Yarim kechasi kitob sotib olyabman. Hozir yo'lda kelyabdi. Endi uhlamay yangi kitobni kutamiz.😊 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramPosts of Ixtiyor Muxtorov | Shaxsiy blog
Nega kelajagimni O'zbekistonda ko'rmayabman? - Onam qarimoqda. Sifatli tibbiy xizmat kerak. - Farzandlarim bo'ladi. Sifatli ta'lim kerak. - Qishlar sovuq, yozlar issiq bo'ladi. Gaz va svet bor joylar kerak. - Armonsiz yashagim keladi. Odamga o'xshab yashaydigan joy kerak. 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramAgar biz har kuni ijtimoiy tarmoqlarga sarflaydigan vaqtimizni kitob o‘qishga sarflaganimizda. Hozir… Baribir hech narsa o‘zgarmasdi. Instagramda birovlarning boy hayotini ko‘rib siqilish o‘rniga, Kafka yoki Dostoyevskiyni o‘qib olib, “bu hayotning o‘zi umuman mazmunsiz-ku” deb o‘sha divanimizda yotgan bo‘lardik. Baribir hech narsa o‘zgarmasdi. Farqi shuki, endi depressiyamiz intellektual ko‘rinishda bo‘lardi. Baribir hech narsa o‘zgarmasdi. Oxir-oqibat ro‘zg‘or tebratish uchun baribir o‘sha taksistlikka chiqardik, faqat endi mijozlar bilan yo‘l bo‘yi Nitsshening nigilizmi haqida tortishib urishadigan taksist bo‘lardik. Baribir hech narsa o‘zgarmasdi. Shunchaki o‘zimizning nimaga hayotda hech baloga erisha olmay, oylikdan oylikkacha qarzga botib yashayotganimizni ilmiy va falsafiy tomondan go‘zal qilib tushuntirib bera oladigan aqlli kambag‘allardan bo‘lardik. Baribir hech narsa o‘zgarmasdi. Qarindoshlarning to‘yida bir chekkada indamaygina telefon chuqulab o‘tiradigan beozorgina odamdan, dasturxon atrofida hammaga hayotning naqadar bema’niligini va insoniyat jarlikka qulayotganini isbotlashga urinayotgan toksik odam bo‘lardik. Baribir hech narsa o‘zgarmasdi. Kartamizdagi qoldiq baribir o‘sha-o‘sha nol so‘mligicha qolardi. Lekin endi biz bu kambag‘allikni o‘z dangasaligimizdan emas, balki “kapitalistik tizimning shafqatsiz qurboni” bo‘lganimiz bilan ilmiy asoslab bera olardik. Baribir hech narsa o‘zgarmasdi. Sevgimiz uchun kurasha olmagan ojiz insonligimizni tan olmasdan, “Men sen uchun kurashmadim, chunki mening qalbim buyuk azoblar va ruhiy poklanish uchun yaratilgan!” degan balandparvoz gaplar bilan oqlardik. 👉 @Ixtiyor_Muxtorov
Open in TelegramAssalomu aleykum hurmatli meni kuzatuvchilar. Yaxshimisizlar? Qisqasi turk tilini o'rganishni boshladim, o'zimga bir yil muhlat berdim, ya'ni aniqroq qilib aytsam 2027-yil 1-mayga qadar turk tilida bemalol muloqot qiladigan darajada bo'lishim kerak. Bu magistr uchun kerak emas, unday deb o'ylamanglar, rejalar o'zgardi, boshqa ishlar yuzasidan turk tiliga birdaniga qiziqishim oshib qoldi, kunbo'yi ish davomida ham miyyamda shu turk tili aylanaveradi, tinmay shu haqida o'ylaydigan bo'lib qoldim. Mayli usiz ham umr o'tyabdiku, bir yilimni turk tiliga bag'ishlab ko'raychi qanday o'zgarishlar kutyabdikan bizni yana oldinda. Hayot sarguzashtlarga to'la, bu ham bir sayohatdek gapda.😊 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramKecha bola edim, bugun ulg'aydim, O'tgan fursatlarim tushga o'xshaydi. Murg'ak bolajondan asar yo'q ammo, Qalbimda bolalik hamon yashaydi. Umr oqar suvday o'tar bir zumda, Beg'ubor paytlarni ko'ngil qumsaydi. Dardning neligini bilmasdik unda, Qalbimda bolalik hamon yashaydi. 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramKunlarning birida qurbaqalar to‘dasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Qolgan barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib — “Bo‘ldi endi, shu yerda o‘lib ketasizlar, hadeb sakrayverishdan foyda yo‘q” — der edilar. Uzoqqa bormay, ikki qurbaqaning biri qo‘rquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud bo‘ldi. Ikkinchi qurbaqa esa tinmay sakrashda davom etardi. Har safar sakraganda, ilgarigidan balandroq sakrar edi. Ammo, yuqoridagi qurbaqalar hamon: “Bo‘ldi qil endi! Foydasi yo‘q” der edilar. Ko‘p o‘tmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda edilar. So‘ng undan so‘rashdi: “Buni qanday uddalay olding?!” U jim turardi. Keyin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan. Har safar uni sakrashdan qaytarganlarida, meni qo‘llab-quvvatlamoqdalar, deb o‘ylab, bu mushkul ishning uddasidan chiqqan ekan. Xulosa: Ba’zida muvaffaqiyatga erishish uchun “kar” bo‘lishga to‘g‘ri keladi. 