Haftalik yakunlarga ko‘ra, portfelim aynan shunday ko‘rinishga ega. #ALKB aksiyalarining bir qismini sotdim va biroz #AGBA sotib oldim. Qolgan mablag‘lar hozircha naqd pul ko‘rinishida turibdi. #portfel @Investds_uz
Open in TelegramPosts of Investds_uz
#ALKB dan qisman chiqdim, bugun o’zi 3,6 larni atrofida sotaman deb turgan edim, agar yana oshsa deb, lekin unaqa bo’lmadi. Nazarimda kimdur narxni qaytarish uchun aksiyalarni sotib yuboryapti. #ALKB @Investds_uz
Open in TelegramAloqabank aksiyalari kutilganidan ham tezroq osmonga uchdi! Men 2027-yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha natijalar asosida х2 o‘sishni kutgandim, biroq bozor bu natijalarni ancha oldinroq narxlashga kirishdi.
Open in Telegram📊 Portfel — hafta yakunlari! Hafta yakuniga ko‘ra portfelim aynan shunday ko‘rinishda. #ALKB aksiyalarining o‘sishi natijasida ushbu aksiya portfelimdagi ulushi bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarildi. Bu o‘sish, shuningdek, portfelimning sohalar kesimidagi tarkibida bank sektorining ulushi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqishiga ham sabab bo‘ldi. Qiziqarli ma’lumotlardan, bu hafta «Kvarts» aksiyalarining portfeldagi ulushini yana biroz oshirdim. Umuman olganda, hozircha hammasi meni qoniqtirmoqda. Keyingi haftani kutamiz! #portfel @Investds_uz
Open in TelegramGoInvestdayam ancha kichik investorlar paydo bo’lib qolibdi, Jett bilan birga. Aksiyalar tahlili bo’yicha yangi bir post qilish kerakmi deyman yoki videomi (agar sifatli qilib amalga oshirish mumkin bo’lsa). Guruhlarda skrinshotlarni korayabman, umuman keraksiz aksiyalarni sotib olib narxi o’sishiga umid qilib o’tirishibdi. Birozdan keyin aksiyalari narxi tushib ketsa keyin bu bozor bo’lmas ekan, shuncha zarar ko’rdim deb chiqib ketishadi, vaholanki ular bilimsiz bo’lgani uchun aksiya tanlashda adashishgan bo’ladi. Xullas maqsad post yoki videolar orqali hammani iloji boricha moliyaviy savodxonligini oshirish. Bu borada nima deysizlar? O’zi bu kanalda ham yaqinda investitsiya qilishni boshlaganlar qancha? @Investds_uz
Open in TelegramAloqabank hozir kuzatish uchun eng qiziqarli kompaniyalardan biri. Oxirgi kunlarda sezganingizdek, bank aksiyalari sezilarli darajada o‘sishni boshladi. Hozir shaxsan meni ikkita masala qiziqtirmoqda: 1. Aksiya qaysi narx darajasida barqarorlashadi va savdolar qaysi diapazonda davom etadi? 2. Yil yakunlari bo‘yicha hisobot va kelgusi yilgi kompaniya ko‘rsatkichlari. Chunki, menimcha, kompaniya biznesi yangi darajaga chiqish arafasida. #ALKB @Investds_uz
Open in TelegramBugun hech narsa sotib ololmadim, bilmaganlar uchun Instagram da har kuni portfelim strukturasi va qilingan operatsiyalar bilan bo’lishib boraman. #portfel @Investds_uz
Open in TelegramBugun dam olish kuni bo‘lgani uchun, keling, ushbu postdagi aksiyalar narxi ham qanday o‘zgarganini ko‘rib chiqamiz. #tahlil #CBSK #SQBN @Investds_uz
Open in Telegram📊 Shu post esingizdami? Keling, o‘sha kundagi yopilish narxlari bilan kechagi savdo yakunidagi narxlarni taqqoslab, aksiyalar 3 oyda qancha o‘zgarganini ko‘rib chiqamiz. #tahlil #IPTB #UZMK #KVTS #ALKB #UZNF @Investds_uz
Open in TelegramInstagramga har kunlik portfel strukturasini yuklab boraman, shuning uchun obuna bo’lib qo’ysangiz bo’ladi.
