Ассаламу алайкум ва рахматуллахи ва баракатуху! Уважаемые студенты! Просим вас ознакомиться с порядком сдачи промежуточных контрольных тестов на платформе uz.do-kazankiu.ru. Вся необходимая информация отправлена вам на электронную почту, а также размещена в личном кабинете в разделе «Объявления». Для доступа к тесту вам необходимо будет предъявить паспорт или ID-карту, которые вы предоставляли КИУ при подаче документов. 🟢🟢🟢 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu! Hurmatli talabalar! Sizdan uz.do-kazankiu.ru platformasida oraliq nazorat testlarini topshirish tartibi bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz. Barcha kerakli ma’lumotlar elektron pochtangizga yuborilgan, shuningdek, shaxsiy kabinetingizdagi «E’lonlar» bo‘limiga joylashtirilgan. Testga kirish uchun hujjat topshirish jarayonida Qozon Islom Universitetiga taqdim etgan pasportingiz yoki ID-kartangizni ko‘rsatishingiz talab etiladi.
Open in Telegram
Latest posts
Уважаемые студенты! Информируем вас о том, что 1 сентября 2026 года в 20:00 в личных кабинетах студентов 1-го, 2-го и 3-го курсов будут открыты онлайн-уроки, практические занятия и их расписание. Расписание учебных смен Утренняя смена: с 08:00 до 11:00. Вечерняя смена: с 17:00 до 20:00. Лекционные и другие онлайн-занятия: с 20:00 до 22:00. Важная информация для всех студентов! Для студентов всех курсов были проведены вводные вебинары. Просим каждого обязательно ознакомиться с их записями.Записи вебинаров являются для вас своеобразным путеводителем по учебному процессу, инструкцией и источником ответов на наиболее важные вопросы. Пожалуйста, внимательно просмотрите их до начала занятий.Записи доступны в вашем личном кабинете. Кнопка для просмотра находится под вашим именем и фамилией. Для студентов 1-го курса: Первая неделя обучения будет вводной. Будете знакомиться с устазами и уроками участвуя в онлайн уроках. С 7 сентября начнутся очные занятия по таджвиду. С 14 сентября начнутся практические занятия по основным предметам. Просим первокурсников внимательно ознакомиться с расписанием и своевременно подготовиться к началу учебного процесса. Для студентов 2-го и 3-го курса: В течение всего сентября будут проходить устные экзамены по шариатским наукам.Параллельно с экзаменационной сессией будут продолжаться лекционные и практические занятия в соответствии с расписанием. Просим всех студентов ответственно отнестись к учебному процессу, внимательно следить за расписанием и своевременно выполнять все необходимые учебные требования. Пусть Всевышний Аллах Субханаху ва Таъала дарует всем нашим студентам баракят, полезные знания и благо, укрепит вас в стремлении к знаниям, облегчит ваш путь и сделает получаемые знания причиной пользы для вас, ваших близких и всего общества.Желаем всем успешного и благословенного начала нового учебного года! Бисмиллахир-Рохманир Рохийм! 🟢🟢🟢 Hurmatli talabalar! Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-sentabr kuni soat 20:00 da 1-2-3-bosqich talabalarining shaxsiy kabinetlarida onlayn darslar, amaliy mashg‘ulotlar hamda ularning jadvali ochiladi. Dars mashg‘ulotlarining vaqtlari: Ertalabki vaqt: 08:00 dan 11:00 gacha. Kechki vaqt: 17:00 dan 20:00 gacha. Ma’ruza va boshqa onlayn mashg‘ulotlar: 20:00 dan 22:00 gacha. Barcha talabalar uchun muhim ma’lumot! Barcha bosqich talabalari uchun o‘quv jarayoniga oid tanishtiruv vebinarlari o‘tkazildi. Har bir talabadan ushbu vebinarlarning yozib olingan nusxasini albatta ko‘rib chiqishini so‘raymiz. Vebinar nusxalari sizlar uchun o‘quv jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qo‘llanma, muhim ko‘rsatmalar va ko‘plab savollarga javob beruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, darslar boshlanishidan oldin ularni diqqat bilan ko‘rib chiqishingizni so'rab qolamiz. Vebinar nusxasi shaxsiy kabinetingizda joylashtirilgan. Shaxsiy kabinetda ismingiz va familiyangiz ostida vebinar nusxasini ko‘rish uchun tugma joylashtirilgan. 1-kurs talabalari uchun ma'lumot: O‘qishning birinchi haftasi tanishuv va moslashuv haftasi bo‘ladi. Ustozlar bilan tanishuv, onlayn suhbat va dars qilish - topshirish o'rgatiladi. 7-sentabrdan boshlab tajvid fani bo‘yicha jonli mashg‘ulotlar boshlanadi. 14-sentabrdan esa asosiy fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlanadi. Birinchi kurs talabalaridan dars jadvali e'lon qilinishi bilanoq diqqatlik bilan tanishib chiqishlarini va ta'lim tizimiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘raymiz. 2-3-kurs talabalari uchun ma'lumot: Sentabr oyi davomida shar’iy ilmlar bo‘yicha og‘zaki imtihonlar o‘tkaziladi. Imtihonlar bilan bir qatorda, tasdiqlangan jadval asosida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar ham davom etadi. Barcha talabalardan o‘quv jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishlarini, dars jadvalini muntazam kuzatib borishlarini hamda belgilangan barcha o‘quv vazifalarini o‘z vaqtida bajarishlarini so‘raymiz. Alloh Subhanahu va Ta’olo barcha talabalarimizga baraka, manfaatli ilm va xayr-u yaxshiliklar ato etsin. Ilm talab qilish yo‘lida sizlarni mustahkam qilsin, ishlaringizni osonlashtirsin va egallayotgan ilmlaringizni o‘zingiz, yaqinlaringiz hamda butun jamiyat uchun manfaatli qilsin. Barchangizga yangi o‘quv yili muvaffaqiyatli va barakali boshlanishini tilaymiz! Bismillahir-Rohmanir Rohiym! uz.do-kazankiu.ru t.me/kazan_kiu
Open in TelegramВНИМАНИЕ / DIQQAT 1. Hujjat topshirish 30-avgustga qadar cho’zdirildi. Qo’shimcha 100 ta kvota ajratildi. Bu yil faqat 1 oqim, talabalarni qabul qilish 1 oqimi bo’ladi. 20-avgustgacha hujjat topshirganlar to’lovni 30-avgustgacha amalga oshirishlari kerak. 20-avgustdan 30-avgustgacha hujjat topshirganlar 10-sentabrgacha to’lovni oshirishlari kerak. Dars hammaga 2-sentabrdan boshlanadi. Kech qo’shilgan kishi darslarni o’zlashtirib olishi kerak bo’ladi. 2. 21-avgust soat 20:30 da, yangi talabalar uchun jonli onlayn vebinar bo’lib o’tadi. Talabaning shaxsiy kabinetida e’lon biriktirilgan, vebinarga kirish tugmasi, vebinar boshlanishidan 1 soat oldin ochiladi. Vebinar faqat shartnoma bosqichida bo’lgan yoki to’lovni amalga oshirgan talabalar uchun bo’ladi – uz.do-kazankiu.ru 3. Vebinarda ta’limning borishi va usuli, akademik fanlar, fakultativ fanlar, jonli leksiya darslar, jonli savol javob darslar, jonli amaliy darslar, adabiyotlar, talablar, imtihonlar, hujjatiy masalalar haqida tushuntirish olib boriladi. Talabalarning savollariga javob beriladi. 4. Yuqori kurslarga yangi o’quv yili oldi tavsiyaviy masalalar va qo’shilgan yangiliklar haqida vebinar 22-avgust soat 9:00 da bo’lib o’tadi. 