, Do‘stlik va Sinabog‘ mahallalarini qamrab oladi. Reja bo‘yicha: - 9 ta bolalar o‘yin maydonchasi; - 3 ta jamoat hojatxonasi; - 4 968 metr sug‘orish quvuri; - 7 000 kv.m piyodalar yo‘lagi va yoritish tizimi. Ishlarni ochiq tanlov asosida xususiy pudratchi bajarmoqda. Uychilikdagi 358-uy hamda Pillakashdagi 15- va 22-uylarning podyezdlari va tashqi devorlari to‘liq ta’mirlandi. Shu kunlarda Ma’rifat mahallasidagi ko‘chalardan biriga ham yangi asfalt yotqizildi. @keshnews
Open in TelegramPosts of KESHNEWS
Bolalar puli bo‘yicha eng ko‘p shikoyat qayerdan? Qashqadaryodan Yil boshidan oktyabr oxirigacha Prezidentning Xalq qabulxonalariga respublika bo‘yicha 781 792 ta murojaat kelgan. Qashqadaryo murojaatlar soni eng ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatorida. Viloyatimiz bo‘yicha raqamlar: - bolalar nafaqasi tayinlash bo‘yicha 8 492 ta murojaat — bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkich; - ish haqi qarzdorligi bo‘yicha har 6-murojaat Qashqadaryodan; - suyultirilgan gaz (ballon) to‘ldirish bo‘yicha murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan 41% ko‘paygan. Respublika bo‘yicha eng ko‘p so‘ralgan mavzular: bolalar nafaqasi, aliment undirish, gaz ballon, moddiy yordam va ish haqi. P.S. Raqamlar ko‘p narsani aytadi: nafaqa va gaz masalasi hamon dolzarb. @keshnews
Open in TelegramBugun Shahrisabz tumanining 3 ta mahallasida svet o‘chadi Bugun, 26-noyabr kuni elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli quyidagi mahallalarda vaqtincha elektr ta’minoti uziladi: - 11:00–13:00 — Shamaton MFY (Shahrisabz podstansiyasidan chiquvchi 10 kV “Internat” liniyasi); - 14:00–17:00 — Uloch va Polmon MFYlari (Oqsuv podstansiyasidan chiquvchi 10 kV “Uloch” liniyasi). Telefonlarni oldindan quvvatlab oling, muzlatgich va elektr jihozlardan ehtiyot bo‘ling. @keshnews
Open in Telegram🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰 "KAMOLON" erkaklar kiyimlari do'konimizga marhamat. Bizda kiyimlar assortimenti katta. Yuqori sifat va yoqimli narxlar aynan siz uchun. ☝️ ✅Eng asosiysi insofli va o'z nomi bilan ishonchli do'kon. 📍Kitob tumani: Mo'ljal: Kitob dehqon bozori ro'parasi 📍Shahrisabz shahri: 61 chorrahasi, Kristall bozorida 😎Telegram 😎Instagram
Open in TelegramUmraga borishni rejalashtiryapsizmi? Avval firma litsenziyasini tekshiring Litsenziyasiz «Umra» safarlari uyushtirgan ikki turistik firma rahbari qo‘lga olindi: - Toshkent viloyati, Bekobod shahrida firma rahbari 3 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga jo‘natish uchun 3 450 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. - Samarqand shahrida litsenziyasi yo‘q firma rahbari 4 nafar fuqaroga Umra safarini va’da qilib, 6 000 dollar olgan. Tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Ikkala holatda ham ular DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan. P.S. Pul to‘lashdan oldin firmaning ziyorat safarlarini tashkil etishga ruxsati borligini aniqlab oling — aks holda pulingiz ham, safaringiz ham xavf ostida qoladi. @keshnews
Open in TelegramBolalarda Koksaki virusi: xavotirga o‘rin bormi? Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bugun ma’lum qilishicha, yurtimizda enterovirus infeksiyalari, jumladan Koksaki virusi bo‘yicha vaziyat barqaror va to‘liq nazorat ostida. Xavotirli tarqalish kuzatilmayapti. Bolalarda kasallik belgilari: - harorat 39–40 darajagacha ko‘tariladi, limfa tugunlari kattalashadi; - kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish; - badanda toshma, og‘iz, til va milkda og‘riqli yaracha va pufakchalar — shu sababli bola ovqatdan bosh tortishi mumkin. Virus havo-tomchi yo‘li, iflos qo‘l, o‘yinchoq, umumiy idish-tovoq va pufakcha suyuqligi orqali yuqadi. Qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish, faqat toza suv ichish va gigiyenaga rioya qilish tavsiya etiladi. P.S. Bolada shunday belgilar sezilsa, o‘zingiz davolamay, oilaviy shifokorga murojaat qiling. @keshnews
