✅ Garvardda o’qiydigan 3ta o’quvchi bilan qisqa suhbat ✅ MIT da o’qiydigan O’zbek o’quvchisi bilan katta suhbat + campus tour ☑️ Amherstda o’qiydigan O’zbek o’quvchisi … ☑️ UPenn ☑️ Haverford Safarimiz davom etadi… @JamshidbekIzzatulloh
Open in TelegramPosts of Jamshidbek Izzatulloh | Blog
Chet tilni bolaga yoshligidan o'rgatmang. Shu fikrni bir nechta katta blogerlar va ta'lim insonlaridan eshitdim. Sizni ham ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak. Ularning fikrini o'rinli qismi bor: ona tilini o'rgatish ahamiyati yuqori ekani aniq. Man ingliz tilida o'zbekchadan yaxshiroq gapiraman. Iloji boricha birorta inglizcha so'z qo'shmasdan sof o'zbek tilida gapira oladigan odam sifatida o'zimni ona tilimizni qattiq qadrlaydigan odam sifatida ko'raman. Lekin miya ilmi va erta ta'lim talabasi sifatida til o'rgatish uchun kuchli fikrlar va faktlar to'plami bor. Ikki tomonda ham o'rinli argumentlar bordek. Yechim?! Chaqaloqlikdan til o'rgatish kerakmi yoki yo'q savoliga javobni aynan bolalarga til o'rgatish sohasida tadqiqot qilish uchun butun umrini sarflayotgan olimlardan so'rab ko'ramizmi? YouTube kanalimizni keyingi videosi shu mavzuda bo'lsa nima deysiz? @JamshidbekIzzatulloh
Open in Telegram:) Endi 100 mingta bo’lganimizda Youtube’dan kumush tugmani olamiz inshaAllah. Birinchi video juda yaxshi ko’rildi. Bunda albatta siz yordam berdingiz. Buyog’iga endi jiddiy bel bog’lab ishlashim kerak ekan. Yaxshiroq o’qib, sifatliroq video bilan yetkazib berishga harakat qilaman. Obuna bosmaganlar bo’lsa bosib qo’ysangiz bo’ladi. “Atigi mingta obunachisi bor payt qo’shilganman” deb qo’yarsiz, nasib qilsa :) @JamshidbekIzzatulloh
Open in TelegramHaftalab montaj qilish manga bir qiziq narsa o'rgatdi. 25 daqiqa o'tirib oxirigacha ko'rsa bo'ladigan videoni bitta odamni o'zi qilishi juda qiyin. Bu turdagi videolarni aslida butun jamoa bilan qilinadi. Ssenariy va gapirishni muallif qiladi, ha. Lekin color-grading, background music, motion graphics, thumbnail, va shu kabi mayda ko'ringan ishlarni hammasini o'z mutahasisi qilsa yaxshi ekan. Hozirgacha boshqa loyihalarimda ikkita marketing jamoa bilan ishlaganman, va nasib qilsa kelajakda Miyashunos bo'yicha ham marketing jamoa bilan ishlash niyatim bor. Videoni haliyam ko'rmaganla bo'lsa o'tib ko'rvolamiz: https://youtu.be/RqVwsIWYGVQ?si=Ok8FImeQ4k7hr1fF @JamshidbekIzzatulloh
Open in TelegramQoyil, hali to’liq bir kun bo’lmasidan ko’rishlar soni 5,000 dan oshibdi. Qo’llab-quvvatlaganila uchun katta rahmat. Bu endi birinchisi edi. Yanayam yaxshiroq, sifatliroq kontent qilishga harakat qilaman inshaAllah. Hali oldinda Amerika Top universitetlari bo’ylab sayohat turibdi. U yerdan ham bomba kontent uchun rejalar bor. O’zi muvaffaq qilsin. @JamshidbekIzzatulloh
Open in TelegramVideoda va'da qilingan testning o'zbekchasi. Hoziroq o'tib tekshirib o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Natijangizni YouTube izohlarida yozib qoldiring. @JamshidbekIzzatulloh
Open in Telegram❗️Video yuklandi! 📹https://youtu.be/RqVwsIWYGVQ?si=DJ19v8VdCqAyGx42 Hammadan bittadan like, izoh va ulashish kutaman. Telegram kanaldan o'tib ko'rayotganlarni o'zi bilan videoni uchirsak bo'ladi. Let's go! @JamshidbekIzzatulloh
Open in Telegram5 daqiqa qoldi Premyera qilsak videoni sifati 1080ga tushib ketarkan. Eng yuqori sifatda ko'ra olishila uchun premyerani o'chirdim. Video 19:00 da ommaga chiqadi. Kutishga arziydigan kontent bo'ldi. Hammaga maroqli hordiq tilayman. @JamshidbekIzzatulloh