🟢🟢🟢 Ma’lumotnoma – Masofaviy ta’lim tizimi LMS (Learning Master System) deb ataladi. Kabinetda turgan video darslar – bu sizning 50% darsingiz xolos. Video dars bu sizga adabiyot va kitob kabi qo’llanma, video darslarni o’zlashtirish mundarijasi bor. Ammo bu sizning asosiy darsingiz emas, chunki Islom ilmlari bu jonli tartibda olinadigan ilm hisoblanadi. Siz kunlik 3 ta video dars vazifangiz, 20-30 sahifa kitob vazifangiz, 2 ta jonli ustozga darsingizni amaliy topshiradigan darsingiz, 1 ta jonli savol javob darsingiz va jonli onlayn leksiya darsingiz bor. Demakki talabada kuniga: 3 ta video dars, 2 ta amaliy jonli dars, 1 ta Ustozlarga o’tilgan mavzular asosida savol javob darsi va 1 ta leksiya darsingiz: 3 ta video-dars va 3 ta jonli dars kuniga, akademik darslar boshlanishi bilan bu ko’rsatkich 2 karra oshadi. Shu sabab talabaning kuniga kamida 3-5 soat bo’sh vaqti bo’lishi shart.
Open in TelegramПРИЁМ/QABUL Напоминаем, приём до 20го августа. Хотя места по квоте уже заканчиваются. 🟢🟢🟢 Eslatib o'tamiz o'qishga qabul jarayoni 20-avgustgacha, xolbuki ajratilgan kvotalar tugayotgan bo'lsa ham.
Open in TelegramOCHIQ DARSLAR va SHARTNOMA MASALASI Eslatib o'tamiz, Juma va Shanba kunlari kabinetingizning onlayn darslar bo'limida bepul ochiq darslar tashkil etilgan. Qatnashib ilm oling. uz.do-kazankiu.ru 🟢🟢🟢 Ta'lim dasturi 3+2 = 3 yil madrasa bosqichi va 2.5 yil bakalavriat bosqichi. Azizlar mutaxassislik yo'nalishi bakalavriatda tanlanadi. Talaba oldin 3 yil standart ISLOM ILMLARI da o'qiydi. Ammo Qur'on ilmini tanlagan bo'lsa, darslari Qur'on ilmlari talabi va standarti bo'yicha ketayveradi elektron platformada. Shu sabab kabinetingizda Qur'on ilmi yo'nalishni tanlagansiz ammo 3 yillik madrasa shartnomasi va arizasi taqdim etilgan bo'lsa hayron bo'lmang. Oldin shu yo'nalishni talabiga muvofiq bitirasiz va 4-yili mutaxassislik shartnomasi va arizasini olasiz. Qolgan ma'lumotlar yuqorida e'londa biriktirilgan. Oldin shartnoma bo'yicha to'lov amalga oshirilib so'ng - hujjatlar imzolangan holda ofisga yoki QIU binosiga olib kelinadi. Kabinetda Shartnoma va Mening to'lovlarim bo'limida YO'RIQNOMA joylashtirilgan. 3+2 ta'lim tizimida talaba 5.5 yil ichida 2 ta diplomni oladi. Madrasa va bakalavr diplomi. Diplom namunalari biriktirilgan
Open in TelegramAssalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu! Talabalarga shaxsiy kabinetda shartnomalar taqdim qilindi. Shartnoma bo'limidan yo'nalishingizni tekshirib oling va imzolash uchun shartnoma to'plamini yuklab oling, shartnomaga 3x4 shakldagi 2 ta suratni ham qo'shib yuborasiz talabalik guvohnomasi uchun (ayollar hijobda rasmga tushadi). Hujjatlar imzolanib Toshkentdagi konsultativ ofisga shaxsan olib borib beriladi yoki BTS, EMU kabi pochta xizmatlari orqali berib yuboriladi. Jismonan Rossiyda Federatsiyasida bo'lgan talabalar Qozon shahri, Gazovaya ko'chasi 19 uyga olib borib berishadi yoki yuborishadi (Universitetning o'ziga) Mening to'lovlarim bo'limidan to'lov yo'riqnomasini oling va to'lovni amalga oshiring. To'lov muddati 30-avgustgacha. Ammo mablag'ingiz tayyor bo'lishi bilan cho'zmay to'lovni amalga oshiring. Negaki to'lovni tekshirish odatda 2-3 kun oladi, ammo hamma oyning o'rtasiga va oxiriga mo'ljalini olganda, to'lovni tekshirish 3-4 haftagacha cho'ziladi. Natijada darslardan qolib ketishingiz mumkin. O'qish fikridan qaytgan talabalar mablag'ini 21-sentabr kunigacha qaytarib olishi mumkin bo'ladi. Qolgan barcha ma'lumotlar shaxsiy kabinetda.
