Account

Posts of Jakhongir Rakhmonov - IT

newest first

#628Photo
Views6,4000%vs avg
Forwards—
Reactions232
Comments—
#626Text
Views11,800+84%vs avg
Forwards—
Reactions326
Comments—
#625Text

Agar interviewda "yangi qayta yozilgan APIni qanday qilib xavfsiz tarzda release qilish mumkin?" deb so‘rab qolsa nima deb javob berishni bilasizmi? Dasturchi sifatida biror ishlab turgan narsani qaysidir sababga ko‘ra qayta yozishga majbur bo‘lamiz. Buni to‘g‘ri qilish esa oson ish emas. - Balki boshqa tilda qayta yozayotgandirmiz - Balki texnik qarzdan qutulish maqsadida qayta yozayotgandirmiz - Balki yaxshiroq algoritm o‘ylab topganimiz uchun qayta yozayotgandirmiz Sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin.  Lekin yangi kod bu har doim xavf. Ishlab turgan narsani yangi varianti bilan almashtiraman deb qandaydir yangi buglarni foydalanuvchilarga taqdim qilishimiz hech gap emas. Test qilamiz, ha. Lekin productionda, haqiqiy foydalanuvchilar bilan har balo bo‘lishi mumkin.  Shuning uchun ham yangi yozilgan kod haqiqatda eskisini o‘rnini to‘g‘ri bosa olish-olmasligini bilishning eng zo‘r usuli bu productionda test qilish. Lekin qanday qilib? Traffic shadowing yoki traffic mirroring deb ataladigan usul mavjud.  Unga ko‘ra bizga birorta request kelganda birinchi o‘rinda eski usul yordamida javobini foydalanuvchiga qaytaramiz. Lekin qaytarishimizdan oldin asinxron tarzda yangi usulga ham xuddi shu requestni yuborib qo‘yamiz. Nega asinxron? Foydalanuvchi kutilgandan ko‘proq kutib qolmasligi uchun. Endi bizda 2 ta javob bor. Biri eski usulda olingan, narigisi esa yangi usulda olingan. Nima qilamiz? Solishtiramiz. Bir xil yoki boshqachaligi haqida xabar beramiz (metrics yuborish orqali). Agar yetarlicha vaqt davomida yangi variantimiz eskisini bilan bir xil (va bir xil yoki yaxshiroq tezlikda) javob bera olsa, demak uni ommaga taqdim etishimiz mumkin. Havfsiz tarzda. Chunki u juda yaxshi test qilingan. Haqiqiy production trafficda. Misol uchun, Amazon o‘zining IAM servisining asosida turadigan kutubxonani almashtirganda shu usuldan foydalangan. Ma’lumot uchun IAM sekundiga 1 milliarddan ortiq requestlarni qabul qila oladi. Bu raqam haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ring! @jakhonrakhmonov

Open in Telegram
Views17,700+177%vs avg
Forwards—
Reactions249
Comments—
#624Photo
Views11,600+81%vs avg
Forwards—
Reactions28
Comments—
#623Text
Views18,400+188%vs avg
Forwards—
Reactions273
Comments—
#622Photo
Views9,810+53%vs avg
Forwards—
Reactions47
Comments—
#620Text

Dasturchi sifatida tanlov qilish vaqti keldi It is time to make a bet Oxirgi bir necha yillarda dasturchilar hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Ishimizning kattagina qismini AI agentlar qilib bermoqda. Biz kundalik qiladigan ish esa shu AI agentlar bilan gaplashish bo‘lib qoldi.  Bu esa quyidagi narsalarni keltirib chiqarmoqda: 1. Brainrot: dasturlash qobiliyatimiz kundan kunga yomonlashib bormoqda. Bu tabiiy. Biror ishni qanchalik kam qilsangiz shu ishni qilish qobiliyatingiz yomonlashib boraveradi.  2. Satisfaction yo'q: ishimizdan "kayf" olmayapmiz. Oldin maza qilib soatlab biror muammo ustida chalg‘imasdan ishlay olar edik. "Flow state" ga tushar edik. Ishimizdan qoniqish olar edik. Hozir esa shu effektni beradigan ishni AI agentlar qilmoqda. Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki bu narsa yomon emasdir. Balki hozirgi vaqt shunchaki adaptatsiya vaqtidir va keyinchalik bu jarayon yakun topgach ishimiz yana bir bor "kayf" olib kelishni boshlar. Yoki, aynan shu brainrot va qoniqish yo‘qligi bir necha yildan so‘ng juda katta og‘riqqa sabab bo‘ladi. Yillab sport bilan shug‘ullanmasdan bir kun zalga chiqib tosh ko‘targanda qanday ahvolga tushamiz keyingi kuni? Xuddi shu kabi. Ketib qolgan bilimni qaytarib olish juda qiyin va og‘riqli bo‘ladi.  Shuning uchun ham menimcha tanlov qilish vaqti keldi. Yo AI ni to‘liqligicha qabul qilamiz. AI agentlarga kod yozdirishda davom etamiz. Dasturlash qobiliyatlarimiz tushib ketishini qabul qilamiz. "Kayf" ni esa boshqa joydan qidiramiz. Menimcha bu boshqa joy "domain expert" bo‘lishda. Ya’ni qaysi sohada ishlasangiz o‘sha narsani zo‘r tushunishda. Bu "robotics" bo‘ladimi, "fintech" bo‘ladimi, "database" bo‘ladimi, "edtech" bo‘ladimi. Bu narsa oldin ham juda muhim edi. Shunchaki bundan buyog‘iga yanada muhimlashib borsa kerak. Yo qandaydir "middleground" topish kerak. Balki "tab, tab, tab" usuli eng ma’qul keladigan usuldir, hozirgi zamon uchun. Ya’ni, oldingidek code yozishda davom etamiz, shunchaki funksiyani yoki birorta class ni yozish vaqti kelganda AI o‘zi to‘ldirib beradi. Natijada "high level" qismini o‘zimiz boshqaramiz, o‘zimiz yozamiz. Mayda-chuydani AIga beramiz. Review qilish ham ancha osonlashadi. Flow state ham yo‘qolmaydi. Tizim qanday ishlashini ham yodimizdan chiqarib yubormaymiz. Aniq bilmayman. Hech kim bilmaydi. Lekin menga qobiliyatim tushib ketayotgani hech yoqmayapti.  Shuning uchun ham men keyingi bir necha oy mobaynida o‘zim uchun bir domain tanlab o‘sha domain experti bo‘lishga harakat qilmoqchiman. Code yozishda esa shu "tab, tab" usulidan foydalanib yozmoqchiman. "Flow state" dan chiqib ketmaslik uchun bu jarayon tez bo‘lishi shart. Shuning uchun frontier modellar (Fable, Sol va hokazolar) to‘g‘ri kelmaydi chunki ular yaxshigina sekin ishlaydi. Balki DeepSeek Flash modellar mosroqdir bu ish uchun.  Ko‘ramiz. @jakhonrakhmonov