Open in Telegram📹Video yuklandi. Premyera O'zbekiston vaqti bilan bugun 19:00 da. O'tkazib yubormaslik uchun hoziroq pastdagi havola orqali o'tib, obuna, eslatma, va boshqa nima tugma bo'lsa bosib qo'ying :) 📹Video havolasi: youtube.com/watch?v=RqVwsIWYGVQ Bugun 19:00 da premyerada ko'rishamiz. Bemalol joylashib oling! Faqat video yoqsa boshqalarga ham ulashib qo'yish sharti bor :) @JamshidbekIzzatulloh
Open in Telegram📹Miyamiz bizni aldaydi(mi?) YouTube’da o’zbek tilidagi manfaatli ilmiy-ommabop videolar qatoriga kira oladigan bir sovg’a tayyorladim. Bu video dunyoga kelishi uchun bir oy davomida darslarim va imtihonlarimdan vaqt ajratib mehnat qildim. Natijasi uyaltirmaydi, inshaAllah. Bugun kechga qo’yaman. Video yoqsa ulashib qo’ysangiz ko’p mamnun bo’lamiz. Ilmni o’zbek tilida yetkazishga harakat qilayotgan @JamshidbekIzzatulloh
Open in TelegramUniversitetni boshidagi bir hafta davomida orientatsiya haftasi bo'ldi. Shu hafta davomida tanishtiruv mashqlari, o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Suhbatlarning birida qiziq voqea bo'ldi. Bir Xitoylik yigit bilan tanishib qoldim. "O'zbekistondanman, eshitganmisan?" deb so'raganim, savolimga pushaymon qildi. O'zbekiston tarixini kerak bo'lsa mandanam yaxshiroq bilarkan. Nafaqat O'zbekiston, balki boshqa o'rta osiyo davlatlari bilan o'tmishdagi farqlargacha tahlil qilib berdi. Rosti, orada qiyinroq savol berib biroz uyaltirib ham qo'ydi. Amallab esimda borlarini ulashdim. Keyin esa o'tirib, maktabda tarixni yaxshiroq o'qimaganimga qattiq afsuslandim. Universitet o'zi shunaqa, fanlarni yaxshi o'qimaganizga doim afsuslantiradi. Lekin maktabda ingliz tili va matematikadan tashqari yaxshi o'rganish shart bo'lgan 3 ta fan bo'lsa, tarix albatta shularning biri. Mohir akani bir necha yildan beri Ustoz Kundaligi kanallaridan kuzatib kelaman. Orada-orada qisqacha fikr almashib ham turamiz. AP History bo'yicha guruh ochayotgan ekanlar. AP bu top universitetlarga kirishda yordam beradigan, milliy sertifikatning amerikancha varianti. Ayniqsa Law va International Relations o'qimoqchi bo'lganlarga, yoki o'zi uchun tarix bilmini mustahkamlab olmoqchi bo'lganlarga tavsiya qilinadi. O'qivoradigan joyi @JamshidbekIzzatulloh
Open in TelegramForwarded from Mohir AP History
Kelayotgan haftadan AP World History bo‘yicha yangi guruh ochyapman! Ko‘pchilik bizdagi yodlashga asoslangan tarix darslarini ko‘rib, «E, tarix qiyin fan ekan, topshirmayman», deb o‘ylaydi. Aslida esa tarix juda qiziqarli fan. Ayniqsa, AP World History. Bu yerda sanalarni yodlashdan ko‘ra, tarixiy voqealarni tahlil qilish, sabab va oqibatlarni tushunish, mantiqiy fikrlash muhimroq. Natijalarimiz haqida: O‘tgan yili tayyorlagan o‘quvchilarimning 100 foizi AP World History imtihonidan maksimal 5 ball oldi. Ayrim o‘quvchilarim hozir SAT Tashkent va AP Makon kabi o‘quv markazlarida tarixdan dars berishyapti. Agar ingliz tili darajangiz yetarli bo‘lsa, darslarni qoldirmasangiz va berilgan vazifalarni muntazam bajarsangiz, may oyigacha 5 ball olish uchun puxta tayyorlanishingiz mumkin. Ayniqsa, International Relations, Political Science, Social Sciences, Law kabi yo‘nalishlarda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, albatta yozing. Darslar onlayn formatda bo‘ladi. Talab va imkoniyatga qarab, oflayn guruh ham ochishimiz mumkin. Xullas, tarixga qiziqsangiz va AP World History’dan 5 olishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, yozing. Tez orada boshlaymiz. O‘quvchilar saralash asosida qabul qilinadi. P.s: Tarixdan ustoz bo‘lsangiz ham o‘qishingiz mumkin. Dars o‘ta olish darajasigacha olib chiqamiz, inshaalloh. Yozing: @light_upon_light2
Open in Telegram