Open in TelegramTog‘li mahallalar suyultirilgan gazni qayerdan oladi? Shahrisabz tumanining tog‘li hududlaridagi 31 ta mahalla aholisi suyultirilgan gazni “Uloch” gaz to‘ldirish shoxobchasidan oladi. Shoxobcha 2023-yilda ochilgan, unda 8 nafar xodim ishlaydi. Hozir u 34 mingdan ortiq xonadonni gaz bilan ta’minlamoqda. P.S. Qish yaqin — ballonni oldindan va faqat maxsus shoxobchada to‘ldirib qo‘ygan ma’qul. @keshnews
Open in TelegramChet el armiyasiga yollanganlar 5 yilgacha, yollovchilar 10 yilgacha qamalishi mumkin Qonunchilik palatasi 24-noyabr kuni O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlar armiyasi, xavfsizlik, politsiya va shunga o‘xshash tuzilmalarida xizmat qilishi uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Hozir Jinoyat kodeksining 154¹-moddasi bo‘yicha bunday harakat uchun 300 BHMgacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilangan. Loyihaga ko‘ra: - xorijiy harbiy xizmatga kirganlar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi; - O‘zbekiston fuqarosini bunday xizmatga yollaganlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Yangi jazolar hali kuchga kirmagan. Xorijda ishlayotgan yurtdoshlarga chet el harbiy xizmati bo‘yicha hech qanday shartnoma imzolamaslik tavsiya qilinadi. Savol bo‘lsa, 1282 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. @keshnews
Open in TelegramShahrisabzda 3 ta yo‘l qismiga kamera va yangi belgilar qo‘yilmoqchi Shahar ichidagi tirbandlik va tartibsiz to‘xtab turishni kamaytirish uchun quyidagi yo‘l qismlariga yangi yo‘l belgilari va avtomatik foto-video kameralar o‘rnatish rejalashtirilmoqda: - Milliy bank chorrahasidan Tayanch buyumlar bozorigacha — 500 metr; - Hisor mebellari chorrahasidan Arabon buyum bozorigacha — 500 metr; - Shahrisabz–Miraki yo‘lining 0-kilometridan 3-son poliklinikagacha — 200 metr. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘ralmoqda. P.S. Bozor oldida mashinani “bir daqiqaga” qoldirish odatini hozirdan tashlagan ma’qul. @keshnews
Open in TelegramBritaniyada mavsumiy ish: operatorlar ishchilarni tanlash uchun O‘zbekistonga keladi Buyuk Britaniyaning mavsumiy ish operatorlari keyingi mavsum uchun nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda. Bu 23-noyabr kuni Migratsiya agentligi va Britaniyaning Adolatli mehnat agentligi (FWA) vakillari uchrashuvida ma’lum qilindi. So‘nggi uch yilda Britaniyaga mavsumiy ishga 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik yuborilgan. Uchrashuvda ketishdan oldin ishchilarni Britaniya mehnat qonunlari, shartnoma shartlari va yashash qoidalari bo‘yicha o‘qitish taklif qilindi. Ingliz tilini biladigan bitiruvchilar, muhandislar va malakali mutaxassislarni Britaniya kompaniyalariga joylashtirish masalasi ham ko‘rildi. P.S. Chet elga faqat rasmiy yo‘l bilan boring — "pulga ishga joylab qo‘yaman" deganlarga ishonmang. @keshnews
Open in TelegramBallonga gazni propan zapravkada to‘ldirish mumkin bo‘ladimi? Hozir avtomobillarga propan quyadigan zapravkalarda maishiy gaz ballonlarini to‘ldirish xavfsizlik sababli taqiqlangan. Aholi shikoyatlaridan so‘ng Hududgaztaminot bunday shoxobchalarda ballon to‘ldirish uchun alohida, xavfsiz postlar tashkil etishni taklif qildi. Taqiqni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik 2027-yil 5-fevraldan kuchga kiradi. Hozircha mamlakatda maishiy ballonlarni to‘ldiradigan 360 dan ortiq litsenziyali shoxobcha va punkt ishlamoqda. P.S. Gaz quvuri yetib bormagan tog‘ mahallalari uchun bu taklif ayniqsa muhim — qabul qilinsa, ballon to‘ldirish ancha osonlashadi. @keshnews