Open in TelegramQabul haqida batafsil ma'lumotlar / Детальная информация о приёме 🟢🟢🟢 Инструкция для подачи документов / Hujjat topshirish uchun yo'riqnoma
Open in TelegramAssalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu! 1. Xushxabar! Toshkent shahrida Qozon Islom Universitetining kosultativ ofisi tashkil etildi. Bu ofis faqatgina ta’lim yo’nalishlari haqida ma’lumot berib, shartnoma va arizalar masalasida huquqiy maslahat beradigan ofis hisoblanadi. Manzil Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi 59/3 - https://maps.app.goo.gl/VK79xWLpvmzfQSzN6 2. Xushxabar! Talabalar sentabr oyida o’qish boshlanganida, Islom ilmlarini o’zlashtirish, qiyinchilik va tushunmaslik holatlarini oldini olish maqsadida, bepul – 17-iyuldan Islom ilmlariga kirish tayyorlov darslari tashkil etildi. Haftasiga 3 marta dars bo’ladi, 2 ta jonli onlayn dars 1 ta video dars: 1. Juma kunlari 20:30 - Nafs va qalb ilmlari (Anvar Ahmad hazratlari) 2. Shanba kunlari 18:00 – Shariat, Aqiyda asoslari, fiqh, va hukmlar(Hasanxon Yahyo Abdulmajid hazratlari). 3. Yakshanba kunlari 18:00 – Himmat, hayotdan va ilmdan maqsad (Mahmud Usmon hazratlari). Darsga qatnashish uchun: 1. Abituriyent uz.do-kazankiu.ru elektron paltformasida ro’yxatdan o’tishi kerak. 2. Hujjatlarni rus tiliga tarjima qilib elektron platformaga yuklagan bo’lishi kerak. 3. Hujjatlar yuklanishi bilan shaxsiy kabinetga yo’llanma ochiladi 4. Shaxsiy kabinetda – Onlayn darslar bo’limda darslar joylangan bo’ladi. 5. Hujjat topshirgan, imtihon jarayonida turgan va shartnoma olish jarayonida turgan talabalarning shaxsiy kabinetida ham Onlayn darslar bo’limida shu darslar mavjud. 3. Qozon Islom Universitetining masofaviy ta’lim kvotasi avvalgi yillarga qaraganda juda tezlik bilan xalqaro MDH talabalari bilan to’lmoqda, 70% joylar band qilindi (talabalar hujjatlarni muvvaffaqiyatli topshirib, imtihondan o’tib – shartnoma asosida to’lov qilish qoldi. Shartnoma bosqichidagi talabalarning 95% to’lov qilib ta’limni boshlaydi – tajriba asosida). Shu sabab bu yil qabul faqat 1 ta qabul - oqimi bilan kifoyalanilishi reja qilingan. 4. Qozon Islom Universiteti – ta’limi Hanafiy mazhabi fiqhiga, Moturudiya aqiydasiga, Naqshbandiya tariqatiga, Ahli sunna val jamoa manhajiga asoslangan. Rossiya Federatsiyasi Musulmon Ulamolar Kengashi asosida tuzilgan ta’lim standartlari va fanlar o’qitiladi. Qozon Islom Universiteti bemazhablik, salafiylik va boshqa eski-yangi oqim turlariga qarshidir! Qozon Islom Universiteti (kazankiu.ru) va Rossiya Islom Instituti (kazanriu.ru) bitiruvchilari MDH hududlarida ma’naviy immunitet sifatida – salafiylik va bemazhablik bilan