Forwarded from Amaliy San’at Ijodiy Birlaşmasi
📌📌📌📌📌📌 «KELAJAK IJODKORI» RESPUBLIKA TANLOVI BOSHLANDI! 🎨🏺 Amaliy san’at ijodiy birlashmasi yosh hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy amaliy san’at an’analarini davom ettirish maqsadida «Kelajak ijodkori» respublika tanlovini e’lon qiladi! • Kimlar qatnasha oladi? Ariza topshirgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. • Tanlov yo‘nalishlari: Kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qimachiligi, qo‘lda mato to‘qish, kashtachilik, chitgarlik, zardo‘zlik, zargarlik, misgarlik, miniatyura, xattotlik va qog‘ozchilik, badiiy naqqoshlik, pichoqchilik. Ariza topshirish tartibi: Arizalar faqat amaliysanat.uz portali orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Har bir ishtirokchi 1 ta ariza topshiradi va 1 ta yo‘nalishda qatnashadi. Faqat ishtirokchining shaxsan o‘zi yaratgan asari qabul qilinadi. Arizaga nimalar ilova qilinadi? Asarning 2 tadan 5 tagacha surati (majburiy); Asar nomi, materiali, ijro texnikasi va g‘oyasi haqida ma’lumot; Yaratish jarayoni aks etgan foto yoki video (ixtiyoriy). Bosqichlar va muddatlar: I bosqich (tuman va viloyat): arizalar 2026-yil 18-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Natijalar 23-dekabrda e’lon qilinadi. II bosqich (respublika): saralangan ishtirokchilar yangi mavzu bo‘yicha yangi asar tayyorlaydi va 2026-yil 23-dekabrdan 2027-yil 15-yanvargacha yuklaydi. G‘oliblar 2027-yil 20-yanvarda e’lon qilinadi. Taqdirlash: 2027-yil 28–30-yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Baholash: Asarlar hakamlar hay’ati tomonidan 7 ta mezon asosida 100 ballik tizimda baholanadi. Baholash anonim tarzda o‘tkaziladi — hakamlar muallifning ismi va hududini ko‘rmaydi. Mukofot jamg‘armasi — 150 000 000 so‘m: Gran-pri: 50 000 000 so‘m 1-o‘rin: 30 000 000 so‘m 2-o‘rin: 20 000 000 so‘m 3-o‘rin: 10 000 000 so‘m 4 ta maxsus nominatsiya: har biri 10 000 000 so‘m Murojaat uchun: [email protected] Ro‘yxatdan o‘tish: amaliysanat.uz 📌 Facebook 📌Instagram 📌 Telegram
Open in Telegram