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramAlloh aytadi: "Ular seni tark etmadi, ularni men hayotingdan chiqarib tashladim. Chunki sen eshitmagan suhbatlarni men eshitdim". 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in Telegram🎓 Ta’lim tizimi haqida bir o‘y... ☝️Tasavvur qiling: sinfda fil, maymun, pingvin, baliq, it va qush bir joyda o‘tiribdi. O‘qituvchi esa doskaga yozadi: “Hammaga bir xil test: iltimos, daraxtga chiqing.” ❓Adolat qayerda? Fil daraxtga chiqa olmaydi, baliq esa umuman suvdan tashqarida yashay olmaydi. Lekin bu ularning qobiliyatsiz yoki yaroqsiz ekanini anglatmaydi. Har bir jonivorning o‘ziga xos kuchi, iqtidor va imkoniyati bor. Afsuski, bizning ta’lim tizimimizda ham ko‘pincha shunday holat kuzatiladi: barcha bolalardan bir xil natija kutamiz. Barchaga bir xil savollar, bir xil yondashuv, bir xil baholash mezonlari. Natijada esa kimdir o‘z iqtidorini ochib bera olmaydi, kimdir esa “uquvsiz” tamg‘asi bilan qoladi. ✅ Aslida esa ta’lim – insonni o‘zi bo‘lishga, o‘z kuchli tomonlarini rivojlantirishga, iqtidorini kashf qilishga yordam berishi kerak. ❓Sizningcha, bugungi ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar qilinsa, bolalarning iqtidorini to‘liq ochib berish mumkin? 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in Telegram🇯🇵 Yaponiyada birgina maktab o‘quvchisi uchun temir yo‘l bekati 3 yil ishladi. 2013-yilda temir yo‘l boshqarmasi yo‘lovchi bo‘lmagani uchun bir bekatni yopishga qaror qiladi. Ammo bir qizaloq bu bekat orqali maktabga qatnayotgani ma’lum bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat esa qizning ta’lim olishi uchun bu kimsasiz bekat faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Shu davr mobaynida poyezd Xokkaydo orolining Kyu-Shirataki bekatiga kuniga 2 marta — birgina shu qizaloq uchun to‘xtab o‘tadigan bo‘ldi. Poyezdning to‘xtash vaqti esa qizning maktabga borish va qaytish vaqtiga qarab belgilandi. Birgina shu qizaloq uchun bekat har yili ta’mirlanar, qishda esa platforma qordan tozalanar edi. 2016-yilda qiz maktabni tugatdi va bekat ham yopildi. 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramAssalomu alaykum aziz va moʻtabar opa-singillar, onajonlar va qadrli ayollar! Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Sizlar hayotimizning eng goʻzal bezagi, oilalarimizning mehr-muhabbat manbai, jamiyatimizning tayanchi va ilhom manbaisiz. Sizlarning mehringiz, sabringiz va fidoyiligingiz tufayli hayotimiz yanada yorqin va mazmunli bo‘lib boradi. Har biringizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo yuzingizdan tabassum arimasin, qalbingiz quvonchga to‘lsin. Sizlar har doim e’zoz va hurmatga loyiqsiz! Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin! @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramBugun tarmoqlarda ko‘pchilik profilida diniy mazmundagi suratlarni qo‘yadi. Lekin shuni esda tuting: rasm va yozuv sizni dindor qilmaydi. Amal qilmasangiz, hammasi bo‘sh shovqin. Tashqi ko‘rinish chiroyli bo‘lishi mumkin, lekin haqiqiy qiymat faqat harakat va niyat bilan ko‘rinadi. Haqiqat esa baribir o‘z vaqtida ayon bo‘ladi. Taffakur qiling. 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in Telegram📚 Xitoy xalq maqoli “Eng baland daraxt ham kichkina niholdan boshlanadi.” ♻️Ma’nosi: Katta natijalar kichik qadamlar bilan boshlanadi. Har qanday buyuk ishning boshida oddiy, kichik harakatlar turadi. 👉 @IxtiyorMuxtorov
Open in TelegramRasmda qiyin imtihondan o‘tib, tibbiyot oliygohiga kirganini eshitgan 19 yoshli braziliyalik Gabriel Nobrening holati. Puli yo‘qligi sababli, u qo‘shimcha darslarga qatnashish uchun o‘qituvchi bilan o‘quv markazida farroshlik qilishiga kelishib olgan va imtihonlarga qiyinchilikda tayyorlangan. 1-xulosa: Kimning xohishi bo‘lsa, har qanday holatda imkon topadi; 2-xulosa: Mehnat qilgan, albatta, natijaga erishadi. @IxtiyorMuxtorov
Open in Telegram