#diqqat
📢 2027-yil uçun qöşimça kvota ajratiladimi? Qayta taqsimot böladimi?
Sönggi kunlarda talabgorlar va ilmiy taşkilotlardan aynan şu savol köp kelmoqda. Keling, vaziyatni raqamlar va qonunçilik asosida tuşuntiramiz.
📊 Sönggi uç yillik körsatkiçlar:
2025-yil: 5 250 ta kvota — 7 331 ta ariza.
2026-yil: 5 300 ta kvota — 10 494 ta ariza.
2027-yil: 4 840 ta kvota — 11 883 ta ariza.
Körib turibsiz, uç yil içida arizalar soni 62 foizga oşgan, kvotalar esa 410 taga kamaygan. 2027-yilda bitta öringa örtaça 2,46 ta ariza töğri kelmoqda. Bundan taşqari, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlar uçun stipendiya miqdori 1,7 baravar oşirilmoqda.
Endi qayta taqsimot masalasiga kelaylik. Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori 14-bandiga köra:
🔹 Taşkilotlar ortib qolgan kvotalar haqida 5-dekabrgaça Agentlikka ma’lumot kiritadi.
🔹 Agentlik mavjud böş örinlarni taşkilotlarning ehtiyojidan kelib çiqib 10-dekabrgaça qayta taqsimlaydi.
Oddiy misol, bir taşkilotga 5 ta örin ajratilgan, ammo talabgorlar natijasiga köra 3 tasi tölgan bölsa, qolgan 2 ta örin qayta taqsimot uçun manba bölişi mumkin.
Ya’ni qayta taqsimot — yangi kvota ajratiş emas, mavjud böş örinlarni qayta taqsimlaşdir. Bu yil kvotalar qisqargani, talabgorlar soni esa sezilarli oşganini hisobga olsak, qayta taqsimot uçun böş örinlar kam qolişi mumkin.
Şuning uçun qayta taqsimot bölişiga işonib yurmang! Bu yil qayta taqsimot umuman bölmasligi ehtimolini ham jiddiy hisobga oling. Albatta, yakuniy holat taşkilotlarning 5-dekabrgaça taqdim etadigan ma’lumotlaridan keyin aniq böladi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube