Turmush o'rtog'ingiz «hech narsa, shunchaki charchadim» desa, ko'pincha gap charchoqda bo'lmaydi: u aytolmagan narsasini siz o'zingiz sezishingizni kutib turgan bo'ladi. Shunda uni so'roqqa tutmang. Yoniga o'tiring, bir piyola choy quyib bering, gap o'zi chiqadi.
Open in TelegramPosts of ibratli vaqt
Ko'pchiligimiz «yo'q» deya olmasligimizni yumshoqlik deb o'ylaymiz. Aslida bu — kimgadir kerak bo'lmay qolishdan qo'rqish. Bu qo'rquv qayerdan keladi, kamtarlik bilan xorlikning farqi nimada, do'stga va yaqinlarga qanday qilib odob bilan «yo'q» deyiladi — 14 daqiqalik to'liq videoda, 6 ta pog'onasi bilan. 👇 Ko'rish uchun pastdagi havolani bosing.
Open in TelegramHech kimga aytolmagan orzuingizni Unga bemalol ayting: U buni siz og'iz ochmasingizdan oldin ham bilardi. Faqat oxirida «O'zing rozi bo'ladigan tarzda» deyishni unutmang. Shunda yopilgan eshik ham sizga yaxshilik bo'lib qaytadi.
Open in TelegramO'tgan oyning biror seshanbasini eslay olmaysiz, lekin bolaligingizda velosipeddan birinchi marta yiqilgan kuningiz hali ham ko'z oldingizda. Umringiz yillar soniga qarab emas, eslab qolgan kunlaringizga qarab uzun bo'ladi, shuning uchun bu hafta ataylab shunday bitta kun qiling. @ibratlivaqt
Open in TelegramJuftingizning kamchiligini dugonangizga, onangizga, do'stingizga aytish oson, uni Allohga aytib «o'zing isloh qil» deyish esa kamdan-kamga nasib qiladi. Bugun kechqurun u uxlab yotganida shu duoni pichirlab ko'ring, ertalab unga boshqacha ko'z bilan qaraganingizni o'zingiz sezasiz.
Open in TelegramYuz kishini o‘ldirgan odamga ham eshik yopilmagan ekan, «mening gunohim juda katta» degan bahona endi o‘tmaydi. U yo‘lning oxiriga yetib bormadi ham — uni qutqargan narsa yetib borgani emas, yo‘lga chiqqani edi. To‘liq video — YouTube kanalimizda (havola profilda)
Open in TelegramOylik tushadi, katta xarajat ham qilmaysiz, lekin oy oxirida pul qayerga ketganini bilmay qolasiz. Gap pulning ozligida emas — to'liq videoni ko'ring, ayniqsa yuz kishining qotili haqidagi hikoyani oxirigacha.
Open in TelegramBu belgilarni to'ydan keyin emas, to'ydan oldin qidiring. To’ydan keyin bilsangiz, endi u xatolarni tuzatishga harakat qiling @ibratlivaqt
Open in TelegramNatija - bir xil va zerikarli ishni muntazam qilish ortida yashiringan! @ibratlivaqt
Open in TelegramInson giriftor bo'ladigan eng yomon balo ne'matga o'rganib qolib, uni ne'mat sifatida ko'rmasligidir... @ibratlivaqt
Open in TelegramMinnat — sovg'aga keyin yopishtirilgan narx yorlig'i. Berganingni eslab yursang, hali to'liq bermagansan. Eng toza yaxshilik — o'zing ham unutib yuboradiganingdir @ibratlivaqt
Open in TelegramKoʻp gapirganim sari xatoyim ortdi, koʻp sukut saqlaganim sari haybatim. @ibratlivaqt
Open in TelegramBa'zan «yo'q» ham javob bo'ladi. So'raganingiz berilmagan bo'lsa, balki Alloh sizni nimadandir asragandir. Yangi videoda duoyingiz qabul bo'lmayotgandek tuyulganda bugundanoq qilsa bo'ladigan 5 ta oddiy qadam haqida gaplashdik. Har biri hayotiy misol bilan.
Open in TelegramOʻzingni oqlama va tushuntirib oʻtirma, chunki doʻstlaring bunga muhtoj emaslar. Dushmanlaring esa baribir senga ishonmaydilar. @ibratlivaqt
Open in TelegramHayot bu — biz reja qilganimiz emas, balki qadarimizga yozilgani sodir bo‘ladigan maskandir.. @ibratlivaqt
Open in TelegramSidq Admin — 24/7 uxlamaydigan admin Mijozlaringiz kechasi ham yozadi. Biz o'z biznesimizda hisoblab ko'rdik: murojaatlarning 44% i kechki 19:00 dan ertalab 09:00 gacha keladi. Javob kelmasa, mijoz boshqa joyga ketadi. Sidq Admin Telegram'da mijozlaringizga 1 daqiqa ichida o'zi javob beradi: narxni aytadi, chekni tekshiradi, muhim holatni sizga yuboradi. O'rnatish bepul, dastlabki 15 kun bepul. Biznesingizga mos keladimi, yo'qmi — @sidq_admin ga yozing, o'zi aytib beradi.
Open in TelegramKo'p ota-ona «bolam yig'loqi bo'lib qoldi» deydi. Aslida bola yig'ini o'zi o'ylab topmaydi — uyda nima «ishlashini» kuzatib o'rganadi. Qaysi yig'i — ehtiyoj, qaysi biri — odat? Farqini bilgan ota-ona bolasini ham, o'z asabini ham asraydi. «Farzandimiz nega yig'loqi?» — to'liq video YouTube'da.
Open in TelegramMen «iffatli» qizlarimizning erkak ustozlar va kitob mualliflari bilan suykalib rasmga tushishlarini biroz tushunmadim. Agar ularni iffatli deb atash mumkin bo’lsa… Bir ustozni qanchalik hurmat qilsangiz ham, suhbatlarini qanchalik mazza qilib eshitsangiz ham, unga suykalib rasmga tushishingiz to’g’ri bo’lmaydi. Bu hatto o’zingizning zararingizga ishlaydi. Sizga uylanish niyatida surishtirib yurgan yigit bu holdan xabardor bo’lsa, sizni iffatli deb o’ylamasligi aniq. Eringiz bo’lsa-ku, aniq ko’nglidan qolasiz. Shu sabab ustozlarni hurmat qiling, eshiting, suhbatlariga boring. Lekin ularga suykalib rasmga tushmang. Qolaversa, u ustozning ham oilasi bor. Uning oilasida janjal chiqishiga ham sabab bo’lib qolishingiz mumkin. Biroz hayoli bo’ling. @ibratlivaqt
Open in Telegram