Account

Posts of hujayra.uz

newest first

#4072Video
Views522−66%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4071Photo
Views1,280−17%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4070Photo
Views1,470−5%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4069Photo

Ilm-fan yöliga kirgandan söng ilmiy tadqiqotçi uçun eng keraklilaridan biri bu öz işini davom ettira oladigan munosib odamning bölişi bölsa kerak. Men juda köp olim va ilmiy tadqiqotçilarni taniyman, hayotlik vaqtida öz sohasida ulkan maktablar yaratişgan, biroq munosib davomçi yöqligi bois ulardan söng maktab yo töxtab qolgan yoki tugagan. Men bu borada özimni ança baxtli ilmiy tadqiqotçilar qatoriga qöşaman. Sababi men boşlagan işlarni mendanda aʼlo darajada davom ettira oladigan izdoşlarim, şogirdlarim bor. Şarofiddin, mening özini-özi kaşf etgan şogirdlarimdan biri. Uning ilk marotaba yonimga kelib "ustoz, sizdan bitiruv malakaviy işi qilmoqçiman" degani hamon yodimda. Işonqiramaygina mayli deb imkon bergandim. Lekin u özining tirişqoqligi, boşlagan işini oxiriga yetkazişi, ilmga öta jiddiy, sidqidildan yondaşişi hamda ixtiologiyaga çeksiz muhabbati bilan meni lol qildi. Bizda "farmidakor" degan söz bor, bu faqat buyurilgan, aytilgan işni qiladiganlarga nisbatan qöllaniladi. Ilm olamida "farmidakor" şogird uzoqqa bormaydi, bora olmaydi. Şarofiddin esa şuning ğirt aksi, ixtiologik tekşiruv va dedektiv suruştiruvlarimizda men söramoqçi bölgan jihatlarni avvaldan köra oladi va falon narsani ham tekşirişimiz kerak desam, u allaqaçon tekşirib bölganini aytib natijalarni körsatadi. Bunday vaqtda şunday şogirdim, izdoşim, davomçim borligidan qalbim ğururga töladi. Şarofiddin, bugungi tuğilgan kuningiz muborak bölsin! Men sizning ixtiologiyaga mendanda köproq va kattaroq mehnatingiz va nafingiz tegişiga işonaman. Oilangiz, yaqinlaringiz va albatta baliqlar baxtiga har doim soğ-omon böling. Alloh sizni ham meni siylagani kabi özingizdek aqli, qalbi, niyati pok va butun şogirdlar bilan siylasin. K. Kessler, L. Berg, M. Kottelat, J. Freyhof, A. Prokofiev kabi ustozlarini öz soyasida qoldirib keta olgan ixtiologlardan bölingki, öşa kunlarni körib, bu mening şogirdim deb faxrlanib yuray. @hujayrauz

Open in Telegram
Views2,900+88%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4068Video
Views2,200+43%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4067Photo
Views2,360+53%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4056Photo