Open in Telegram
Views19,900+211%vs avg
Forwards—
Reactions367
Comments—
#619Text
Views16,200+153%vs avg
Forwards—
Reactions286
Comments—
#618Text

Google ga ishonib serverlarini ishlatsang-u tag-tugi bilan o‘chirib yuborsa Australianing eng katta nafaqa fondlaridan biri bo‘lgan UniSuper kompaniyasi Google ning Private Cloud serverlaridan foydalanar ekan. Ya’ni o‘zlari uchun alohida muhit. Google ning boshqa mijozlari bu muhitni ishlata olmaydilar. 2024 chi yilda bir qiziq insident bo‘lib o‘tibdi. Milliardlab dollar boshqarib turgan UniSuper kompaniyasining muhitini Google adashib o‘chirib tashlabdi. Natijada odamlar kamida bir hafta davomida o‘z mablag‘larini boshqarish imkoniyatini yo‘qotganlar.  Agar UniSuper kompaniyasining dasturchilari Googledan tashqarida "backup" ya’ni o‘z ma’lumotlarining nusxasini saqlamaganlarida, ancha yomonroq holat yuzaga kelgan bo‘lishi ham mumkin edi. O‘zi nima bo‘libdi deysizmi? UniSuper uchun maxsus muhitni sozlash paytida Google muhandislari "ichki tool" dan foydalanishgan. Eng muhim narsa bu yerda ushbu "ichki tool" ni kimdir qo‘lda chaqirishi kerak, ya’ni avtomatlashtirilmagan. Odamlar nima qilishga moyil? To‘ppa to‘g‘ri - xato qilishga. Xullas, shu ichki toolni ishlatayotgan paytida bir parametrini to‘ldirish yodlaridan chiqib qolgan. Natijada ushbu muhitning o‘chirilish sanasi ma’lum bir sanaga belgilab qo‘yilgan. Shu sana kelganda esa - boom. Hamma narsa o‘chib ketgan, replicalar ham. Eng yomon tarafi, bu narsa ichki tool orqali qilingani uchun hech kimga hech qanday eslatish yuborilmagan. Yaxshi ham UniSuper dasturchilari Googledan tashqarida backuplarini saqlagan ekanlar. Bu ishni ancha osonlashtirgan. Shunda ham bir necha kunlar, haftalar davomida ikkita kompaniya dasturchilari birga ishlab sistemani va eng asosiysi ma’lumotlarni qayta tiklaganlar. Googledagilar esa albatta o‘sha ichki toolni yo‘qotib, to‘liq avtomatlashtirib yuborishgan. Google tomonidan yozilgan blog post: https://cloud.google.com/blog/products/infrastructure/details-of-google-cloud-gcve-incident/ UniSuper tomonidor yozilgan blog post: https://www.unisuper.com.au/about-us/media-centre/2024/a-joint-statement-from-unisuper-and-google-cloud @jakhonrakhmonov

Open in Telegram
Views19,400+203%vs avg
Forwards—
Reactions206
Comments—
#617Text
Views17,400+172%vs avg
Forwards—
Reactions609
Comments—
#616Text
Views17,300+170%vs avg
Forwards—
Reactions243
Comments—
#612Text
Views31,700+395%vs avg
Forwards—
Reactions593
Comments—
#611Photo
Views20,500+220%vs avg
Forwards—
Reactions270
Comments—
#609Text
Views16,600+159%vs avg
Forwards—
Reactions304
Comments—
#606Text
Views14,900+133%vs avg
Forwards—
Reactions65
Comments—