O'zbekistonda turk tadbirkorlariga eshiklar yanada kattaroq ochilyapti 🇺🇿🇹🇷 Bir paytlar O'zbekistondan chiqib ketgan (chiqarib yuborilgan) investorlar katta loyihalarni amalga oshirishmoqda, yana yangi loyihalar ham taklif qilinyapti ularga🔥 @jasur_rahmon
Open in TelegramPosts of Jasur Rahmon
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengashning birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Tadbirdan avval davlatimiz rahbari Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti, kengash hamraisi Javdat Yilmaz bilan uchrashuv o‘tkazadi. 👉@jasur_rahmon
Open in TelegramFVV dan har kuni yuborilayotgan smslar📩 Is gazidan ogoh bo'lish bo'yicha bu mavsumda nega bu qadar ko'p sms xabar yuborilyapti? Oddiy va tushunarli sababi videoda⚡️ Videoni har kuni FVV dan 4-5 martalab sms xabar olayotgan tanishlaringizga yuborib qo'ying)) @jasur_rahmon
Open in TelegramVaşingtonda Özbekiston Prezidenti sovğa qilgan milliy ayvonlar örnatildi AQŞ poytaxti Vaşingtondagi tarixiy West Potomac Park hududida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Amerika mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan an’anaviy özbek ayvonlari o'rnatildi. @jasur_rahmon
Open in TelegramO‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda 2027 yildan boshlab 6 yoshli bolalar uchun maktablarda bepul majburiy tayyorlov guruhlari ochilishi rejalashtirilgan. Rejaga ko‘ra, maktabgacha tayyorlov bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkaziladi. Bu tartib 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish jarayonining bir qismi hisoblanadi. 👉 @jasur_rahmon
Open in TelegramSaida Mirziyoyeva Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi. U Fransiya rahbariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazdi. Uchrashuvda mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar, sun’iy intellekt, shuningdek, iqtisodiy va gumanitar sohalarda strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 👉 @jasur_rahmon
Open in TelegramYaqinda Beshqozon osh markazlari tarmog'i o'z nomini To'rtqozon qilib qo'ygandi. "Brend nomi o'zgardimi?" deb ko'pchilik hayron bo'lgandi. Biroq keyinchalik aniq bo'ldiki, bu Beshqozonning beshinchi filiali ochilishiga ishora ekan⚡️ Shaxsan o‘zim kecha Qozog‘istondan tashrif buyurgan hamkasblarimni Risoviy bozori ro'parasida ochilgan yangi Beshqozon qasr filialga olib bordim. Ushbu filialda 5 xil turdagi osh damlanyapti. Menga va mehmonlarimga palov juda yoqdi. O‘ziga hos va aynan Beshqozonga hos ta’m. Siz ham Beshqozonning 5 ta filialidan istalgan biriga borib mazali palovlarni tatib ko‘rishingiz mumkin. Ta’miga esa o‘zingiz baho berasiz🔥 @jasur_rahmon
Open in TelegramTojikistonda qor yog‘moqda Bugun, 10 noyabr kuni Tojikistonning Dushanbe — Chanoq avtomobil yo‘lining aksariyat qismlarida ham kuchli qor kuzatilmoqda. Bu haqda Tojikistonning yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi IRS kompaniyasi xabar berdi. Ayni paytda yo‘l xizmatlari qoplamani qordan tozalash va sirpanishga qarshi materiallar sepish ishlarini olib bormoqda. 👉 @jasur_rahmon
Open in TelegramOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 10-11-noyabr kunlari Antaliya shahrida bo'ladi. @jasur_rahmon
Open in TelegramBugun Toshkent shahrida III O'zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi. Tadbirda ikki mamlakat Administratsiyalarining yuqori martabali vakillari, yetakchi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, taniqli jurnalistlar va ekspertlar ishtirok etishmoqda🇺🇿🇷🇺 👉@jasur_rahmon
Open in TelegramAyrim OTM rektorlarining lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi Ta’lim va ilm, fan vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat oliygohlarining 2026-yilgi 13,8 ming nafar bitiruvchisi hali ishga joylashmagani ma’lum qilindi. Ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, 29,7 mingta o‘quv adabiyotining 5,5 mingtasi 20 yildan eski ekani, ayrim fanlar bo‘yicha darsliklar yo‘qligi aniqlandi. Talabalar turar joylari va murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar ham tanqid qilindi. Yig‘ilishda ayrim oliygohlar rahbarlarining lavozimga loyiqligini o‘rganish uchun ishchi guruh tuzish, rektorlarga esa 15 kun ichida talabalar va o‘qituvchilar muammolarini hal qilish topshirildi. 👉@jasur_rahmon
Open in TelegramYangi xonadon olishda aldanib qolmaslik uchun yaxshi tavsiyalar berilgan bir emas 3 ta podkast qilganmiz. Vaqt bo'lganda ko'rib, xulosa qilib olsangiz bo'ladi: 1. https://youtu.be/aKJSIUxqeZU 2. https://youtu.be/LVEWW9UQ1Kg 3. https://youtu.be/xiilzegpfVg 👉@jasur_rahmon
Open in Telegram