Open in TelegramInstagram va YouTube sahifalarga yangi video joyladim! Layk, repost va izohlar orqali qo‘llab-quvvatlasangiz, xursand bo‘laman. Kontent uchun juda ko‘p qiziqarli va foydali g‘oyalar bor. Ularni amalga oshirish uchun esa sizlarning faolligingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz kerak. Bu menga kontentga ko‘proq vaqt va resurs ajratish imkonini beradi. #kontent @Investds_uz
Open in TelegramPortfelimga yana bir oz o‘zgartirish kiritdim. Daykonda bir jihatni avvaliga hisobga olmagan ekanman. Aksiyalar narxi volatil bo‘lgani sababli portfeldagi har bir pozitsiyaning ulushi ham narx o‘zgarishiga qarab har kuni o‘zgarib turadi. Ya’ni, portfel tarkibidagi foizli ulushlar statik emas, dinamik ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu sababli, hammaga tushunarliroq va taqqoslash uchun qulayroq bo‘lishi maqsadida, portfel ulushlarini Daykonda portfelni yaratgan kunimdan bir kun oldingi narxlar va o‘sha paytdagi ulushlar asosida qayta hisoblayapman. Kelgusida esa bu ulushlarning dinamikasini har kuni yoki haftada bir marta sizlar bilan bo’lishib borishni rejalashtiryapman. Bunda o‘zgarishlar aksiya narxining o‘zgarishi hisobiga yuz berganmi yoki men tomondan aksiya sotib olish yoki sotish natijasidami — alohida izoh berib boraman. #portfel @Investds_uz
Open in TelegramKo‘pchilik mening investitsion portfelim qanday shakllangani bilan qiziqar edi. Endi uning tarkibi va sohalar bo‘yicha strukturasini Daykon ilovasining «Portfel → Hamjamiyat» Davronbek Sharafiddinov bo‘limida ko‘rishingiz mumkin! #daykon #portfel @Investds_uz
Open in TelegramDaykon ilovasida menga obuna bo‘lib qo’yishingiz mumkin. Tez orada sizlar uchun juda qiziqarli ma’lumot e’lon qilaman! #daykon @Investds_uz
Open in Telegram📊 Kompaniyaning sof foydasi oshdi. Hisobotdagi yana qanday o‘zgarishlar bor? So‘nggi bir necha yildagi natijalar qanday? O‘zbekiston fond bozorini kuzatib boruvchilar uchun DaykonInvest ilovasi mavjud! Unda kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari, asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va ayrim hisobotlar bo‘yicha AI tahlillari jamlangan. Eng muhimi, birlamchi manbalarga havolalar ham mavjud. Bu esa tahlil xulosalarini kompaniyaning rasmiy hisobotlaridagi raqamlar bilan solishtirish imkonini beradi. 📈 Ilovaning yana bir qiziqarli jihati — ochiq portfellar. Ularda portfel tarkibi va daromadliligini ko‘rish mumkin. Muallifning biror aksiya haqidagi fikrini o‘qiyotganda, uning o‘z ochiq portfeliga qaysi aksiyalarni kiritganini ham ko‘rish foydali. Mualliflarga obuna bo‘lish, ularning maqolalarini muhokama qilish va o‘z investitsion g‘oyalaringiz bilan bo‘lishish mumkin. Shuningdek, ilovada o‘z portfelingizni ham yuritishingiz, amalga oshirgan bitimlaringizni kiritib, investitsiyalaringiz natijasini kuzatib borishingiz mumkin. Portfelingizda anchadan beri saqlab kelayotgan yoki sotib olishni ko‘rib chiqayotgan aksiyangiz bormi? Kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganing, tahlillar bilan tanishing va o‘z fikringizni boshqa investorlarning qarashlari bilan solishtiring. DaykonInvest’ni oching va o‘zingizni qiziqtirgan aksiyadan boshlang 👇 @DaykonUz_bot
Open in Telegram