Atiga 3 kun qoldi. Sotuvchilaringizni hozirgidan ko'proq sotishga, e'tirozlar bilan mohirona ishlashga tayyorlaydigan dastur boshlanmoqda. Dasturdan so'ng tadbirkorga qanday foydalar bor: — Mijozlarni yaxshiroq o'rganib, sotuvlarni oshiradi — Mahsulot qiymatini to'liq ochib bera oladi — E'tirozlar bilan mohirona ishlay boshlaydi — Hozirgidan 2 barobar samaraliroq ishlashni boshlaydi Ro'yxatdan o'tish uchun 👇️️️️️️ Havola: https://forms.amo-forms.ru/rztdvlv Tel: +998(91) 785-05-77
Open in TelegramPosts of Ibrahim Gulyamov
"Qarzlardan qutulib bo'lmayapti" Tadbirkorlar bilan suhbatda eng ko'p eshitadigan og'riqlardan biri shu. "Qarzdorlikni yopib bilmayapmiz" deydi. Odamlar qarzdan 3 ta sabab bilan qutula olmaydi: 1. Ertangi kun daromadini bugun sarflash, ya'ni kredit. Sabrsizlik oqibatida kelajakdagi daromad bugun ishlatib yuboriladi. 2. O'z xarajatlariga va moliyaga beparvo bo'lish. Daromadga qarab xarajat qilish madaniyati yo'q. 3. Topganidan ko'ra ko'proq xarajat qilish. Bu qashshoqlik formulasi deb ataladi. Meni moliyaviy qiyinchilikdan olib chiqqan formula ham 3 ta qoidadan iborat: 1. Hech qachon va hech kimdan qaytib qarz olmaslik. Insonlarga suyanishni bas qilib, Yaratganga va o'z qobiliyatingizga tayaning. 2. Doimiy zaxira kapitalini shakllantirish. "Har doim yonimda zaxira pulim bo'ladi" deb o'zingizga so'z bering. 3. Pul topish, saqlash va ko'paytirish ilmini puxta egallash. @IbrahimGulyamov
Open in Telegram"Biznes puli va uy puli aralashib ketgan. Ajrata olmayapman" So'rovnomada bu gapni ko'p tadbirkor yozgan. Kassaga tushgan pul uy xarajatlariga ham sarflanib ketaveradi. Sababi bitta fikr: "Biznes meniki, demak, hamma pul meniki." Biznes pulini shaxsiy xarajatlarga ishlatish - eng qimmat xatolardan biri. To'g'ri yo'l - biznes va shaxsiy pullarni ajratish. Biznes egasi bo'lsangiz, sof foydadan olingan dividend shaxsiy daromadingizga aylanadi. Shaxsiy moliyangizni mana shu daromad doirasida boshqarasiz. Pul oqimini ham oldindan rejalashtiring. Daromad, xarajat va foyda qayerdan kelayotgani aniq yozilgan bo'lsin. @IbrahimGulyamov
Open in Telegram"Tez Natija 7" dasturida natijalar qanday? Videoni oxiricha ko‘ring, tadbirkorlarning izohlaridan bilib olasiz. @IbrahimGulyamov
Open in TelegramTadbirkor va sotuvchilar uchun mo'ljallangan "Sotuv Menejeri" kursi boshlanishiga 5 kun qoldi. Toshkent shahrida 1 oylik oflayn darsda sotuvchilaringizni o'qitib quyidagilarga erishasiz: — Mijozlarni yaxshiroq o'rganib, sotuvlarni oshiradi — Mahsulot qiymatini to'liq ochib bera oladi — E'tirozlar bilan mohirona ishlay boshlaydi — Hozirgidan 2 barobar samaraliroq ishlashni boshlaydi Murojaat uchun 👇️️️️️️ @PCG_Nozima +998(91) 785-05-77
Open in Telegram"Ilm kamlik qilyapti" Tadbirkorlar shunday yozishadi. Ba'zilari: "Men hech qayerda o'qimaganman, faqat hisob-kitobga yaxshi bo'lganim uchun ishlab ketyapman." Tadbirkorni bankrotlikka olib keladigan xatolardan biri — o'z ustida ishlashni to'xtatish. "Men hammasini bilaman" degan odam yangi bilim ham, maslahat ham olmaydi. Hamma kitobni o'qishingiz shart emas. Avval qaysi yo'nalishni rivojlantirmoqchi ekaningizni aniqlang. So'ng faqat shu yo'nalish bo'yicha o'qing: — Marketingni kuchaytirmoqchi bo'lsangiz, Filip Kotler kitoblarini o'qing. — Sotuvni o'stirmoqchi bo'lsangiz, "SPIN sotuv" kitobini oling. — Raqobatda qiynalayotgan bo'lsangiz, Jek Traut kitoblarini o'qing. — Biznesni endi boshlayotgan bo'lsangiz, Robert Kiyosakini o'qing. Shuningdek, "Bobil shahrining eng boy kishisi" kitobini tavsiya qilaman. Ilm odatga aylanishi uchun esa muhit kerak. Faqat irodaga suyanib yangi odat shakllantirish juda qiyin. O'smaydigan, "menga yetadi" deydigan odamlar orasida siz ham to'xtab qolasiz. O'zingiz xohlagan fazilatlarga ega insonlar davrasiga qo'shiling. Siz bu kitoblardan qaysilarini o'qigansiz? @IbrahimGulyamov
