📣📣📣📣📣 📚 YANGI KITOB TAQDIMOTI “Jadid” gazetasi tahririyati taşabbusi bilan taniqli jurnalist, “Döstlik” ordeni sohibi Rözimboy HASANning “Jadidlar izidan” nomli yangi kitobi taqdimoti bölib ötadi. “Jadid” kutubxonasi” rukni ostida çop etilgan mazkur töplamga muallifning 2024–2026-yillarda naşr sahifalarida e’lon qilingan eng sara maqolalari jamlangan. Yangi ma’lumot va talqinlarga boyligi hamda öziga xos ifoda uslubi bilan muştariylar e’tirofini qozongan maqolalar endi yaxlit kitob holida öquvçilar qöliga yetib bormoqda. Taqdimotda Özbekiston xalq şoiri Iqbol MIRZO boşçiligidagi tahririyat jamoasi, taniqli adib va jurnalistlar, adabiyotşunos olimlar, talaba-yoşlar va kitobxonlar iştirok etadi. Tadbir söngida yangi kitobni muallif dastxati bilan oliş imkoniga ega bölasiz. 📍 Parkent tumani “Qöşçinor” ma’rifat markazi ⏰27-noyabr 11:00 Barça kitobxonlar va adabiyot ixlosmandlarini uşbu ma’rifiy davraga taklif etamiz. Tilda, fikrda, işda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 241 |
| 3 h | 311 |
- After 1 hour241
- Total to date311