📢 BO‘Ş İŞ ÖRNI — KUTUBXONAÇI Turkiy davlatlar xalqaro universiteti Axborot-resurs markaziga asosiy ştat birligi böyiça kutubxonaçi lavozimiga malakali mutaxassisni işga taklif etadi! Nomzodlarga qöyiladigan talablar: ▪️ Oliy ma’lumotga ega böliş; ▪️ Kutubxonaçilik va axborot-resurs xizmatlari böyiça bilim va könikmalarga ega böliş; ▪️ Kompyuter va elektron kutubxona tizimlarida işlay oliş; ▪️ Mas’uliyatlilik, tartiblilik va xuşmuomalalik. İş turi: asosiy ştat, töliq iş kuni. 📍 Manzil: Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Kiçik halqa yöli, 3A-uy. 📞 Murojaat uçun: +998909448710 M.X.Toşbekova +998712307474. 📩 [email protected] Bizning jamoamizga qöşiling!
Open in TelegramPosts of TDXU | Rasmiy kanal
⚡️ TDXUda jamoaviy ruh va sog‘lom raqobat! Turkiy davlatlar xalqaro universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan sport tadbirlari haqiqiy bayram va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi! 🔥 Auditoriya va ilmiy izlanishlardan bir zum uzoqlashib, maydonda yelma-yel kurashgan ustozlarimiz — birdamlik, quvvat va sog‘lom turmush tarzining eng yorqin namunasini ko‘rsatdilar! 💪🏃♂️🏐 Har bir harakatda — hamjihatlik, har bir tabassumda — samimiyat va g‘alaba ishtiyoqi bor edi! ✨🤝 Bunday lahzalar jamoamizni yanada jipslashtirib, yangi marralar sari ruhlantiradi! 🚀 Universitet rasmiy sahifalari 👇🏻 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in Telegram📢 DIQQAT, TANLOV! 🎗 1-dekabr — Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni Turkiy davlatlar xalqaro universitetida mazkur sana munosabati bilan «Biz — soğlom turmuş tarzi tarafdorimiz!» şiori ostida talabalar örtasida ijodiy tanlov e’lon qilinadi. Tanlovning maqsadi — talaba-yoşlarning OIV/OITS haqidagi bilimlarini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş. 🏆 Tanlov nominatsiyalari: 🔹 Eng yaxşi devoriy gazeta; 🔹 Eng mazmunli inşo. 📌 Baholaş mezonlari: mavzuning dolzarbligi va dizayni, ijodiy yondaşuv va savodxonlik. 📥 Ijodiy işlarni qabul qiliş muddati: 30-noyabr, soat 17:00 gaça. 📅 Tanlov sanasi: 2026-yil 1-dekabr. ⏰ Boşlaniş vaqti: soat 12:00. 📍 Ijodiy işlarni taqdim etiş va murojaat qiliş uçun: Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi (M.X. Toşbekova). 🏅 Tanlov ğoliblari taqdirlanadi! Aziz talabalar, barçangizni tanlovda faol iştirok etişga çorlaymiz! ❤️ Soğlom jamiyat — porloq kelajak! 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in Telegram🎓 REKTOR VA YOŞLAR — SAMIMIY VA OÇIQ MULOQOT! 2026-yil 26-noyabr kuni Turkiy davlatlar xalqaro universiteti rektori Baxodir Xatamovich Turayev bilan talaba-yoşlarning oçiq muloqoti bölib ötdi. Uçraşuv davomida rektor talabalarning fikr-mulohazalari, takliflari, ehtiyojlari va mavjud muammolarini diqqat bilan tinglab, ularni hal etiş masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, yaratilayotgan imkoniyatlar, körsatilayotgan e’tibor va qöllab-quvvatlaş uçun universitet rahbariyatiga minnatdorçilik bildirdilar. 🤝 Talaba manfaatlari — universitetning ustuvor vazifasi! 💙 Biz sizni tinglaymiz, qöllab-quvvatlaymiz va birgalikda rivojlanamiz! 🌐Websayt | 📱Telegram |📱 Instagram |📍Manzil
Open in Telegram🎓 REKTOR VA PROFESSOR-ÖQITUVÇILAR BILAN OÇIQ MULOQOT 2026-yil 26-noyabr kuni Turkiy davlatlar xalqaro universiteti rektor v.b. Turayev Baxodir Xatamovich hamda professor-öqituvçilar ishtirokida oçiq muloqot bölib ötdi. Uçraşuv davomida ta’lim sifatini oşiriş, öquv jarayonlarini takomillaştiriş, mavjud muammolar, yangi taşabbuslar hamda universitetning istiqboldagi rejalari muhokama qilindi. 🤝 Samarali muloqot — sifatli ta’lim va barqaror rivojlaniş garovi! 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in Telegram📢 REKTOR VA YOŞLAR — OÇIQ MULOQOT! Hurmatli professor-öqituvçilar va aziz talabalar! 26-noyabr kuni Turkiy davlatlar xalqaro universiteti rektori Baxodir Xatamovich Turayev bilan oçiq muloqot taşkil etiladi. Uçraşuv davomida ta’lim sifati, talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud muammolar hamda yangi taşabbuslar muhokama qilinadi. 📅 Sana: 26.11.2026 | Payşanba 🕚 11:00 — Professor-öqituvçilar bilan uçraşuv (Majlislar zali). 🕛 12:00 — Talabalar bilan oçiq muloqot (Katta konferensiya zali). 🎙 Rektorga bevosita savol beriş, öz fikr-mulohazalaringizni bildiriş hamda taklif va taşabbuslaringizni ilgari suriş imkoniyatini qöldan boy bermang! 💬 Sizning fikringiz — biz uçun muhim! 