Account
Oʻqituvchiga yordam

Oʻqituvchiga yordam

👩‍🏫 Oʻqituvchimisiz? Hamkasblardan birinchi boʻlmoqchimisiz? U holda biz sizga yordam beramiz! Biz barcha oʻqituvchi uchun kerakli boʻlgan ishlarni buyurtma asosida online va sifatli tayyorlab beramiz.

Username
@hujjatuz
Category
Education
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,110
Avg views per post, 7d135last 7 days
ERR12.16%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 7, 2026707
Nov 9, 20261,260
Nov 25, 2026135

Most viewed this month

  1. 01
    Views1.26K
    Forwards—
    Reactions1
    Comments—
  2. 02
    Views747
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  3. 03
    Views667
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—
  4. 04

    ❓ Bir yillik maktabga tayyorlov kurslari qanday taşkil etiladi? Ta’lim va ilm-fan vazirligi bir yillik maktabga tayyorlov kurslari yuzasidan berilgan savollarga javob berdi. Unga köra: ➖ tayyorlov guruhlari boğçalarda va maktablarning böş sinfxonalarida taşkil etiladi. Olis hududlarda boğça va maktab bölmasa, “Kelajak” markazi, texnikum yoki boşqa ijtimoiy soha obyektlarida ham qat’iy talablar asosida guruhlar oçilişi mumkin; ➖ boğçaga qatnayotgan bola tayyorlov maşğulotlarini öşa boğçada ötaydi; ➖ maşğulotlarni oliy ma’lumotli pedagog-tarbiyaçi yoki oliygohning maktabgaça ta’lim yönalişida bitiruvçi kursda öqiyotgan talaba olib boradi; ➖ maktab binosida oçilgan tayyorlov guruhi uçun alohida pedagog işga olinadi. Maktabda işlab turgan öqituvçilar öz darslarini qoldirib, tayyorlov guruhlariga yuborilmaydi. Koeffitsiyenti yuqori maktablarda tayyorlov guruhlari taşkil etilmaydi; ➖ davlat maktablari va boğçalarida tayyorlov maşğulotlari bepul böladi. Xususiy ta’lim taşkilotini tanlaş ota-onalarning ixtiyorida; ➖ barça tayyorlov guruhlarida bir xil dastur asosida ta’lim beriladi. Bolalarga öyin metodikasi orqali dastlabki tuşunçalar singdiriladi, öqiş va yoziş könikmalari şakllantiriladi. ℹ️ Hozirda 6 yoşli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov bilan qamrab olingan, 7 yil oldin bu körsatkiç 37 foiz edi. Vazirlik endilikda asosiy e’tibor ta’lim sifati va pedagoglar malakasiga qaratilişini ma’lum qildi. Qamrovni 100 foizga yetkaziş uçun taxminan 800 ta guruh va 20 mingga yaqin qöşimça örin yaratişga ehtiyoj yuzaga keladi. Bu xarajatlar 2027-yilgi byudjetda nazarda tutiladi. Ta’lim dasturlari bosqiçma-bosqiç xalqaro talablarga moslaştirib boriladi. Dastur xalqaro akkreditatsiyadan (ISCED-1 darajasi) ötganidan söng Foundation öqişga zarurat qolmaydi. ✍ @hujjatuz

    Text
    Views135
    Forwards—
    Reactions—
    Comments—

Latest posts

#8796Text

Open in Telegram
Views135−81%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#8793Photo
Views1,260+79%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#8789Text

💰 To'garak rahbari bo'lish — faqat band bo'lish uchunmi? Ko'pchilik boshqacha o'ylaydi: "To'garak rahbarligi shunchaki qo'shimcha ish, oyligi kam." Endilikda unday emas. Yangidan tashkil etilgan Kelajak markazlari to'garaklarni yangi darajaga olib chiqishda har tomonlama ko'makchi! Raqamlarni ko'ring 👇 📊 Oylik ish haqi koeffitsientlari: — Oliy toifali: 2,724 — 1-toifali: 2,506 — 2-toifali: 2,297 — Toifasiz (oliy ma'lumot): 2,097 — Toifasiz (o'rta maxsus): 1,907 Bu koeffitsientlar bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ga ko'paytiriladi. 🧮 Misol: BHM = 1 271 000 so'm (taxminiy) 1 guruh = haftada 4 soat = 0,25 stavka — Oliy toifali, 2 guruh (0,5 stavka): 1 271 000 × 2,724 × 0,5 = ~1 731 000 so'm — Oliy toifali, 4 guruh (1 stavka): 1 271 000 × 2,724 × 1,0 = ~3 462 000 so'm — Oliy toifali, 8 guruh (2 stavka — maksimal): 1 271 000 × 2,724 × 2,0 = ~6 924 000 so'm — Toifasiz (oliy), 4 guruh (1 stavka): 1 271 000 × 2,097 × 1,0 = ~2 665 000 so'm ⚙️ Esda tuting: — Haftalik maksimal yuklama: 32 soat (2 stavka) — Har guruhda kamida 10 nafar o'quvchi bo'lishi shart — Guruh to'lmasa ham, o'sha oy uchun to'liq haq to'lanar ekan 🏆 Mukofot pullari — eng qiziq qismi: O'quvchingiz xalqaro tanlovda g'olib bo'lsa: 🥇 1-o'rin — BHMning 20 baravari = ~25 420 000 so'm 🥈 2-o'rin — 15 baravari = ~19 065 000 so'm 🥉 3-o'rin — 12 baravari = ~15 252 000 so'm Respublika tanlovida: 🥇 1-o'rin — 10 baravari = ~12 710 000 so'm 🥈 2-o'rin — 7 baravari = ~8 897 000 so'm 🥉 3-o'rin — 5 baravari = ~6 355 000 so'm ⚠️ Barcha raqamlar taxminiy — rasmiy BHM o'zgarishi mumkin. 💡 Xulosa: Toifangizni oshiring, guruhlaringizni to'ldiring, o'quvchilaringizni tanlovlarga tayyorlang — maktab maslahatchisi yordamida tizim sizni ko'radi. ✍ @hujjatuz