Open in Telegram"Tortinchoqlik qilib reklama qilmaymiz. Faqat tanishlar orqali ish olamiz" So'rovnomamizda bir tadbirkor shunday yozgan. "Reklama umuman yo'q" deganlar ham ko'p. Ko'pchilikning fikri: mahsulot zo'r bo'lsa, reklama shart emas. Bog'bon olmani o'zi ekadi va o'zi parvarish qiladi. Pishganda yig'ib qopga soladi va loy holida bozorga olib boradi. Mevasi tabiiy, toza va mazali. Lekin mehnatiga yarasha narxga sotilmaydi. Boshqa odam shu olmani qopi bilan sotib oladi. Yuvadi, to'g'raydi, chiroyli qadoqlaydi va ancha qimmat narxda sotadi. Olma bir xil, farq faqat taqdimotda. Bu biznes upakovkasi deyiladi. Upakovka faqat quti yoki yorliq emas. Reklamadan tortib xodimlarning muomalasigacha barchasi upakovkaga kiradi. Upakovkaning asosiy elementlari: 1. Jamoangiz tajribasi va yutuqlarini mijozlarga ochiq ko'rsating. 2. Quruq gaplar o'rniga raqamlar tilida gapiring: nechta mijozingiz bor, necha yillik tajribangiz bor. 3. Rad etib bo'lmaydigan kuchli va foydali taklif bering. Faqat bitta shart bor: tashqi ko'rinish mahsulotning haqiqiy sifatiga mos kelishi kerak. Chunki sifatsiz narsani chiroyli ko'rsatish mijoz ishonchini bir umrga yo'qotadi. Siz qaysi birisiz: zo'r mahsulotni yomon taqdim qiladigan bog'bonmi yoki zo'r narsani zo'r taqdim qiladigan odammi? @IbrahimGulyamov
Open in TelegramKo'proq foyda topishning fundamental qoidalari. *kouchingdan insayd @IbrahimGulyamov
Open in Telegram"Yaxshi ishchi topish qiyin bo'lyapti" Ko'p tadbirkorlar shunday deydi. Kadr kerak bo'lsa, avval tanishiga qo'ng'iroq qiladi. "O'zimizniki, ishonchli" deb ishni tez hal qiladi. Boshida hammasi yaxshi ko'rinadi. Keyin erkalik, ichki nizolar va kechikishlar boshlanadi. Bunday kadrni bo'shatish ham qiyin. Chunki bu endi ish masalasi emas, munosabat masalasiga aylanadi. Yana bir xato — tejash maqsadida arzon, tajribasiz xodim olish. Uning xatolari sabab ishlar qayta bajariladi, vaqt va pul behuda ketadi. Arzon xodim aslida eng qimmat xodim. Kuchli mutaxassis tasodifan kelmaydi. U aniq vazifa, aniq talab va aniq saralash bor joyga keladi. 1. Har bir lavozim uchun yozing: xodim nima qiladi, qaysi natija uchun javob beradi va u qanday o'lchanadi. 2. Saralashni 3 bosqichda qiling: suhbat, kichik test vazifa va sinov muddati. 3. "Falon joyda ishlagan" degan gapga ishonmang. Rostdan ishlaganmi, natijalari qanday, qanday holatda ketgan — tekshiring. @IbrahimGulyamov
Open in Telegram2-hafta darslarimiz allaqachon boshlangan. Tadbirkorlarimiz o‘tgan haftada olgan instrumentlarini qo‘llab, qanday natija olganlari haqida ham so‘rab ulgurdik. Darslar qanday muhitda o‘tayotgani videodan bilsangiz bo‘ladi! @IbrahimGulyamov
Open in TelegramSurxondaryo, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent, Qirg‘iziston ahli tadbirkorlari! 3 kunlik intensiv dasturimizning 7 ta mavsumi yakunlanib, 8-mavsumga start berildi. Bu safar qo'shni davlat Qirg'izistonga ham boramiz, chunki u yerda ham o'zbek tadbirkorlari bor va ular ham ushbu dasturdan foyda olishadi: • Biznes egasi sifatida strategik fikrlash, dunyoqarashini kengaytirish; • Sotuvlarni qanday qilib tizimli oshirish; • Muammoli xodimlar bilan qanday to‘g‘ri ishlash; • Marketing strategiyasi; • Hamda, biznes va shaxsiy moliyani to‘g‘ri boshqarishni o‘rganasiz. O'z hududingizda 100 dan ortiq tadbirkorlar bilan netvorking qilib ham bilim olishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting! Havola: https://forms.amo-forms.ru/rzwxxmc