kurashib, fitnalarning oldini olishda hissalarini qo’shib kelmoqda. Hozirgi kunda texnologiyalar rivojlanishi natijasida dunyoning har nuqtasida jismonan joylashgan holda, Vatanni tark etib, u yoki bu “yangi oqim yoki uslubda” o’qishni taklif etadigan madrasalar ko’payib ketgan va fitnalar o’chog’i bo’lib qolgan. QIU – Mustaqil davlatlar hamdo’stliklaridagi abituriyentlariga bildirib ma’lum qiladiki, tekshirilgan, litsenziyalangan, ishonchli ta’lim muassasida ta’lim oling. Birinchi navbatda o’z davlatingizdagi ta’lim dargohlarida ta’lim oling. Agar ayrim sabablarga ko’ra u ta’lim dargohlarida o’qiy olmasangiz , marhamat QIU ning masofaviy ta’limida o’qishingiz mumkin. 5. Aziz abituriyentlar faqatgina Teologiya – Ilohiyot yo’nalishiga qabul 25-iyul kuni tugaydi. Bu sanagacha siz imithonlardan o’tib, shartnoma bosqichiga kelgan bo’lsihingiz kerak. Qolgan yo’nalishar 20-avgustgacha.
Open in TelegramTavsiya 🟢🟢🟢 Masofaviy ta’limda kvota bor, chunki QIU har bir talabasiga inson – Ustozlar biriktiriladi, har kuni jonli darslar, seminarlar, leksiyalar bo’ladi. Shu sababdan ta’lim olish niyyatidagilarga maslahat: Katta ehtimol bilan avgustning 5-sanasigacha kvotalar to’ladi. Ta’lim olmoqchi bo’lsangiz, niyyatingiz qat’iy bo’lsa – hujjat topshirib, imtihonlardan o’tib, shartnomalarni olib to’lovlarning qiling, oxirgi muddatgacha cho’zmang. Darslar 1-sentabrdan boshlanib ketadi, Qozon Islom Universiteti kutmaydi. O’tgan yili vaqtni cho’zib ulgurmay qolgan juda ko’p talabalar bor edi, afsus qabul yopilib – buyruqlar tasdiqlangandan so’ng, qo’shilib bo’lmaydi. Unutmang! Muhim! Siz hujjat topshirib, ta’lim pulini to’lab – hujjatim o’z o’zidan o’qib, 3-5 yildan keyin diplom olaman deb fikrlayotgan bo’lsangiz – ADASHASIZ! Bu yilning o’zida 2-kurs talabalarining 80 dan ko’pi akademik qarzdorlik sabab o’qishdan haydaldi, 1-kurslarning 100 dan ziyod talabasini shu qismat kutib turibdi, 3-kurslarni ta’riflamasa ham bo’ladi. Agar sizda har kuni 3-5 soat aktiv dars qiladigan vaqtingiz, imkoningiz bo’lmasa – o’qishga topshirsangiz kuyib qolasiz. Chunki bu ta’lim uslubida inson faktori yo’q! Tanish bilishchilik, darsda qulay talaba bo’lib jim o’tirgani uchun yoki har kuni kelib ketgani uchun BAHO QO’YILMAYDI. Baho faqatgina mehnat qilib, ilmni kasb qilgan holda, darslarni topshirib – imtihondan o’ta olgan talabalarga nasib qiladi. Hozirgi zamon texnologiyalari shu darajadaki, imtihonda hatto ortiqcha ovoz bo’lsa siz imtihondan chiqarilasiz, ustozlar shu darajadaki – ilmingiz soxta bo’lsa saviyangizga qarab o’tirmaydi. Shu sabab sizning vaqtingiz va mablag’ingiz sarflanishini inobatga olgan holda – OGOHLANTIRISHni ma’qul ko’rdik.
Open in TelegramАссаламу алайкум ва рахматуллахи ва баракатуху! 1. Консультационный офис в Ташкенте Хорошая новость! В городе Ташкент открыт консультационный офис Казанского исламского университета. Здесь можно получить информацию о направлениях обучения, а также юридические консультации по вопросам подачи документов и заключения договора. Офис работает с 10:00 - 16:00 Понедельник - Пятница. Адрес: г. Ташкент, Яккасарайский район, ул. Бобура, 59/3. https://maps.app.goo.gl/VK79xWLpvmzfQSzN6 2. Бесплатные подготовительные занятия Чтобы студентам было легче начать обучение с сентября и освоить основы исламских наук, организованы бесплатные подготовительные занятия которые начинаются с 17го июля: Пятница, 20:30 — «Наука о нафсе и сердце» (Анвар Ахмад хазрат). Суббота, 18:00 — «Основы шариата, акыды, фикха и исламских постановлений» (Хасанхон Яхья Абдулмаджид хазрат). Воскресенье, 18:00 — «Высокие цели в жизни и поиске знаний» (Махмуд Усмон хазрат). Для участия необходимо зарегистрироваться на платформе, загрузить переведённые на русский язык документы. После проверки документов в личном кабинете станет доступен раздел «Онлайн-занятия». Доступ также получают абитуриенты, проходящие экзамены или находящиеся на этапе оформления договора. 3. Важно для поступающих Набор на дистанционное обучение быстро заполняется — уже занято около 70% мест. По опыту университета большинство абитуриентов, дошедших до этапа договора, начинают обучение. Поэтому рекомендуется не откладывать подачу документов, сдачу экзаменов и оформление договора. Есть высокая вероятность, что свободные места будут полностью заняты уже к 5 августа. Учёба начинается 1 сентября, после закрытия приёма присоединиться к обучению невозможно. Обратите внимание: дистанционное обучение требует серьёзной дисциплины. Если у вас нет возможности уделять занятиям 3–5 часов ежедневно, стоит реально оценить свои силы. Оценки выставляются исключительно по знаниям и успешно сданным заданиям и экзаменам. За неуспеваемость студентов отчисляют, поэтому рассчитывать только на оплату обучения без серьёзной работы нельзя. 4. Образовательная основа университета Обучение в Казанском исламском университете строится на основе ханафитского мазхаба, матуридитской акыды, традиции Накшбандия и манхаджа Ахлю-с-Сунна валь-Джамаа. Учебные программы соответствуют образовательным стандартам Совета мусульманских учёных Российской Федерации. Университет рекомендует получать знания только в официальных, лицензированных и проверенных исламских учебных заведениях. Прежде всего — в образовательных учреждениях своей страны, а при отсутствии такой возможности можно обучаться на дистанционных программах КИУ. 5. Сроки приёма документов Направление «Теология» — до 25 июля (к этой дате необходимо пройти экзамены и выйти на этап заключения договора). Все остальные направления — до 20 августа.
Open in TelegramConnections
Similar channels
Учение с увлечением👩🏫@kravchenkoirinateacherEducation16K
Навигатор твоих открытий | Росдетцентр@navigator_otkrytiiEducation16K
РГГУ@rggu_officialEducation16K
Forbes | Образование@forbes_educationEducation16K
Олимпиады НИЯУ МИФИ@olymp_mephiEducation16K
Учитель начальной школы. Пособия@na4alka_schkolaEducation16K
ПДД | Правила дорожного движения🇷🇺@testpddEducation16K
ПРОСТО ОТВЕТЫ | ОГЭ 2027@prostotvetEducation15.9K