🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
“KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI” MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVINING SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI
🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, tizim xodimlari o‘rtasida “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusida videoroliklar tanlovini o‘tkazish belgilangan edi. Mazkur tanlov doirasida hududiy boshqarma va tizim tashkilotlari tomonidan jami 22 ta videorolik tayyorlanib, hakamlar hay’atiga taqdim etildi.
🔸 Tanlovning saralash bosqichida hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Bunda videoroliklarning mavzuni yoritish darajasi, mazmun-mohiyati, g‘oyaviy yondashuvi, ta’sirchanligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish g‘oyasini qay darajada ochib berganiga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar orasida halollik va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, korrupsiyaning jamiyat va taraqqiyotga yetkazadigan salbiy oqibatlarini ijodiy yondashuv orqali keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.
Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat qonun talabi emas, balki har birimizning fuqarolik burchimizdir!
#Kadastr_agentligi #korrupsiyaga_qarshi_kurashish
🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X