Open in Telegram
Views1,450+106%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#8783Text

MAKTAB MASLAHATCHISINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI ASOSIY VAZIFALARI “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” milliy dasturi mazmunini yoritish • PM bilan hamkorlik • Xalqaro TOP-300 universitetlar • O‘quvchilar qobiliyatiga qarab individual ishlash • PM yordamida MOCK imtihonlarini topshirish ✅ Tarmoq to‘garaklari faoliyatini tizimli tashkil etish • Tarmoq to‘garaklariga yo‘naltirish: • Madaniyat • Robototexnika • San’at • Kitobxonlik • Sport • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-sonli qarorini monitoring qilish • Sport seksiyalari va klublar tashkil etish ✅ O‘quvchilarni tarixiy obidalar, qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish • Tarixiy shaharlarga (Samarqand, Buxoro, Xiva) sayohatlar tashkil etish • Multimedia taqdimotlar, videolar va virtual turlar orqali tarixiy joylarni ko‘rsatish • Buyuk allomalar haqida ma’ruzalar • Milliy taomlar, kiyimlar va marosimlar bilan tanishtirish ✅ “O‘QUVCHILAR KENGASHI” faoliyatini yo‘lga qo‘yish • 6–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida to‘garaklarni targ‘ib qilish • Sinf va maktab saylovlarini o‘tkazish • Kengash a’zolarini klublarga jalb etish • O‘quvchilar Kengashi tarkibini saylov yo‘li bilan shakllantirish ✅ Madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologik yo‘nalishlardagi loyihalar • Kelajak kasblari to‘g‘risida ma’lumot • Kasb ko‘rgazmalarida ishtirok etish • Psixolog orqali kasbga qiziqishini aniqlash • 9-sinf o‘quvchilarining 50 foizini texnikumga yo‘naltirish ✅ Ma’lumotlar bazasini tizimli ravishda shakllantirish va yuritish (IJTIMOIY PORTFOLIO) • To‘garaklarga jalb etilganligi • Xalqaro tanlovlarda ishtiroki • Akademik yutuqlari (Fan olimpiada, IELTS/SAT va milliy sertifikat) • O‘quvchilar kengashiga a’zolik ✅ ASOSIY FUNKSIYALARI • So‘rovnomalar o‘tkazadi • Korxonalarga ekskursiyaga olib borish va kasb egalari bilan uchrashuvlar tashkil etish • O‘quvchilarning kasbga qiziqishiga oid ma’lumotlar asosida ota-onasi bilan muhokama qilish • O‘quvchilarni mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga ko‘maklashadi ✅ “Mening kelajakdagi kasbim” dasturi asosida 7–9-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltiradi • Maktab psixologi bilan birgalikda kasbga qiziqishini aniqlash • Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablardagi maktab maslahatchilari bilan yaqindan hamkorlik qiladi • “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dastur ishtirokchilari uchun sinov (MOCK) imtihonlarini o‘tkazadi ✅ “Turon teatr”, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan”, “Eco-schools Uzbekistan”, “Xorijiy tillar”, “Debat” va “Raqamli avlod qizlari” klublarini tashkil etadi • O‘quvchilarni fan o‘qituvchilariga biriktiradi • “O‘quvchilar kengashi” saylovlarini o‘tkazadi va seminar, treninglar tashkil etadi • “Kelajak” markazining elektron platformasini yuritadi ✅ “O‘quvchilar kengashi” a’zolari, faol o‘quvchilar, to‘garak rahbarlari ishlarini ommalashtiradi hamda tanlov va tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini ta’minlaydi • O‘quvchilarning qo‘shimcha ta’limga jalb etilganligi to‘g‘risidagi “Ijtimoiy portfolio” modulini yuritadi ✅ Bolalarni ta’lim, media, madaniyat, ekologiya, sport, kitobxonlik yo‘nalishlarida tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, ular uchun festival, forum, webinar hamda oromgohlarda ishtirokini ta’minlaydi • Inklyuziv to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi • Festival, tanlov, musobaqa va tadbirlarni ssenariylar ishlab chiqadi hamda tashkil etadi ✅ To‘garak jarayonlarini tahlil qiladi • “Kelajak” soatini muvofiqlashtiradi • Grant loyihalarda ishtirok etadi • “Kelajak” markazining tuman (shahar) markazlariga takliflar kiritadi ✍ @hujjatuz

Open in Telegram
Views4,730+574%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—

All posts

Connections