🎓 Universitet kelajagini birgalikda yaratamiz! Universitet rasmiy sahifalari 👇🏻 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in TelegramAVLODLAR VORISIYLIGI — MILLIY QADRIYATLAR DAVOMIYLIGI 🏛️ Turkiy davlatlar xalqaro universitetida «Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub» mazmun-mohiyatini talaba-yoşlarga yetkazişga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ötkazildi. 📜 Uçraşuvlarda professor-öqituvçilar maktubning tarbiyaviy ahamiyati, oilaviy qadriyatlar, avlodlar vorisiyligi va mehr-oqibat fazilatlari xususida fikr yuritdilar. Şuningdek, maktubdagi ilm olish, xorijiy tillar va sun’iy intellektdan oqilona foydalaniş, buyuk ajdodlar merosiga munosib böliş hamda vaqt qadriga yetiş haqidagi ğoyalar alohida ta’kidlandi. 🤝 Yoş avlodni vatanparvarlik, halollik va mas’uliyat ruhida tarbiyalaşda oila hamda ta’lim muassasalarining örni muhim ekani qayd etildi. TDXU — bilim, ma’naviyat va qadriyatlar uyğunligi! ⚖️🏛️ Universitet rasmiy sahifalari: 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in TelegramForwarded from IUTS_International Relations and Rankings Department
Erasmus+ 2027 tanlovlarga ariza qabul qiliş boşlandi 🇺🇿 Batafsil 🇷🇺 Подробнее 🇹🇷 Ayrıntılar 🇬🇧 Read more Universitet rasmiy sahifalari: 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in Telegram🇺🇿 BAYROĞIM — ĞURURIM, IFTIXORIM! 🇺🇿 ✨ 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun! 🇺🇿 Bayroğimiz — xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligimiz, tinçligimiz va birdamligimiz ramzidir! 🎉 Uşbu qutluğ sana munosabati bilan Turkiy davlatlar xalqaro universitetida “BAYROĞIM — ĞURURIM, IFTIXORIM!” şiori ostida bayram tadbiri taşkil etilmoqda. 🎊 Barça professor-öqituvçilar, xodimlar va aziz talabalarimizni uşbu tantanali bayram tadbiriga taklif etamiz! 📅 Sana: 18-noyabr, 2026-yil 🕒 Boşlaniş vaqti: 15:00 📍 Manzil: Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Kiçik halqa yöli, 3A-uy, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti Faollar zali. 💙 Bayroğimiz — milliy ğururimiz, mustaqilligimiz va birlik timsoli! 🇺🇿 Keling, Vatanimiz şa’ni va xalqimiz iftixori bölgan muqaddas bayroğimiz bayramini birgalikda nişonlaylik! #TDXU #BayrogimGururimIftixorim #18Noyabr #DavlatBayrogi #OzbekistonBayrogi #TurkiyDavlatlarXalqaroUniversiteti 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in Telegram🎓 17-NOYABR — XALQARO TALABALAR KUNI! AZIZ TALABALAR! QADRLI YOŞLAR! Sizlarni 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni bilan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti jamoasi nomidan va şaxsan öz nomimdan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Talabalik — inson hayotidagi eng muhim va mas’uliyatli davrlardan biri. Bu davrda nafaqat bilim va kasbiy mahorat egallanadi, balki insonning hayotiy qaraşlari, dunyoqaraşi, fuqarolik pozitsiyasi va kelajak maqsadlari şakllanadi. Bugungi kunda ilm-fan, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar jadal rivojlanayotgan bir şaroitda bilimli, taşabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va yuksak salohiyatga ega yoşlar har qanday davlat va jamiyatning eng muhim tayançi hisoblanadi. Turkiy davlatlar xalqaro universiteti oldida turgan muhim vazifalardan biri — xalqaro ta’lim standartlariga mos, raqobatbardoş, yuqori malakali va keng dunyoqaraşga ega mutaxassislarni tayyorlaşdir. Bu ezgu maqsadning röyobga çiqişida, albatta, sizlarning bilimga intilişingiz, faolligingiz, izlanişingiz va yangilik yaratişga bölgan qiziqişingiz muhim ahamiyat kasb etadi. Aziz talabalar! Sizlardan doimo izlanişda bölişingizni, zamonaviy bilim va texnologiyalarni puxta egallaşingizni, öz oldingizga yuksak maqsadlar qöyib, ularga qat’iyat bilan intilişingizni istardim. Universitet hayotidagi har bir imkoniyatdan unumli foydalaning, ilmiy, ijodiy, sport va ijtimoiy loyihalarda faol iştirok eting. Şuni unutmangki, universitetning nufuzi nafaqat uning ta’lim salohiyati, balki uning faol, iqtidorli va maqsad sari intilayotgan talabalari bilan ham belgilanadi. Işonamanki, sizlar kelgusida öz bilim va salohiyatingiz, mehnatsevarligingiz hamda yuksak insoniy fazilatlaringiz bilan oilangiz, Vataningiz va universitetimiz faxriga aylanasiz! Uşbu qutluğ ayyomda barçangizga mustahkam soğliq, baxt-saodat, öqiş va ilmiy izlanişlarda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ğoyalar, dadil taşabbuslar va yuksak marralar tilayman. Orzularingizga işoning, bilimingiz bilan yuksaling, intilişlaringiz bilan kelajakni yarating! 🎉 XALQARO TALABALAR KUNI MUBORAK BÖLSIN! Hurmat bilan, Turayev Bahodir Xatamoviç Turkiy davlatlar xalqaro universiteti rektori v.b. 🌐Websayt | 📱Telegram |📱Instagram |📍Manzil
Open in Telegram