Open in TelegramIpoteka subsidiyasi uchun qo‘shimcha ariza qabul qilish ertaga boshlanadi Ipoteka krediti bilan uy olib, davlatdan subsidiya (boshlang‘ich badal va foiz uchun yordam) olmoqchi bo‘lganlar uchun qo‘shimcha ariza qabul qilish 25-noyabr soat 10:00 dan boshlanadi. Arizalar avval berilgan, lekin foydalanilmay qolgan ruxsatnomalar hisobidan qabul qilinadi. Kimlar ariza bera oladi: - ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plaganlar; - o‘zi va turmush o‘rtog‘i nomida respublikada uy-joy bo‘lmaganlar; - o‘rtacha daromadi belgilangan chegaradan oshmaganlar; - kredit tarixi kamida bitta bank talabiga mos kelganlar. Ariza Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki myGov ilovasi orqali beriladi. Buning uchun OneID orqali banklarga kredit tarixingizni tekshirishga rozilik berish kerak. P.S. Ariza berishni kechiktirmagan ma’qul. @keshnews
Open in TelegramDiqqat e'lon!!! Avazov Azizbek Avazovichga tegishli ID-karta topib olingan. Ushbu hujjat egasi @keshnews_bot manziliga murojaat qilishlarini so‘raymiz. @keshnews
Open in TelegramPullarni almashtirish kerakmi? Markaziy bank aniqlik kiritdi Markaziy bank naqd pul muomalasi bo‘yicha yangi qoidalarni tasdiqladi. Ular 2027-yil 19-fevraldan kuchga kiradi. - Muomaladagi barcha banknot va tangalar o‘z qiymatini saqlaydi, ularni bankka borib almashtirish shart emas - Yangi pul chiqarilsa, bu haqda kamida bir hafta oldin e’lon qilinadi - Banklar bir xil nominaldagi pullarni so‘rov bo‘yicha komissiyasiz almashtirib berishi shart - Naqd beriladigan maosh, pensiya, stipendiya va nafaqa to‘lov kuni dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, bir kun oldin beriladi - Pul va tangalardagi yozuvlar lotin alifbosida bo‘ladi P.S. Yangi alifbo sababli “pullar almashtiriladi” degan gaplarga ishonmang — qo‘lingizdagi pul o‘z kuchida qoladi. @keshnews
Open in TelegramIssiq kunlar tugayapti: hafta oxiriga havo ancha soviydi Shu kunlarda janubiy hududlarda kunduzi +25…+29 daraja issiq bo‘lib turgan bo‘lsa, bu hafta havo keskin o‘zgaradi. Sinoptiklarga ko‘ra, sovuq havo avval shimoliy hududlarga kirib keladi, 25–28-noyabr kunlari esa boshqa viloyatlarga, jumladan, Qashqadaryoga ham yetib boradi. - Hafta oxirida janubiy viloyatlarda kunduzi +12…+17 daraja bo‘ladi - Tog‘li hududlarda tunda –5 darajagacha sovuq tushishi mumkin - Hafta boshida ayrim joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayib, chang ko‘tariladi, keyingi kunlarda pasayadi - Hafta asosan quruq kelishi kutilmoqda P.S. Kunduzgi iliqlikka aldanmang, ertalab va kechqurun bolalarni issiqroq kiyintiring. @keshnews
Open in TelegramToshkent shahri markazidagi davlat obyektini shahrisabzlik korxona auksiondan olibdi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 34-uyda joylashgan yirik davlat obyekti savdosida "SHAKHRISABZ AGROPORT" MCHJ g'olib bo'lgani haqida e-auksion.uz saytida ma'lumot e'lon qilindi. Boshlang'ich narxi 159 mlrd so'm bo'lgan davlat mulki uchun savdoda 6 nafar talabgor qatnashgan va g'olib tomonidan 287 mlrd so'm narx tasdiqlangan. Sayt ma'lumotlariga ko'ra, xaridor ushbu obyekt negizida shaharsozlik normalari asosida savdo, ko‘ngilochar, gastronomik, turizm obyektlari faoliyatini tashkil etish majburiyatini oladi. Yer maydoni 28 sotixni, binolar maydoni esa 6502 kv metrni tashkil etadi. Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, "SHAKHRISABZ AGROPORT" MCHJ 2026-yil 1-iyunda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'lib, MCHJ manzili sifatida Shahrisabz tumani, Shakarteri QFY Mevazor mahallassi, Mo'minobod qishlog'i, 480a-uy ko'rsatilgan. Ushbu korxona rahbari va yagona ta'sischisi sifatida Karimov Jasur Dostonovich ko'rsatilgan. Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, ushbu shaxs "Ko'kdala agrohab" MCHJning ham rahbari va ta'sischisi hisoblanadi. @keshnews
