🎁 Studentlar Bayram Muborak ENDI😄 🙌 Assalomu alaykum yurtimizning kelajagi bo'lmish aziz talabalar. Bugun 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" bilan @Jahon_tillari_UzSWLU jamoasi barcha talabalarni qutlaydi! 🥳 💐 Shu yurt bizniki, kelajak bizniki. Xalqimizga va jamiyatimizga foydasi tegadigan yetuk kadrlar bo'lish nasib aylasin! Kontraktingiz kamayib, stipendiyangiz koʻpaysin! :) Yaxshi kunda qilingan niyyat amalga oshadi deganlaridek, siz ham yaxshi niyat qilavering.😉 Talabalik - bu oltin davringiz! 👨🎓👩🎓 ✅ Sizlar bilan 👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Open in Telegram
JAHON TILLARI ™ | UzSWLU
●▬▬▬▬๑۩👑۩๑▬▬▬▬▬● JAHON TILLARI ●▬▬▬▬๑۩ ۩๑▬▬▬▬▬● • Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar! 📈 Reklama xizmati👇 〽️ @Rek_Info • Admin: @gentleman_uzswlu 📩 @UzSWLU_aloqabot
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 5, 2026 | 4,340 |
| Nov 7, 2026 | 4,190 |
| Nov 9, 2026 | 3,325 |
| Nov 10, 2026 | 4,220 |
| Nov 12, 2026 | 4,200 |
| Nov 17, 2026 | 3,960 |
Most viewed this month
- 01Views4.34KForwards—Reactions2Comments—
- 02Views4.22KForwards—Reactions—Comments—
- 03Views4.21KForwards—Reactions3Comments—
- 04Views4.2KForwards—Reactions3Comments—
Latest posts
#Hemis ❗️HEMIS tizimining navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi HEMIS axborot tizimining yangi versiyasida (1.9.86) qator muhim yangilaniş va qulayliklar işga tuşirildi: 1️⃣ ERI orqali kiriş: Tizimning avtorizatsiya moduli takomillaştirilib, tizimga elektron raqamli imzo (ERI) kaliti bilan kiriş imkoniyati yaratildi. 2️⃣ Qabul kvotalarini şakllantiriş raqamlaştirildi: Barça davlat OTTlari yangi qabul kvotalarini elektron imzo bilan rasmiylaştirib, tizim orqali taqdim etadi (Talabalar/kvota hujjati). 3️⃣ Kontingent statistikasi: Talabalarning yönalişlar, kurslar, ta’lim tillari va grantlar kesimidagi töliq statistikasini oliş imkoniyati qöşildi (Statistika/kontingent statistikasi). 4️⃣ Öqituvçilar yillik yuklamasi: Joriy va oldingi öquv yillaridagi professor-öqituvçilarning yillik öquv yuklamasini kuzatib boriş funksionali joriy qilindi (Xodimlar/öqituvçilar yuklamasi). 5️⃣ Dars va nazorat jadvallari: Dars hamda nazorat jadvallarini Excel fayliga eksport qiliş imkoniyati yaratildi (Öquv jarayoni bölimida). 6️⃣ Fan apellatsiyasi: Apellatsiya jarayoni nizom talablari asosida yangilandi — endilikda arizalar talabaning şaxsiy murojaati asosida körib çiqiladi (Özlaştiriş/fan apellatsiyasi). 7️⃣ Imtiyozli grantlar: Talabalarni imtiyozli grantlar röyxatidan çiqariş imkoniyati qöşildi (Talabalar/imtiyozli grantlar). 8️⃣ Risklar daşbordi: Tizimda öquv yuklamasi hali şakllantirilmagan pedagoglarni körsatib beruvçi “Öqituvçi paneli” işga tuşirildi. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Open in Telegram⚡️2027/2028 o‘quv yilidan magistraturaga qabulda yangi tizim joriy etiladi 📌 Prezidentning 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoniga ko‘ra, davlat OTMlari magistraturasiga qabulda: 🔹 xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat talabi saqlanib qoladi; 🔹 OTMlarga ixtisoslik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha imtihon o‘tkazish vakolati beriladi; 🔹 qo‘shimcha imtihon shakli, dasturi va baholash mezonlarini OTMning o‘zi mustaqil tasdiqlaydi. ❗️ Magistraturaga kirishni rejalashtirayotganlar til sertifikati bilan birga mutaxassislik fanlariga ham hozirdan tayyorlanishi lozim. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Open in Telegram🎯 SECRETS TO GET 7+ IELTS 🇬🇧 👍 IELTS 7+ sari biz bilan qadam tashlang! 📌 Kanalimizda: 🎧 IELTS’ning barcha 4 ko‘nikmasini rivojlantirish uchun foydali maslahatlar 🎬 Filmlardan Shadowing videolari ✍️ Writing Task 1 & 2 uchun namunaviy javoblar 📚 O‘qishga arziydigan eng yaxshi kitoblar ro‘yxati 💡 To‘g‘ri strategiya — yuqori natija kaliti! 🔔 Hoziroq kanalimizga qo‘shiling! 🔥 Secrets to Get 7+ IELTS 😎 ▶️ @dontsayimpossible
