#lirikchekinish_cheating
Sun'iy intellekt yordamida hamma "pro" darajaga chiqdi.
AI hayotimizga kirib kelganidan ko'pchilik xursand. Haqiqatan ham, u ko'p ishni osonlashtirdi. Masalan, ta'limda:
📚 O'qituvchi dars materialini bir necha daqiqada tayyorlaydi.
🌐 Kitob va maqolalarni tarjima qilish soatlar emas, daqiqalar oladi.
📝 O'quvchi tushunmagan mavzusini istalgan vaqtda qayta so'rab o'rganadi.
Qisqasi, har kim o'zini bir pog'ona yuqoriga ko'tarilgandek his qilmoqda. Hamma "pro level"ga o'tdi.
Lekin imtihonlar va olimpiadalar mavsumi boshlandi-yu, bir narsani angladik: "pro level"ga faqat biz chiqmagan ekanmiz, cheaterlar ham "pro level" ga chiqibdi.
Shpargalka yashirish, qo'shnisidan ko'chirish, javobni "tanish" orqali topish kabi eski usullar endi kechagi kun. Hozir telefonda bitta surat kifoya: eng qiyin masala ham bir daqiqada yechilib keladi.
Ya'ni, cheaterlar ham o'z darajasini oshirdi.
Savodli bilan savodsizning, bilimli bilan bilimsizning farqi bilinmay qolgan davrda yashayapmiz.
Klassik cheating va AI-cheating haqida hali keyingi postlarda gaplashamiz.