#Xavfsiz_va_soğlom_yurt 🇺🇿 “Qaşqadaryo tajribasi” asosida amaliy seminar taşkil etildi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi «“Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida Qaşqadaryo viloyatida “Qaşqadaryo tajribasi” asosida amaliy seminar taşkil etildi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar içki işlar boşqarmalari boşliqlarining örinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boşliqlari iştirok etmoqda. Seminar doirasida iştirokçilarga “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxtlar, şuningdek, buta köçatlarini ekişning ilğor va innovatsion usullari asosida taşkil etilgan bir qator namunaviy manzillar viloyat IIB mas’ullari va mutaxassislari tomonidan amaliy tarzda taniştirilmoqda. Dastlab, mehmonlar viloyat Içki işlar boşqarmasi boşliği, polkovnik Abduvoxid Ismoilov hamrohligida yangidan qurilib, foydalanişga topşirilgan Tezkor boşqaruv markazi faoliyati bilan tanişdilar. Xususan, Kiberxavfsizlik boşqarmasida yaratilgan zamonaviy şaroitlar, texnik imkoniyatlar va faoliyat yönalişlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, kiberjinoyatlarning oldini oliş, internet orqali sodir etilayotgan firibgarliklarga qarşi kuraşiş, raqamli xavfsizlikni ta’minlaş, jinoyatlarni aniqlaş va foş etişda axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş borasida amalga oşirilayotgan işlar taqdim etildi. Şundan söng iştirokçilar 112 qisqa raqami orqali kelib tuşayotgan murojaatlarni qabul qiliş, qayta işlaş va tegişli xizmatlarga tezkor yönaltiriş tizimi hamda uning yangi imkoniyatlari bilan tanişdilar. Markaz faoliyati davomida vaziyatni baholaş, mas’ul xizmatlar işini muvofiqlaştiriş, hodisa joyiga zarur kuç va vositalarni tezkor yönaltiriş, yuzaga kelgan holatlarga qisqa muddatlarda munosabat bildiriş hamda murojaatlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlaş imkoniyatlari namoyiş etildi. Şuningdek, Kuç va vositalarni boşqariş guruhi zalida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida işlovçi “Qalqon” axborot tizimining imkoniyatlari, server qurilmasining faoliyati, viloyat hududida örnatilgan intellektual videokuzatuv kameralari orqali kelib tuşayotgan ma’lumotlarni qayta işlaş jarayonlari haqida ma’lumot berildi. Mazkur tizim orqali hududlardagi vaziyatni doimiy kuzatib boriş, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oliş, sodir bölgan hodisalarga tezkor munosabat bildiriş hamda jamoat xavfsizligini ta’minlaş borasidagi imkoniyatlar amaliy körgazmalar orqali namoyiş etildi. Hududlardagi örganişlar va amaliy seminar öz işini davom ettirmoqda. 📲Telegram|📹YouTube|🖥Instagram|💻Facebook| Youtube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 545 |
| 3 h | 825 |
- After 1 hour545
- Total to date825