Open in TelegramRossiyada qurilish ishi: oyiga 130 ming rubldan. Saralash ertaga Qarshida Rossiyaning Yamal-Nenets okrugidagi Labytnangi shahrida qurilish kompaniyasiga ishchilar olinadi. Saralash 24-noyabr, soat 10:30 da Qarshidagi Migratsiya agentligi bo‘limida o‘tkaziladi. Kerakli mutaxassislar: - suvoqchi-bo‘yoqchi; - elektrik; - santexnik, payvandchi, kanalizatsiya o‘rnatuvchi; - pardozlash ustasi va fasad o‘rnatuvchi. Shartlar: maosh 130 ming rubldan (soatiga 550 rubl), haftada 6 kun, kuniga 10 soat. Patent rasmiylashtirilguncha kuniga 1000 rubl yashash puli beriladi. 2 haftalik sinov muddatida maosh 120 ming rubl. Sinovdan keyin yiliga bir marta aviachipta, aeroportdan kutib olish, turar joy (maoshdan ushlanadi), ro‘yxatga qo‘yish va patentga yordam. Talablar: 20–50 yoshdagi erkaklar, qurilishda kamida 3 yil tajriba, rus tilini boshlang‘ich darajada bilish. Manzil: Qarshi, A. Navoiy ko‘chasi 70a (Oydin bozori qarshisida). Tel: 55-403-12-82. Xorijga chiqish pasportini olib boring. @keshnews
Open in TelegramQozog‘istonga qatnovchilar uchun: “G‘ishtko‘prik” chegara posti 25-noyabrdan ochiladi O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona posti 25-noyabr kuni soat 16:00 dan fuqarolar qatnovi uchun yana ishga tushadi. Post 2025-yil fevralidan beri yopiq edi — u yerda to‘liq qayta qurish ishlari olib borildi. Dastlab ishlar 4 oyda tugashi kutilgan, biroq muddat cho‘zilib ketgan edi. Toshkentda bu post “Chernyayevka” nomi bilan ham tanilgan. Ochilishdan oldin ikki davlatning tegishli idoralari rahbarlari ishtirokida rasmiy marosim o‘tkaziladi. P.S. Qozog‘istonga ishga yoki savdoga qatnaydigan qashqadaryoliklar uchun yo‘l biroz yengillashishi mumkin. @keshnews
Open in TelegramNishon tumaniga yangi hokim tayinlandi Bugun Nishon tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida G‘ayratjon Hamroyev tuman hokimi etib tasdiqlandi. Sessiyada viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi. G‘ayratjon Hamroyev 1985-yilda Kasbi tumanida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. U shu paytgacha: - Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati bo‘limiga rahbarlik qilgan; - so‘nggi vaqtda viloyat hokimligida sho‘ba mudiri bo‘lib ishlagan. Nishonning avvalgi hokimi Botir Tog‘ayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylovlarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. @keshnews
Open in TelegramUlug‘bek Shahrisabzda otasi uchun qaysi masjidni qurdirgan? Shahrisabzning janubidagi Dorut tilovat majmuasining bosh obidasi — Ko‘k gumbaz masjidi. Uni Mirzo Ulug‘bek otasi Shohruh Mirzo sharafiga 1434–1435 yillarda qurdirgan. Masjid nomini havorang koshinlar bilan qoplangan ulkan gumbazidan olgan. Bino kvadrat shaklda, ichki o‘lchami taxminan 12,7 x 12,7 metr, kirish peshtoqi kengligi 10 metr. Gumbazdagi kufiy yozuvlar orasida Qur’on oyatlari bor, peshtoqda esa temuriylar nomlari va qurilish sanasi bitilgan. Masjid 1970-yillarda va 1995–1996 yillarda ta’mirlangan, biroq ayrim sifatsiz ta’mirlar tufayli bezaklarning bir qismi asl ko‘rinishini yo‘qotgan. P.S. Shahrisabzga kelgan mehmonlar ko‘pincha Oqsaroyni ko‘rib qaytadi, Ko‘k gumbazga ham albatta kiring. @keshnews
Open in Telegram