#Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Yig‘ilishga 16-17-noyabr kunlari Oʻmon Sultonligiga va 23-24-noyabr kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga amalga oshirilgan davlat tashriflari Oʻzbekistonning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqqanligi qayd etildi. Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralar yakunida strategik sheriklik toʻgʻrisida bitimlar imzolandi, uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan amaliy hamkorlikning keng qamrovli kun tartibi shakllantirildi. 2027-2029-yillarda oltita istiqbolli yoʻnalishda 164 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9895 Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramPosts of BBA | Jizzax viloyati bölimi
🟦🟦🟦 “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tdi. ‼️ Barcha jarayonlar ochiqlik, shaffoflik, tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga asosan tashkil etildi. ✔️ Test topshirish nuqtalari nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham tashkil etildi. Bu nomzodlarga bevosita o‘z hududlarida sinovdan o‘tish orqali vaqt va mablag‘larini tejash imkonini beradi. 🔵 Shuningdek, chet elda bo‘lib turgan nomzodlar uchun ham test sinovlarida onlayn ravishda ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi. 📹 Ishtirokchilar fikri bilan batafsil videoda tanishing! Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramDonald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovg‘a qilingan o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. Donald Trampning qayd etishicha, o‘tgan hafta O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov va AQSh Ichki ishlar vaziri Dag Burgum ishtirokida o‘tkazilgan taqdimot marosimi chog‘ida «Marine One» vertolyotida ushbu ayvonlar ustidan uchib o‘tish uning uchun alohida sharaf bo‘lgan. AQSh Prezidenti ayvonlarni qurgan ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi. "O‘zbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular ushbu go‘zal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etishdi. Bu ayvonlar chindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp. Batafsil Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in Telegram💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar 🗣️ Qonunning maqsadi ham ta’limning davomiyligini xalqaro standartlarga moslaştiriş va maktabga tayyorlov jarayonini yaxşilaşdan iborat.
Open in Telegram💬Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga izohlar 🗣️ Maktabga tayyorlov boğçalarda va maktablarning böş sinfxonalarida taşkil etiladi. Olis hududlarda boğça va maktab bölmasa, «Kelajak» markazi, texnikum yoki boşqa ijtimoiy soha obyektida ham guruh oçilişi mumkin. Ma’lumot uçun: Hozirda 98 foiz (726 921 nafari) 6 yoşli qamrab olingan, ularning 489 172 nafar (66,2 foiz) boğçada, 19 910 nafar (2,7 foiz) qisqa muddatli va mobil guruhlarda 2 836 nafar (0,4 foiz), 215 003 nafari (29,1 foiz) maktabda (böş sinfxonada). Tayyorlov guruhidagi maşğulotlarni oliy ma’lumotli pedagog-tarbiyaçi yoki oliygohning maktabgaça ta’lim yönalişida bitiruvçi kursda öqiyotgan talaba olib boradi.
Open in TelegramBILIM, VAQT VA MATONAT MANBAI BO‘LGAN NOMA Ba’zan birgina maktubda butun bir avlod uchun hayotiy saboq, katta ma’no va kelajakka ishonch mujassam bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubida ham ilm olish, vaqtni qadrlash, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanish, qiyinchiliklar qarshisida matonatli bo‘lish kabi har bir yosh uchun muhim hayotiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan. Maktubda shunday deyiladi: “Sizlar maktabda yaxshi o‘qib, aqlli, bilimdon bo‘lib voyaga yetishingiz uchun ham dunyo kezishimga, yangi-yangi hamkorlar topishimga to‘g‘ri keladi.” Bu so‘zlarda ta’limga yaratilayotgan imkoniyatlarning mohiyati, yoshlar kelajagi uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mazmuni mujassam. Zero, bugun bilim olayotgan, izlanayotgan, o‘z salohiyatini rivojlantirayotgan har bir yosh – ertangi taraqqiyotning bunyodkori bo‘lib yetishadi. Maktubdagi yana bir hayotiy xulosa barchamiz uchun muhim: “Hayotdagi eng katta yutuq hech qachon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham o‘zida kuch topib, qayta tura bilishdadir.” Bu muvaffaqiyat yo‘lida uchraydigan sinovlardan qo‘rqmaslik, xatolardan saboq olish, o‘z maqsadiga ishonch va qat’iyat bilan intilish haqidagi da’vat. Ilmga intilish, vaqtni qadrlash, mustaqil fikrlash va matonat yoshlarning o‘z kelajagini qurishda eng muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Maktub yakunida bildirilgan ezgu tilaklar nafaqat bir nabiraga, balki O‘zbekistonning barcha farzandlariga qaratilgan, undagi har bir so‘z muvaffaqiyat sari intilayotgan har bir yosh uchun shior, har bir qiyinchilik qarshisida kuch beradigan ishonch, har bir yangi kunni imkoniyatga aylantirishga undovchi chaqiriq ekani bilan bir qatorda, faqat keng va tug‘yonli qalblarda yashaydigan noyob mehr hamdir. Maktubni to‘liq o‘qing: https://president.uz/oz/lists/view/9882 Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramSuyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub — Письмо любимому внуку Шавкатбеку, написанное во время полета — A letter to my beloved grandson Shavkatbek, written in flight Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Open in Telegram#Prezident #Xalqaro_tashrif Prezidentimiz rafiqasi bilan birgalikda Iordaniya poytaxti Ammonga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla kutib oldilar. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramXorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 26-noyabr kuni o‘tkaziladi. 📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Open in TelegramO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Короля Иорданского Хашимитского Королевства Абдаллы II ибн аль-Хусейна 23–24 ноября посетит эту страну с государственным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Iordaniya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Open in Telegram✨✨✨✨✨ Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida inklyuziv muhitga alohida e’tibor qaratilmoqda 😎 Agentlik barcha fuqarolar uchun teng va to‘siqsiz imkoniyatlarni ta’minlashda davom etadi. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramTalabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi. Imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va 5-dekabr kuniga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Open in Telegram#Sertifikat_natija 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 🗓 2026-yil 23–26- va 31-oktabr kunlari o‘tkazilgan geografiya, ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e'lon qilindi. 🆔 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 5 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya arizalari arizalarni qabul qilish toʻliq yakunlangandan so‘ng ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in Telegram#Chet_tili_maxsus_imtihon #Natija Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tilidan imtihon natijalari e'lon qilindi 📆 2026-yil 13-noyabr kuni oʻtkazilgan koʻzi ojiz, eshitish va gapirishda nuqsoni boʻlgan hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari natijalari e'lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in Telegram"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi 📌 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan "Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" nomli umummilliy tanlov o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining internet nashri xabar berdi. ⏰ Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar https://8-dekabr.adliya.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish 18-noyabrdan 22-noyabr 23:59 ga qadar davom etadi. Shartlarga ko‘ra, imtihon tashkil etiladi va davlat tilida 2 bosqichda o‘tkaziladi: ⚫️ 1-bosqich – test sinovi; ⚫️ 2-bosqich – savol-javob (suhbat). 🎁 Tanlovda 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi, konstitutsiyamizga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘lib, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. ✍️ Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in Telegram