Account

Posts of IHMA Farğona viloyati

newest first

#11298Photo

Fargʻona viloyatida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” global kampaniyasiga start berildi 👥 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faollik” global kampaniyasi boshlanishi munosabati bilan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 👮‍♂️ Unda boshqarma boshligʻi Saidfarrux Islomov, viloyat hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlanova, viloyat prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, tuman-shahar studiyalaridan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 🎙 Yig'ilishda so'z olganlar, joriy yilning 11 oyi davomida Fargʻona viloyatida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan hamda tazyiq va zoʻravonlik xavfi ostida boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmagan farzandlarining xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumotlar berishdi. 💻 Ta'kidlandiki, hisobot davrida VIO.IHMA.UZ platformasining malumotlariga asosan, viloyat boʻyicha jami 15 274 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirilgan boʻlib, ulardan 3 310 nafari ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan. 🧮 Murojaatlarning har birini individual tartibda oʻrganish, xotin-qizlarning ijtimoiy-psixologik holatini baholash hamda ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib manzilli yordam koʻrsatish maqsadida hududlardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan 8 903 nafar xotin-qiz bilan soʻrovnomalar oʻtkazilgan. Soʻrovnoma natijalari asosida 6 760 nafar xotin-qiz kunduzgi qatnov asosida psixologik, huquqiy va boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan. 💚 Shuningdek, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, tazyiq va zoʻravonlik xavfi yuqori boʻlgan 571 nafar xotin-qiz hamda ularning 302 nafar voyaga yetmagan farzandi birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirildi. Ushbu xonalarda ular uchun xavfsiz muhit yaratilib, zarur ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam koʻrsatilishi taʼminlangan. 👫 Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga yanada koʻproq ehtiyojmand boʻlgan 60 nafar xotin-qiz hamda ularning 101 nafar farzandi Fargʻona viloyati Xotin-qizlar va bolalarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markaziga joylashtirilgan. Markazda ularning xavfsizligini taʼminlash, ruhiy holatini tiklash, jamiyatga qayta moslashuvini qoʻllab-quvvatlash hamda zarur reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish choralari koʻrilgan. 😮 Yigʻilishda zoʻravonlikning oldini olishda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, jabrlanganlarga tezkor huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish hamda mahallalarda keng qamrovli targʻibot ishlarini tashkil etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi. 🟢 IHMA Farğona viloyati boşqarmasi Axborot xizmati.

Open in Telegram
Views412−58%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#11294Video
Views654−34%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#11293Video
Views1,030+4%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#11286Photo

Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m moddiy yordam: kimlar qamrab olinmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-oktabrdagi PF–236-son Farmoniga muvofiq, noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda. Mazkur yordam quyidagi toifadagi oilalar va fuqarolarga berilmoqda: ✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga; ✅ Reyestrga kiritilmagan, biroq uning mezonlariga mos keladigan, oilaning o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki barobaridan oshmaydigan va “mahalla yettiligi” xulosasi asosida ehtiyojmand deb topilgan oilalarga; ✅ O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan fuqarolarga; ✅ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga. 🖋 Ayni paytda ushbu yordam va kompensatsiyalar bo‘yicha qariyb 1 millionta ariza kelib tushgan. Andijon shahrida ham ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish hamda kompensatsiya va imtiyozlardan foydalanish tartibini tushuntirish ishlari davom etmoqda. Xususan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga 1 million so‘mlik moddiy yordam ajratilganligi to‘g‘risidagi maxsus konvertlar, shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir va suyultirilgan gaz uchun kompensatsiyalarni olish tartibi haqida ma’lumot beruvchi axborot flayerlari tarqatilib, tegishli tushuntirishlar berilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar ehtiyojmand oilalarning kuz-qish mavsumidagi xarajatlarini yengillashtirish, ijtimoiy yordamning manzilli va samarali yetib borishini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumot uchun: Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralari kengaytirilib, yordam yo‘nalishlari 6 taga yetkazildi. Bular — 1 million so‘mlik bir martalik moddiy yordam, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya, gazsiz xonadonlar uchun 350 kVt·soatlik me’yor, ko‘mir va suyultirilgan gaz uchun yordam, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ko‘maklashish hamda uylarni “yashil” ta’mirlash tadbirlaridir. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Open in Telegram
Views1,190+20%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#11279Photo
Views1,170+18%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#11278Photo
Views861−13%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#11277Photo
Views1,420+44%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—