Open in Telegram❗️Qishki "perevod" uchun arizalar 10–20-yanvar kunlari qabul qilinadi ✅ Vazirlar Mahkamasining 578-son qaroriga ko'ra, talabalar bahorgi semestr uchun o'qishini ko'chirish muddati va tartibi o'zgardi. 🔍 Arizalar har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha faqat onlayn — transfer.edu.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Faqat davlat OTMlari o'rtasida va 2 ta uzrli sabab bilan: — talaba oila qurgani sababli turmush o'rtog'i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko'chmoqchi bo'lsa; — davlat organi xodimining ish joyi o'zgargan taqdirda turmush o'rtog'i yoki voyaga yetmagan farzandining o'qishini ko'chirish uchun (vazirlik yoki idora rahbari tavsiyasi bilan). Kerakli hujjatlar: reyting daftarchasi, akademik ma'lumotnoma yoki transkript nusxasi hamda uzrli sababni tasdiqlovchi hujjat. Muhim: — bir OTMdan boshqasiga o'qishni ko'chirib tiklashga ruxsat berilmaydi; — yuborilgan arizani tahrirlab bo'lmaydi; — arizalar 21-yanvardan 10-fevralgacha ko'rib chiqiladi. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Open in Telegram😎MAHMUD TRANSLATION Hujjatlar bilan bog‘liq barcha ishlarni bizga topshiring! Siz mijozlaringiz bilan ishlang, hujjatlarni tarjima qilish va rasmiylashtirish jarayonlarini bizga ishonib topshiring. 🇺🇿 BUTUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB XIZMAT KO‘RSATAMIZ! 📑 BIZNING XIZMATLARIMIZ: ▪️Diplom va diplom ilovasi tarjimasi ▪️ Attestat va akademik ma’lumotnomalar ▪️ Maktab tabeli va transkriptlar ▪️ Pasport va tug‘ilganlik guvohnomasi ▪️ Sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ▪️ Haydovchilik guvohnomasi ▪️ Nikoh va ajralish to‘g‘risidagi guvohnomalar ▪️ Turli sertifikatlar va boshqa rasmiy hujjatlar ⚖️ HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH: ✅ Notarial tasdiqlash ✅ Apostil qo‘yish ✅ Konsullik legalizatsiyasi ✅ Ko‘p tilli tarjima ✅ Professional redaktor tekshiruvi ✅ Elektron PDF nusxalar ✅ Tayyor hujjatlarni yetkazib berish ⚡️ TEZKORLIK — BIZNING USTUNLIGIMIZ! Katta hajmdagi va muntazam buyurtmalar bilan ishlaymiz. Har bir hujjatning sifatli tarjimasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratamiz. 📦 BUTUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB! Hujjatlarni onlayn yoki pochta orqali qabul qilamiz. Tayyor hujjatlarni respublikaning barcha hududlariga yetkazib beramiz. 🔄 BIZ BILAN ISHLASH JARAYONI: Hujjat → Tarjima → Notarial tasdiq → Apostil → Redaktor tekshiruvi → Tayyor hujjat → PDF → Yetkazib berish 🎯 Bitta hamkor. Barcha hujjat xizmatlari. Ishonchli natija 😎 Kanalimiz: https://t.me/apostil_mahmudtranslation 📞 Murojaat va hamkorlik uchun: +998972671222/ @MahmudovOtabek
Open in Telegram#SavolJavob ❓Talabalarga ijara tölovining bir qismini qoplab beriş tartibi qanday: kimlarga beriladi va qanday ariza topşiriladi? Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim taşkilotlarida kunduzgi ta’lim şaklida tahsil olayotgan hamda turar joy bilan qamrab olinmagan talabalarga oylik ijara tölovining bir qismini Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriş tartibi amal qiladi. 💰 Kompensatsiya miqdori (har oy uçun): 1️⃣ Toşkent şahrida — BHMning 1 baravari (440 ming söm); 2️⃣ Boşqa hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming söm). ❓Kimlarga va qanday şartlarda qoplab beriladi? 🔹 Faqat davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan Özbekiston fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga (grant yoki tölov-kontrakt farqi yöq); 🔹 Yotoqxona bilan qamrab olinmagan hamda öziga yoki ota-onasiga tegişli bölmagan xonadonda ijarada yaşayotganlarga; 🔹 Doimiy röyxatda turgan joyidan boşqa hududdagi (tuman, şahar miqyosida) OTTda öqiyotganlarga; 🔹 Ijtimoiy yordamga muhtoj hamda örnak körsatgan, faol talabalarga birinçi navbatda tölab beriladi. (Eslatma: sirtqi, keçki, masofaviy, nodavlat va xorijiy OTTlar hamda qöşma ta’lim dastur talabalariga qoplab berilmaydi). 