Account

Posts of Ilm duri

newest first

#4153Text

🌷ABDULAZIZ AD-DEHLAVIYNING OTASI    ​Otasi hindistonlik olim Shoh Valiulloh ad-Dehlaviy bo‘ladi. Otasining hindistonlik musulmonlar orasidagi yuksak mavqei sababli yaxshi ta’lim oldi.    ​Tengdoshlari hali yaxshi gapira olmagan paytda Qur’oni karimni yod oldi va tajvid hamda qiroat ilmlarini o‘zlashtirdi. 11 yoshga kirganida otasi tomonidan vazifalangan ikki mudarrisning huzurida dars ola boshladi.    ​«Qutubi sitta», «Muvatto», «Mishkot ul-masobih», «Shamoili Muhammadiya» kabi asarlarni otasi yoki otasining huzurida o‘qilganida tingladi. Keyin otadan bu kitoblarning rivoyati uchun ijoza oldi.    ​Hali 16 yoshda bo‘lgan vaqtida tafsir, hadis, fiqh, usul, aqoid, kalom, mantiq, matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya kabi fanlardan ilmi ​bilan atrofidagilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib ulurgandi.    ​Afsuski, yangi dunyo tuzumidagi ahli ilmlar, odatda, birgina sohada mutaxassis bo‘lish bilan chegaralanib qolmoqda. Bir tabibni tasavvur qiling, ayni vaqtda, faqih bo‘lsin. Bir astronomni tasavvur qiling, ayni vaqtda, muhaddis ham bo‘lsin. Bir matematikni tasavvur qiling, ayni vaqtda, mufassir bo‘lsin. Imkonsizdek tuyulishi mumkin. Ammo bizning ilmiy tariximiz har doim shunday bo‘lgan.    ​Doktor Solih Salmon ustozni tinglaganlar hayron qoladi. G‘ayridinlarni qo‘yib turaylik, musulmonlar ham umrida ilk bor bunday insonlarni ko‘rgandek hayratdan yoqa ushlamoqda. Ustozni tanitishda shu jumlalar ishlatiladi: ham jarroh-shifokor, ham qori, ham kurashchi, ham sallali va soqolli... Alloh undan rozi bo‘lsin. Musulmonlarning bu qadar hayron qolishi meni ajablantiradi. Biz islom ilmlari bilan boshqa ilmlarning orasini qachon bu qadar uzoqlashtirib yubordik? Qachondan boshlab bu qadar ortda qolib ketdik?    ​Biz ilmiy an’analarimizni, qadriyatlarimizni ortgа qaytarmasak, Andalusdagi ilmiy taraqqiyot sur’atiga tezroq qaytmasak, yanada ko‘proq narsa yo‘qotamiz, yanada orqaroqda qolib ketamiz.    Islom olamining ilmda ortda qolishining eng ​katta sababi Yevropaning ta’sirida ilmni ikkiga bo‘lish, din ilmlari va fan ilmlariga ajratilishi bo‘ldi. Aslida, butun ilmlar Allohning ilmi edi. Biz butun ilmlarni yaxshilik yo‘lida ishlatsak, yaxshilik, yomonlik yo‘lida ishlatsak, yomonlik qilgan bo‘lamiz. Yangi bir dorini kashf qilib, insonlarning salomatligini qo‘riqlashimiz ham, ularning o‘limiga sabab bo‘lishimiz ham mumkin.    ​Dinni psixologiya, sotsiologiya, tarix, tibbiyotdan qanday qilib ajratish mumkin? Buning iloji bormi? «Din» so‘zining ma’nosi yashash degani. Yashashda din ham, ilm ham bir-biridan ayrilmaydi.    ​Qanchonki biz madrasalarimizdan astronomiya, fizika, biologiya, tib ilmini olib tashlagan bo‘lsak, o‘sha kundan boshlab yuzimiz kulmadi. Ilim va irfonni boshimizga ko‘targan vaqtimizda boshlarda toj bo‘lgandik. Ilm va irfondan uzoqlashgan vaqtimizda esa oyoqlar ostida qoldik.    ​Musulmonlarning oyoqqa turishi va yuksalishini, yana boshga toj bo‘lishini xohlasak, diniy va dunyoviy fan deb ajratmasdan ilmga sho‘ng‘ishimiz kerak. Ana o‘shanda Rabbimiz islom olamiga yana tojdagi gavhar bo‘lishni nasib etadi.    ​Shunday bo‘lishi mumkinmi demang. Shu kunlarda dunyoning eng kuchli davlati sifatida tan olingan Amerikaning 200 yillik tarixi bor, xolos. Bu diyor​ning biz kabi 3000 yillik tajribasi, madaniyati yo‘q. Islom madaniyatini ilm bilan bezasak, ular 200 yilda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatni tezda o‘zlashtirib, ulardan ham o‘zib ketishimiz mumkin. Ular ko‘rmaydigan Allohning nusrati doim biz bilan birga bo‘ladi. Biz o‘z zimmamizga yuklatilgan mas’uliyatni his qilsak bo‘lgani. 📖 Murod To'sin: "Olim tarbiyalagan otalar" kitobidan 📚 @ilm_duri

