Nega Gilbertni uyğotadigan davr keldi? Aytişlariça David Gilbert şunday degan: Agar ming yil uxlab uyğonsam, birinçi savolim şu bölar edi: Riman gipotezasi isbotlandimi? Gilbert 1897-yilda Rimanning yana bir tamoyilini eslatadi: isbotning kuçi uzun hisob-kitobda emas, ğoyada... @karimraximov
Open in TelegramPosts of Karim Raximov
Claude Riman gipotezasini bir urinishda yechdimi? 20-noyabr kuni matematik Levent Alpöge Claude bilan birga Riman gipotezasining isbotini e’lon qildi. Uning bayoniga ko‘ra, ish qariyb olti hafta davom etgan. Eng qiziq tomoni: Claude tayyor isbotni shunchaki kodga ko‘chirmagan. U isbotning hal qiluvchi g‘oyalaridan birini taklif qilgan. 1️⃣ Alpöge izlanishni Stepanov usulidan boshlagan. Chekli maydonlar ustida yordamchi funksiyaning nuqtalarda yuqori tartibda nolga aylanishi nuqtalar sonini baholashga yordam beradi. Savol shu edi: butun sonlar ustida karralikning vazifasini nima bajara oladi? 2️⃣ Oktabrda ular nollarni bevosita o‘rganish o‘rniga tub sonlar va ularning darajalari bo‘yicha vaznli yig‘indiga o‘tishdi. Maqsad yig‘indining asosiy haddan og‘ishini yuqoridan baholash edi. Buning uchun ikki tomonlama baho shart emasligi isbotning muhim jihati. 3️⃣ Noyabrda Claude karralik o‘rnini ketma-ket *theta lift*lar bilan to‘ldirishni taklif qilgan: yig‘indi X gacha bo‘lsa, zanjir uzunligi taxminan √X bo‘lsin. Shu g‘oyadan kerakli bahoni olish uchun bo‘linuvchanlik, normalar va xarakterlar bo‘yicha o‘rtachalashni birlashtirishgan. So‘ng Landau tipidagi argument Re(s) > ½ da nollar yo‘qligini beradi, funksional tenglama esa kritik tasmaning ikkinchi yarmini qamrab oladi. 4️⃣ Argument Lean dasturida formallashtirildi. Mustaqil tekshiruv dasturlari isbotni qabul qildi va yakuniy teoremalar aynan klassik Riman gipotezasi hamda uning Dirichlet L-funksiyalari uchun umumlashmasini ifodalashini tekshirdi. Uşbu ishda Alpöge matematik yo‘nalishni tanlagan, Claude hal qiluvchi qadamlarni ishlab chiqishda qatnashgan, Lean esa tayyor isbotni tekshirgan. MASALA SI ORQALI ŞUNÇAKI YEÇILIB QOLMADI. Alpöge: https://alpo.ge/remark.pdf MIT tekshiruvi: https://math.mit.edu/~drew/grh/ @karimraximov
Open in TelegramBu safar Claude... SI kompaniyalar poygada oldindaligini körsatişni matematikadagi masalalar yeçiş qobiliyati orqali körsatişyapti. Avval Openai endi Antropic. Buyoği qiziq böladi. Keyingi yangiliklarda hozirgaça umuman davosini topmagan kasalliklarga davo yöli, arzon dorilar va şunga öxşaş boşqa natijalarni ham kutib qolamiz. Agar SI masalalarni yeçyabdimi, demak yeçib işni tezlatiş kerak. Paysalga solişdan ma'no yöq. Mayda muammolar atrofida öralaşişdan esa umuman ma'no qolmadi.. @karimraximov
Open in Telegram167-yillik muammo, million dollarlik Riemann gepotezasi ham yeçilganga öxşaydi: https://www.scientificamerican.com/article/anthropic-mathematician-claims-to-prove-riemann-hypothesis-most-famous-problem-in-all-of-math/ Gilbertni uyğotsa böladigan davr keldi... @karimraximov
Open in TelegramXitoylik hamkasblarimiz bilan anchadan buyon ochiq bo'lgan Sendovning 2 ta gepotezasini hal qildik: https://arxiv.org/abs/2611.23039 Bu masalada katta matematiklar ish olib borgan va borayotgan edi. Misol uchun Terence Tao. Shu natijaga erishish yo'lida sharoit yaratib bergan Matematika institutiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. @karimraximov
Open in TelegramForwarded from ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI
🎬 "Birorta öquvçim teorema isbot qilsa, öşa kuni men uçun bayram" Bu sözlar akademik Azimboy Sa’dullayevga tegişli 🗣 Ayni daqiqalarda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida uning nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi - SIMO 2026 oçiliş marosimi ötmoqda. Marosim uçun tayyorlangan "Ustoz" hujjatli filmini sizga ham taqdim etamiz. Xorazmning Şovot tumanidagi Manaq qişloğida tuğilgan Azimboy Sa’dullayev Toşkent va Moskvada öqidi, matematikadagi yangi yönaliş - kompleks potensiallar nazariyasiga asos solganlardan biri böldi. Vataniga qaytgaç, Urganç davlat universitetining birinçi rektori va qayta tiklangan Xorazm Ma’mun akademiyasining birinçi raisi sifatida işladi. Umrining oxirigaça dars berdi, jumladan universitetimizda ham. ✨ Filmda uning öz ovozi va şogirdi Tohir Töyçiyevning xotiralari bor. Arxiv kadrlari "Yoşlar" teleradiokanalining "Ziyo darğalari" körsatuvidan olindi. "Hozirgi beş yil qirq yil, ellik yilga xizmat qiladi", - degan edi u talabalarga. ⚡️ 14–15-noyabr kunlari şu sözlar aytilgan auditoriyalarda 40 ta oliy ta’lim muassasasidan röyxatdan ötgan 541 nafar talaba bellaşadi. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
Open in TelegramYangi klaviaturani yuqoridagi videodagi körinişini taklif qilaman. Baribir odamlar boşida moslaşişi qiyin böladi şuning uçun, asta sekinlik bilan moslaşiş uçun şu klaviatura eng töğrisi deb öylayman. Özim ançadan buyon işlataman, hozir ança töğridan töğri yozişga moslaşib qoldim. Apk fayllardan qörqmaydiganlar apps.isbot.xyz saytidan android va windows uçun yuklab olib işlatib körişingiz mumkin. @karimraximov
Open in TelegramFikratda SI davridagi matematika haqida suhbatlashdik: https://www.youtube.com/live/hn7SCiG2q-4?si=QUxkfSQpmSXPONID @karimraximov
Open in TelegramKlaviatura kerakmi? Siz yangi alifboda yozishda qiynalyapsizmi. Unda quyidagi klaviaturani windows kompyuteringizda sinab ko'ring. Ş yozmoqchimisiz shunkai Sh yozing ç uchun ch ni va hokazo klaviatura 2 ta rejimda ishlaydi. Mac va androrid uchun tezda... Qiynalmang deymanda😂 @karimraximov
Open in TelegramSAT ga tayyorlanayotganlar bormi? Unda quyidagi saytdan foydalanib ko'ring agar sayt maqul kelsa, ilovasini ham qilamiz: sat.isbot.xyz Sayt sizga yoqadi deb o'ylayman. @karimraximov
Open in TelegramIsbot loyihamizni (https://isbot.xyz) ancha yangiladik. Ilovalardagi masalalar va testlarni yaxshiladik, yangi materiallar qo‘shdik. Ayniqsa, yangi Dinamika laboratoriyasi sizga ma'qul kelsa kerak. Unda turli matematik jarayonlarni animatsiyalar orqali kuzatish, ayrim parametrlarni o‘zgartirib, natija qanday o‘zgarishini ko‘rish mumkin. Masalan, juda kichik o‘zgarish qanday qilib butunlay boshqa natijaga olib kelishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. https://isbot.xyz/dinamika/#lab Matematika bilan shug‘ullanmaydiganlar uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkin deb o‘ylayman. @karimraximov
Open in TelegramTest rejimida sayt ishlab boshladi: isbot.xyz Unda 3 ta ilovamiz joylandi: Isbot, Isbot Uni va Isbot Analiz. Hali biz yana ilovalar qo'shamiz @karimraximov
Open in TelegramIsbotni yangilangan ilovasi va html varianti. Endi uni kompyuteringizda offlayn bemalol ishlatishingiz mumkin. Yangilangan ilovada 1500 ta test ham qo'shilgan. Test topshirishlar soni va kitobni tanlab o'zingizni sinab ko'ring. Test topshirganingizdan keyin yechimlar tahlilini ham ko'rasiz. @karimraximov
Open in TelegramKutib oling birinçi android dasturimiz: Isbot! Dastur yuqoridagi IMOga tayyorgarlikning 2-7-kitoblari asosida tuzilgan! Dastur tez orada play marketdan ham joy oladi. Apple uchun ham tez orada tayyorlaymiz. @karimraximov
Open in TelegramXalqaro olimpiadalarga tayyorlanish uchun barcha metodlarni o'z ichiga olgan kitoblar yozishni orzu qilardim lekin kitob yozishga vaqtim yetmasdi. Sun'iy intellekt chiqqanidan keyin shu kitoblarni tayyorlashga ketadigan vaqt juda qisqardi va shu imkoniyatdan foydalanib IMOga bosqichma bosqich tayyorlovchi kitoblarni SI yordamida tayyorladim. Marhamat matematikadan Xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorlanish uchun 7 ta kitob. Kitoblarni qanday tartibda o`qish kerak: 2,3,4,5-kitoblarni parallel boshlash kerak. Shundan keyin 6-7-kitoblar bilan davom ettirish kerak. Undan tashqari bu kitoblar asosida va boshqa qo'shimchalar bilan IMOga tayyorlanish uchun haftalik darslar ham tashkil qildik (kim qiziqsa @piolympiad kanali orqali barcha ma'lumotlarni olishi mumkin) Kitoblar nashrga chiqsa, SIdan foydalanilganligi alohida ko'rsatiladi. @karimraximov
Open in Telegram