✅ MKBANKda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” eʼlon qilindi ✅ 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan, bank tizimida ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 27-noyabridan 27-dekabriga qadar “Mikrokreditbank” ATBning barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkaziladi. Oylik doirasida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi: ➡️ xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini targ‘ib qilish ➡️ komplayens madaniyatini yuksaltirish ➡️ korrupsiyaga oid xavf-xatarlarning oldini olish ➡️ mijozlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va murojaatlarni tezkor koʻrib chiqish. ⭕️ Hurmatli mijozlar va hamkorlar! ✅ Korrupsiya holatlariga duch keldingizmi? Quyidagi aloqa kanallari orqali xabar bering: 📞 Ishonch telefoni: (+998 55) 503-77-11 📱 Telegram-bot: @mkbanticor_bot 📩 Elektron pochta: [email protected] ✅ Rasmiy veb-sayt: www.mkbank.uz 📱 Facebook sahifasi: mkbank.uz 👍 “Mavrid” mobil ilovasi: “Antikor” boʻlimi ✏️ Har bir murojaatning maxfiyligi toʻliq kafolatlanadi. 👏 Halollik va shaffoflik bu ishonchli hamkorlik garovidir! 💼@hrmkbank
Open in TelegramPosts of HR MKBANK
✅ MKBANK Soft-Collection operatori lavozimiga tanlov eʼlon qiladi ✅ Nomzodning asosiy vazifalari: ⭕️CRM tizimi orqali qarzdorlarga qo‘ng‘iroq qilish. ⭕️Tasdiqlangan skriptlar asosida mijozlar bilan muzokaralar olib borish. ⭕️To‘lov kechikishining turli bosqichlarida muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha ishlash. ⭕️Qarzdorlikni hal etish va to‘lov bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida qarzdorlar bilan muzokaralar olib borish. ⭕️Qarzdorlikni undirish bo‘yicha oylik reja va belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish. ⭕️Mehnat intizomi va belgilangan ish jadvaliga rioya qilish. ⭕️Bankning ichki reglamentlari, standartlari va tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish. ➡️ Talablar: 🔸 Tugallangan oliy yoki o‘rta ma’lumot. 🔸Call-markazda yoki qarzlarni undirish sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi. 🔸 Kompyuterdan erkin foydalana olish. 🔸Rus va o‘zbek tillarini bilish. 🔸Muloqot qilish va muzokara olib borish bo‘yicha yaxshi ko‘nikmalar. 🔸 Stressga chidamlilik, mas’uliyatlilik va intizomlilik. 🔘Biz sizga taklif qilamiz: Barqaror va munosib ish haqi. Bank sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish. Mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish imkoniyati (ish joyi M.Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida). ✨ MKBANK jamoasiga qoʻshiling va bank sohasidagi tajribangizni oshiring. ✅ Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumeni @NargizaMKBANK manziliga yuboring. 💼@hrmkbank
Open in Telegram#bayroq_35 #Bir_Vatan_bir_el_bir_bayroq ✅ MKBANK xodimlari tarix va matonat maskanida! 🇺🇿 Bugun bayrog‘imizning 35 yillik shodiyonasi 🕊Bayram barchamizga muborak bo‘lsin! Osmonimiz musaffo, bayrog‘imiz hamisha baland hilpirayversin! 💼@hrmkbank
Open in Telegram#bayroq_35 #Bir_Vatan_bir_el_bir_bayroq ✅ MKBANK xodimlari tarix va matonat maskanida! 🇺🇿 Bundan 35 yil avval, 1991-yil 18-noyabrda mustaqil Oʻzbekistonning Davlat bayrogʻi qabul qilingan. Oʻshandan beri u xalqimizning gʻururi, birligi va erkinligining ramzi boʻlib kelmoqda. ✨ Sana munosabati bilan MKBANK xodimlari poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga borishdi. 👏 Mazkur tashrif xodimlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va ajdodlar xotirasiga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 🇺🇿 Zero, moviy, oq va yashil ranglari qalbimizga faxr bagʻishlaydigan Davlat bayrogʻimiz — xalqimizning orzu-umidlari, ezgu intilishlari, erkinligi va yorugʻ kelajagining yorqin ramzidir. ⭐️ Ona Vatanimiz bayrog‘i yuksakda mangu hilpirab tursin! 💼@hrmkbank
Open in Telegram🎨 “MUSTAQILLIK VA MEN” RASMLAR TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI! 🇺🇿11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan MKBANKda “Mustaqillik va men” rasmlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ✅ Bank kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda bank xodimlarining farzandlari o‘z rasmlari orqali Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, yurtimizga sadoqati va mustaqillik haqidagi yorqin tasavvurlarini namoyon etdi. 🏆 Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. 💼@hrmkbank
Open in Telegram❤️ MKBANKda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi 👏 Aksiyada ishtirok etgan har bir donorning ezgu qadami kimningdir hayotida unutilmas mo‘jizaga aylanishiga ishonamiz! ✅ MKBANK jamoasi uchun inson qadri, mehr-oqibat va saxovat eng yuksak qadriyatlardandir. 💼@hrmkbank
Open in Telegram❤️ MKBANKda navbatdagi donorlik aksiyasi o‘tkazildi ✅ Joriy yilning 5-noyabr kuni MKBANKda bank Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi mutaxassislari hamkorligida “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi tashkil etildi. 🔘 Unda bank xodimlari faol ishtirok etib, inson hayotini asrab qolishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashdilar, 👏 Aksiyada ishtirok etgan har bir donorning ezgu qadami kimningdir hayotida unutilmas mo‘jizaga aylanishiga ishonamiz! ✅ MKBANK jamoasi uchun inson qadri, mehr-oqibat va saxovat eng yuksak qadriyatlardandir. Shu bois, bunday xayrli tashabbuslar bank jamoasini doim yagona ezgu maqsad atrofida birlashtiradi. 💼@hrmkbank
Open in Telegram