Open in Telegram
Views1,980−44%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#4148Text

🔽"Olim tarbiyalagan otalar" kitobidan: Olimlar uchun rihla eng muhim ishlardan biridir. Ilm olish uchun safarga chiqish ilmiy an’analarimiz shiorlaridan hisoblanadi. Bizga yetib kelgan hadislarning ortida kuchli g‘ayrat va mehnatlar bor. ​Bir safar ja’fariy mazhabida ekanligini aytgan bir odam bizning suhbatimizda qatnashdi va imom Buxoriyga tuhmatlar qilib, biz bilan o‘tirganlarning xayolini chalg‘ita boshladi. Men ham, o‘z navbatida, imom Buxoriyning ilmiy safarlari haqida aytib berdim. Tinglovchilardan hech birining yuzida hayronlik alomatini ko‘rmadim. Balki, bu satrlarni o‘qigan vaqtingizda siz ham hayron bo‘lmassiz. Chunki ilmiy safar deganda biz avtobus va samolyotlar bilan qilingan sayohatlarni tushunamiz. O‘sha davrlarda bu masofalar piyoda yoki otda bosib o‘tilardi. Hech erinishmasdi. Chunki Alloh va Rasulining sevgisi bor edi ularning qalbida. Ba’zilarimiz devorga osilgan taqvimlar sahifalaridan o‘rgangan hadislar mana shunday yo‘llarni bosib o‘tish natijasida bizgacha yetib kelgan. ​Bu sayohat haqida gapirib berganimdan keyin bizni tinglab o‘tirganlar hayratga tushganlarini ko‘rdim. Ja’fariy ekanligini aytgan odam «hadis​larning ishonchli emasligi» haqida bir kitobcha tayyorlagan ekan, uni menga uzatdi. Men unga qarab: «Siz mana shu kitobchadagi bir dona hadis uchun biror viloyatga safar qildingizmi?» – deb so‘radim. «Yo‘q», – deb javob qaytardi. «Unday bo‘lsa, biror-bir shaharga safar qildingizmi?» Yana: «Yo‘q», – dedi. Keyin: «Siz qaysi jur’at bilan imom Buxoriyni tanqid qilmoqdasiz? Bir oz odobli bo‘ling. Tanqid qilishdan oldin tanqid qilmoqchi bo‘lgan odamingizga bir nazar tashlang. Menga bergan shu kitobchangizda ham qaysi ma’lumotni qayerdan olganingiz haqida izoh yozishga erinibsiz. Ammo har bir hadisni to Rasulullohgacha sanad bilan yetkazib borgan olimga ta’na toshini otmoqdasiz. Allohdan qo‘rqing», – dedim. ​Kim muhaddislarga tosh otayotgan bo‘lsa, unga ushbu xaritani ko‘rsating. Toki bu ilm bizga qanday mashaqqatlar evaziga yetib kelganini ko‘rsinlar. 📚 @ilm_duri

Open in Telegram
Views3,150−11%vs avg
Forwards—
Reactions20
Comments—
#4144Text
Views4,010+14%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#4139Text
Views4,900+39%vs avg
Forwards—
Reactions51
Comments—
#4136Text
Views5,630+60%vs avg
Forwards—
Reactions29
Comments—