Uy-joy qurilishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni endi onlayn tekshirish mumkin
my.gov.uz portalida qurilayotgan va qurib bitkazilgan ko‘chmas mulk obyektlari haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi yangi xizmat ishga tushirildi. U ayniqsa yangi qurilayotgan uylardan kvartira sotib olishni rejalashtirayotganlar uchun foydali.
Foydalanuvchilar quyidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin:
🔹 Obyektning manzili, toifasi va xususiyatlari, jumladan, qavatlar va xonadonlar soni
🔹Foydalanishga topshirish muddati, umumiy maydoni va loyiha qiymati
🔹Buyurtmachi, loyiha tashkiloti va pudratchi haqida ma’lumotlar
🔹Qurilishga oid ruxsat beruvchi hujjatlarni, jumladan, ekspertiza xulosalari va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnomani yuklab olish
Xizmat 30 dan ortiq obyekt toifasini qamrab oladi. Uning yordamida xaridorlar pul to‘lashdan oldin quruvchining ruxsat beruvchi hujjatlari va qurilish muddatlarini mustaqil tekshirishlari mumkin.
Pul va biznes xabarlari 👉 @pulmasalasi.
https://t.me/ipoteka_subsidiya_toshkent