Forwarded from Baliqlar doktori kundaligi

#Ichthyology #new_genus #Central_Asia #American_Museum_Novitates Markaziy Osiyo ixtiofaunasida yangi baliq urug‘i — Tianshanophoxinus tavsiflandi. Bir necha kun oldin nufuzli American Museum Novitates jurnalida e’lon qilingan fundamental tadqiqotda mintaqamizning berk (oqmas) suv havzalarida yashovchi mayda golyan baliqlarining alohida yangi urug‘i — Tianshanophoxinus, gen. nov. fanga ma’lum qilindi. Ilgari bu baliqlar tashqi o‘xshashligi tufayli bir yarim asrdan ortiq vaqt davomida Phoxinus yoki Rhynchocypris urug‘lari tarkibida qaralgan va ularning aniq taksonomik o‘rni noaniq qolib kelayotgan edi. Xalqaro tadqiqotchilar guruhi — O. Artaev, I. Turbanov, M. Levina, N. Mamilov, S. Sharakhmetov, G. Khassengaziyeva, E. Simonov, R. Thoni va B. Levin tomonidan o‘tkazilgan integrativ morfologik hamda molekulyar-genetik (mtDNK va yaDNK) tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ular Yevroosiyoning oddiy golyanlaridan butunlay ajralib turuvchi mustaqil evolyutsion tarmoqni tashkil etadi. Yangi tavsiflangan Tianshanophoxinus urug‘i hozircha kamida uchta turni o‘z ichiga oladi: 1. Tianshanophoxinus poljakowii (Kessler, 1879) — urug‘ning tipik turi bo‘lib, Balxash va Olako‘l havzalarida tarqalgan. 2. Tianshanophoxinus kuldschiensis (Warpachowski, 1887) — uzoq yillik sinonimiyadan qayta tiklandi (status resurrectus); asosan Ili daryosi havzasida (Qozog‘iston va Xitoy) yashaydi. 3. Tianshanophoxinus issykkulensis (Berg, 1912) — Issiqko‘l va Chu daryosi havzalarining o‘ziga xos endemigi hisoblanadi. Ushbu kichik baliqlar o‘zining yaqin qarindoshlaridan yon chiziqdagi teshikchali tangachalar sonining keskin qisqarganligi (aksariyat individlarda butunlay yo‘q yoki juda kam), juft suzgich qanotlarining nisbatan kalta ekani hamda qorin suzgich qanoti nurlari va dum umurtqalari sonining kamroq bo‘lishi kabi diagnostik belgilari bilan yaqqol farq qiladi. Sistematik o‘rni: Sinf: Actinopterygii Klein, 1885 Turkum: Cypriniformes Bleeker, 1859 Oila: Leuciscidae Bonaparte, 1835 Kenja oila: Pseudaspininae Bogutskaya, 1990 Urug‘: Tianshanophoxinus, gen. nov. Tipik tur: Tianshanophoxinus poljakowii (Kessler, 1879) Etimologiyasi: Mualliflar guruhi yangi urug‘ nomini ushbu baliqlar tarqalgan tog‘li mintaqa — Tyan-Shan sharafiga hamda turlar dastlab tasvirlangan eski urug‘ nomi — Phoxinus larning o‘zaro birikmasidan hosil qilganlar. Markaziy Osiyo biologik xilma-xilligi hali kashf etilmagan qirralarga nihoyatda boy ekanini ushbu tadqiqot yana bir bor isbotladi. Mualliflarni mazkur ajoyib tadqiqot natijalari va dunyo ixtiofaunasini o‘rganishga qo‘shgan hissasi bilan samimiy tabriklayman! Maqola bilan yaqindan tanishishni istaganlar uchun doi havolasi quyida berilmoqda: https://doi.org/10.1206/4058.1

Open in Telegram
Views1,460−5%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4055Photo
Views2,310+50%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4054Photo
Views2,450+59%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#4053Photo

2026-yilgi kimyo bo'yicha Nobel mukofoti Henri B. Kagan va Kenso Soaiga "asimmetrik organik sintezdagi nochiziqli effektlar va avtokatalizni kashf etganliklari uchun" berildi. 🧪 Gap nima haqida? Ba'zi molekulalar bir-birining ko'zgudagi aksi bo'lgan ikki shaklda mavjud bo'ladi. Ular xiral molekulalar, ikki shakli esa enantiomerlar deyiladi. Chap va o'ng qo'lni eslang: ular bir-birining aksi, lekin ustma-ust tushmaydi. Tirik organizmlardagi oqsillar aminokislotalarning deyarli faqat bitta shaklidan tuziladi. Bu hodisa gomoxirallik deb ataladi. Laboratoriyada esa oddiy reaksiyalar odatda ikkala shaklni teng miqdorda hosil qiladi. Hayot nega aynan bitta "qo'l"ni tanlagan? Bu savol yuz yildan ortiq kimyogarlarni qiziqtirib kelgan. 🔬 Henri Kagan (1986) Kagan katalizatorning sofligi bilan mahsulotning sofligi o'rtasidagi bog'liqlik to'g'ri chiziq emasligini aniqladi. Ba'zan mahsulot katalizatorning o'zidan ham sofroq chiqadi. Bu nochiziqli effekt deb ataladi. ⚗️ Kenso Soai (1995) Soai bu g'oyani yangi bosqichga olib chiqdi. U mahsulotning o'zi katalizatorga aylanadigan reaksiyani, ya'ni avtokatalizni topdi: bir shaklning ozgina ortiqchaligi reaksiya davomida kuchayib boradi. Soai reaksiyasi eng nafis kimyoviy tajribalardan biri hisoblanadi. 🌍 Nega bu muhim? Ikki olim gomoxirallik kimyoviy reaksiyalarda o'z-o'zidan qanday paydo bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Soai reaksiyasi sun'iy bo'lsa-da, hayot kelib chiqishini o'rganishga yangi qiziqish uyg'otdi. Amaliy ahamiyati ham katta, ayniqsa farmatsevtikada. Bir xil formulali, lekin ko'zgudagi aksi bo'lgan ikki molekula organizmda butunlay boshqacha ta'sir qilishi mumkin. Shu sababli dorilarni yaratishda kerakli enantiomerni tanlab sintez qilish juda muhim. @hujayrauz

Open in Telegram
Views2,720+76%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—