Posts of JK English
Şu Challenge da töliq qatnaşganlar aniq baxtli bölib ketişadi nasib bölsa. Qatnaşmoqchi bölganlar bittadan + qoldirsinçi tepadagi postga⬆️
Open in Telegram❄️ JK WINTER CAMP 2026 IS COMING! On November 30, we’re starting a new 25-Day IELTS Listening & Reading Challenge! This December, we’re going to challenge ourselves like never before! Coming at 6:30 AM in the cold won’t be easy, but that’s what makes this challenge special. 🚀 I’ve also prepared a BIG SURPRISE for everyone who completes all 25 days without missing a single day! 🎁 Let’s stay consistent, support each other, and make this winter unforgettable. 🔥 Cold mornings. Hard work. Better scores. Are you ready?
Open in Telegram🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🔤🌌✅ Jaxongir bilan 8 yil maktabda bitta sinfda öqiganmiz. Bu natijada esa meni hissam juda ham kam. Faqat ozroq Writing da nima qilinişi kerakligi tuşintirganman. Jaxongir 2017 yilda IELTS dan 6 olgan edi (u davrlarda daxşat natija edi 6). Har kuni Ingliz tilida kontent körardi (series, movies, cartoons, and You Tube). Imtixonga kirişdan oldin 3-4 ta practice test işladi böldi. General English juda ham katta rolga ega ekanligini yana bir bora isbotladi Jaxongir. Agar darajangiz 5-6.5 orasida bölsa ertalabdan keçgaça practice qilmasdan köproq Ingliz tilida kontent körsangiz tilni tezroq örganasiz.
Open in TelegramRaqamli dunyomizga moslaşgan maqollar: kuzatadigan beşta blogingni örtaçasisan. instagramga yaqin yursang, istaklaring köpayadi. brauzer(yoki gpt) tarixingni körsat, kimligingni aytaman. döst blog(fikr)ingga qarab, duşman instagram akkaunting (ya'ni körinişing)ga qarab muomala qiladi. yaxşi qiz blogidan taşqariga çiqmaydi. yigit kişiga 40ta app kam. akkauntingdagi kabi böl, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz. yetti ölçab, bir linkning ustiga bos. közoynakning ham kamerasi bor. rilsga töymagan, storisga ham töymaydi. kelin kelsa, "screen time"ga boq. @JKshares
Open in TelegramÖquvçilarim qaytib kelganda xursand bölib ketaman. Içimdan fikr ötadi: Demak, birinçi tanlovlari tasodifiy yoki majburiy bölmagan ekan. Hamkasblarimiz qaytib kelganda, xursand bölib ketaman. Demak, isxonani yaxşi körib işlaşgan. Vatan, hamkasb, döst, ustoz uçun ham eng yaxşi maqtov şu bölsa kerak: Sizni yana boşqatdan tanlagan bölar edim.
Open in TelegramMaslahatim: kuz qişdan unumli foydalanib, bosib bilim oling. Çunki aynan şu faslda odamning energiyasi, diqqati va iştiyoqi ança yuqori böladi. Bahor kelişi bilan esa yana har xil çalğituvçi omillar boşlanadi: 72-çi muhabbat, lanjlik, allergiya... @JKshares
Open in TelegramKeyingi Challenge Dekabr oyida boşlanadi. Ertalab havo sovuq bölganligi sababli, menimça hozirgaça bölganlarini içida eng qiyini böladi. Boşidan oxirigaça töliq qatnaşmoqçi bölganlar bormi??? Kommentariyada “+” qoldiringçi unda🧐
Open in TelegramRasman bugun 30 kunlik Challenge öz nihoyasiga yetdi. Umumiy hisobda 23 ta öquvçim 30 kun davomida biror kun dars qoldirmasdan kelişibdilar( haqiqiy sabr va matonat egalari). Juda ham qattiq mexnat qilişdi: har kuni ertalab soat 5-5:30 da turib soat 6:30 da qöşimça darsga yetib kelişdilar. Bu qilingan mexnatlarni biz ham munosib taqdirladik bugun: 14 ta bolaga Everestda bir marta tekin Mock exam topşiriş imkoniyatini berdik (50 ming) (1-rasm) 5 ta bolaga Everestda 3 marotaba tekin Mock topşiriş uchun sertikifat (2-rasm) 3 ta öquvchiga 300 ming sömdan pul mukofoti (3-rasm) Va bitta bolaga 500 ming söm pul mukofoti (4-rasm) In Sha Allah, bu bolalarning hammalari yaxshi natijalar olib ota-onalari va ustozlarini yuzini yoruğ qiladilar.
Open in TelegramHurmatli talabalar sizlarga ba’zi ogohlantirişlarim bor. Universitetga kiriş qança oson bölsa, öqimaydiganlar foizi şuncha köp böladi. Odatda, talabalarning ~80-90% qismi öqimaydi. Eng zör joylarda ham şu ahvol. 90% içida özini öqiyotgandek körsatayotganlar bor, ular ham, imtihondan keyin borini esidan çiqarib yuboradi. Domlalarning katta qismi fanini sevmaydi. Buni ajratib oliş qiyin emas. Sevganlar darsini ötkazib yuborgingiz kelmaydi. Sevmaganlar darsiga esa, özingizni majburlab kirasiz. “Şuncha umrim bekor o’tarmikan?” deb siqilmang. Işini sevgan domlalarni toping va ularning eng yaxşi talabasi böling. Kuçli talabalarning yonida yuring, döst böling. Katta ehtimol, şu tanishlar butun umr saqlanib qoladi. Yana, iş topişingizda/boshlaşingizda diplomingizdan köproq yordam beradi. @JKshares
Open in TelegramBugun 17-Noyabr Xalqaro talabalar kuni😁 📌Bir paytlar Faşistlar bir guruh ilm oşiqlarini bu yoruğ olamdan aynan şu kunda yöq qilganligi munosabati bilan, bugun talabalar kuni deb nişonlanadi. Bayram muborak, hurmatli talabalar🚀🚀🚀 Univerni çopiş kerak bugun😁haqiqiy bayram vibe’ni oliş uçun. Eng kamida NIYAT SOMSAda ötiriş qililar lekin, uyat böladi😅
Open in TelegramTaksiga ötirdim, rulda reels körib ketyapti. Dökonga kirdim. Sotuvçilar kamerasiz joyda reels körib ötiribdi. Avtobusda telefonga qarab ketişyapti. Boş barmoq tepaga swipe qilyapti. Uyam mayli. Somsa sotadigan kafega kirdim(niyat somsa) ofitsiant qizlar reels körib xizmat körsatishyapti. Bu haqda köp yozganman. Qisqa videolar vaqt öğrisi. Nega yana yozyapman? Birinçidan, eslatish uçun. Ikkinçidan Yangi tadqiqot öqib qoldim. Ekranga köp qarash qarişni tezlaştirar ekan. Smartfonlarimiz nafaqat bösh vaqtimizni öğirlayapti. Ortib qolganidan ham barakani ketkazyapti ekan. Daraxtdagi quşlarni haydaşga öxşatdim. Törttasini qoçiraman deb toş otamiz. Hammasi uçib ketadi. Ekranlar bilan ham şunday. “Uç soatgina ötiraman” deymiz. Butun umrimiz ötganini bilmay qolamiz. @JKshares
Open in Telegram