Open in Telegram“O’ylab ko’raman” degan mijoz o’ylamaydi. U sizning sotuvchingizdan qutulyapti. Siz reklamaga pul to’laysiz. Mijoz qo’ng’iroq qiladi. Sotuvchingiz telefonni ko’taradi. Narx aytiladi. Mijoz “o’ylab ko’raman” deydi. Sotuvchi “xo’p bo’ladi” deb qo’ygan joyda pulingiz yo’qoladi. Siz buni sotuvchining xarakteri deb o’ylaysiz. Aslida unga hech kim e’tirozga javob berishni o’rgatmagan. Yangi odam olish yechim emas. Yangi odam ham xuddi shu joyda to’xtaydi. Agar siz sotuvchilaringizni 1 oylik oflayn kursda o'qitsangiz, quyidagilarga erishasiz: 1. Sotuvchilaringiz kelib ketishga emas, sotish uchun ishlaydi. 2. Kam sotayotgan sotuvchilaringiz ham ko'proq sotishni boshlaydi. 3. Reklamaga sarflangan xarajatlar bir taraflama o‘zini oqlaydi. 4. E’tirozlar bilan mohirona ishlab savdoni kamida 2 baravarga oshirishni o‘rganishadi Batafsil ma'lumot olish uchun pastdagi havola orqali ro'yxatdan o'ting 👇️️️️️️ Havola: https://forms.amo-forms.ru/rztdvlv
Open in Telegram"Xodimlar mas'uliyatsiz, o'zimning vaqtim yetmayapti" Tadbirkorlardan eng ko'p eshitadigan gaplardan biri shu. Ishni topshirasiz — chala qiladi. Oxiri yana o'zingiz qilasiz. Lekin bir narsaga e'tibor bering. "Xodimim bu ishni eplolmaydi, mendek bajara olmaydi" deb hamma ishni o'zi qiladigan rahbar xodimlar mas'uliyatini o'ldiradi. Ishni topshirib, orqasidan o'zingiz nazorat qilsangiz ham xodim mas'uliyatsiz bo'lib boraveradi. Avval xodimlaringizni baholab chiqing: 0.8 xodim topshiriqni chala qiladi. Muammoni hal qilolmaydi, aksincha sizga olib keladi. 1.0 xodim aytganingizni aynan aytilganday bajaradi. Oyligiga yarasha ishlaydi. 1.2 xodim siz aytmagan ishni ham qilib qo'yadi, qo'shimcha takliflar ham beradi. Sinov uchun bitta topshiriq bering. Masalan, 5 ta yangi lokatsiya topishni ayting. 0.8 xodim 2-3 ta variant beradi va "boshqa topolmadim" deydi. 1.2 xodim ko'proq topib, eng yaxshisini tanlab beradi. Bugun har bir xodimingiz yoniga shu raqamlardan bittasini qo'ying. @IbrahimGulyamov
Open in TelegramXodim muammo ko'tarib kelsa, yechim bermang! Sababini videoda aytdim 👆️️️️️️ @IbrahimGulyamov
Open in Telegram"Xalqda pul yo'q, bozor tushgan" Tadbirkorlardan bu gapni tez-tez eshitaman. "Narx-navo oshyapti, xalqda pul yo'q, yana nimadirlar" deyishadi. Pul topish qiyinmi? "Ha" desangiz ham, "yo'q" desangiz ham siz haqsiz. Inson psixologiyasida o'z fikrini o'zi tasdiqlash degan tizim bor. Salbiy fikr salbiy emotsiya uyg'otadi. Emotsiya noto'g'ri qarorga, noto'g'ri qaror esa muvaffaqiyatsiz harakatga olib keladi. Hosil bo'lgan natija esa boshidagi salbiy fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. Adidas va Puma asoschilari biznesni eng og'ir davrda ko'targan. Birinchi Jahon urushidan keyin Germaniya qashshoqlikda edi. Na xomashyo bor edi, na sotib oladigan odam. Lekin ular muammoga emas, imkoniyatga qaradi. Soldat formalari va pokrishkalardan shippaklar tikishdi. Nogironlar uchun ortopedik oyoq kiyimlar chiqarishdi. Mahsulot yoki xizmatingizni ayni davrdagi mijozlarning ehtiyojiga qarab moslang. Boshlang'ich fikrlash tarzini o'zgartirmasdan turib, bu siklni buzib bo'lmaydi. Siz bozorga qanday qarayapsiz: muammo sifatidami yoki imkoniyat sifatidami? @IbrahimGulyamov
Open in TelegramFarg‘onadagi 57 yoshli tadbirkor bilan suhbat qildik. Rivoj 98 asoschisi Muhammadali Mamadaliyev biznes yo‘li haqida eshitib, tadbirkor sifatida o‘zingizga kerakli insaydlarni olasiz. Havola: https://youtu.be/NVuXxolKmx4?si=E7-CJ4GHsqOS9PvH
Open in Telegram