📲 Ariza topşiriş tartibi: Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topşiriladi: 1. kontrakt.edu.uz axborot tizimi yoki my.gov.uz portali orqali şaxsiy kabinetga kiriladi; 2. “Ijara tölovlari” bölimi tanlanadi; 3. “Ariza yuboriş” tugmasi bosiladi. 📋 Ijara şartnomasi böyiça talab: ➖ Tölov tayinlanişi uçun ijara.soliq.uz saytida hisobga qöyilgan ijara şartnomasi bölişi şart. Bitta xonadonda bir neça talaba tursa, barçasining ismi şartnomada körsatilişi şart; ➖ 1-kurslar uçun imtiyoz: faqat sentyabr va oktyabr oylari uçun ijara şartnomasi söralmasdan tölanadi, noyabrdan boşlab şartnoma majburiy. MUHIM: Uyini talabalarga ijaraga bergan fuqarolar uşbu daromadlari uçun daromad soliğidan töliq ozod etilgan. Ijaraga beruvçilar şartnomani rasmiylaştirişdan xavotir olmasa ham böladi. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Open in Telegram❗️Til sertifikati sabab himoyasi qolgan magistrantlar uchun muhim xabar 2023-yil 14-fevraldagi 13-son bayon asosida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan talabalar PF–81-son Farmonda belgilangan darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lsa, dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. 📌 Talab etiladigan darajalar: 🔹 C1 — filologiya yo‘nalishlari; 🔹 B2 — gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga oid fanlar, jurnalistika va axborot, AKT; 🔹 B1 — boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari. ✅ Mutaxassisligi uchun B1 belgilangan magistrantlar B1 sertifikati bilan ham himoyaga qo‘yilishi mumkin. ⚠️ Sertifikat muddati tugamagan va rasman tan olingan sertifikatlar ro‘yxatida bo‘lishi shart. Sertifikat talabi bekor qilinmagan. Sertifikat topshirgan magistrantlar himoyasini tashkil etish OTM rahbarlariga topshirilgan. ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Open in Telegram❗️ Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga! 📆 Ma’lumki, 2026-yil 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Ushbu imtihon uchun test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlangan. 📝 Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari hamda yozma ish (esse)lar ushbu alifboda yozilishi lozim. 📌 Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi. 📝 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi! ✅ Barchaga yuboring👇 ⭕️ @Jahon_tillari_UzSWLU
Open in Telegram🍔 FAST FOOD SOHASIGA TALABALAR UCHUN ISH BOR! 🍔 Hozirda jamoamizga Yordamchi va Universal xodimlarni ishga taklif etamiz! Talaba bo'lsangiz, o'qishingizga mos keladigan qulay grafikda ishlashingiz mumkin. 📍 Mavjud filiallar va bo'sh ish o'rinlari: ▫️ Sergeli: Yo'nalish: Yordamchi xodim Ish vaqti: 09:30 – 15:00 (ko'proq ishlash imkoniyati bor) ▫️ Chilonzor (Novza metro atrofi): Yo'nalish: Yordamchi xodim / Universal xodim Ish vaqti: 09:30 – 15:00 (ko'proq ishlash imkoniyati bor) ▫️ Qoraqamish: Yo'nalish: Yordamchi xodim / Universal xodim Ish vaqti: 09:30 – 15:00 (ko'proq ishlash imkoniyati bor) ▫️ Yashnobod (Do'stlik metro atrofi): Yo'nalish: Yordamchi xodim / Universal xodim Ish vaqti: 09:30 – 15:00 (ko'proq ishlash imkoniyati bor) 💵 Ish haqi: Soatbay to'lanadi (soatlik ish haqi) Murojaat uchun Telegram: @hplus77
Open in TelegramConnections
Similar channels
USTOZLAR UCHUN METODIK YORDAM@ustozlar_uchun_metodik_yor_damEducation4.22K
Toşkent davlat tibbiyot universiteti - Pediatriya | rasmiy@tashmeduni_pediatriyaEducation4.27K
Публикации в зарубежных журналах@scientificpublicationsEducation4.27K
RuStudy 🔥 | Chet elda o'qish@intuition_uzEducation4.27K
Jöybori kalon.uz@juyborikalonEducation4.2K
Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi@nqaaeuzEducation4.28K- UzTUTOR- xorijiy tillar fani ustozlari faoliyatini qo'llab quvvatlash kanali.@uztutorEducation4.19K
O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti@uzswlu_mmbEducation4.29K