“WB Taxi” taksi agregatorlari bozorida ustun mavqega ega platforma deb e’tirof etildi Raqobat qömitasi tomonidan “WB Taxi” MÇJ taksi buyurtmalarini joylaştiriş va taksi xizmatlarini körsatiş böyiça agregator xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi. Ustun mavqeni suiiste’mol qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida kompaniya faoliyatida monopoliyaga qarşi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi va monitoring olib boriladi. 📌 @KBEuz Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramPosts of KBE.uz | Rasmiy Kanal
Rossiyada ishlayotgan chet elliklar 2027-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatda bo‘lib turgan va ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydi. Mazkur chora migrantning ishlamaydigan oilasiga Rossiyada qolishni cheklashga qaratilgan. Ushbu chora migrantning ishlamaydigan oilasiga Rossiyada qolishni cheklashga qaratilgan. Rossiya xorijliklarni ishga uyushgan tarzda jalb etishni rejalashtirmoqda. Rossiyada migrantlar ishlamagan oila a’zolari uchun soliq to‘laydi Rossiyada ishlayotgan chet elliklar 2027-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatda bo‘lib turgan va ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish va fuqarolik masalalari bo‘yicha xizmat rahbari Andrey Kikot ma’lum qildi. Mazkur chora migrantning ishlamaydigan oilasiga Rossiyada qolishni cheklashga qaratilgan. Kikot migrantlarning farzandlarini maktablarga qabul qilish uchun belgilangan yangi talablar natijasida ishlamaydigan oila a’zolari soni 20 foizga kamayganini ham aytdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich avval 1,7 million kishini tashkil etgan. Kikot xorijiy ishchilarni uyushgan tarzda jalb etish rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi. Tegishli qonun loyihasi hozirda hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Yangi tartibga binoan, ish beruvchi migratsiya xizmatiga buyurtma beradi. Maxsus operator esa ishchi kuchini tanlab, olib keladi va shartnoma muddati tugagach, migrant o‘z vataniga qaytadi. Yirik va o‘rta biznes vakillari bunday ishchilarni turar joy hamda ish joyiga borish uchun transfer bilan ta’minlashi shart bo‘ladi. 2026-yilning iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya sohasidagi davlat bojlarini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. 2025-yilning bahorida IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi negizida Kikot boshchiligidagi migrantlar ishlari bo‘yicha alohida xizmat tashkil etilgan. 2024-yilning kuzida esa idora mamlakatda migratsiya hisobida turgan chet elliklar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilk bor ochiqlagandi. 📌 @KBEuz Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramFoydalanishga yaroqsiz isitish qozonlarini sotgan tadbirkor va gaz ta’minoti xodimi ushlandi Ular Yangiyo‘l shahrida 120 ta shunday isitish moslamalarini sotayotganida qo‘lga tushgan. Jinoiy harakatdagi fuqaro xonadonidan yana 500 dona xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, chet davlatdan keltirilgan turli xil nom ostidagi isitish moslamalari topilgan. Bunday isitish qozonlari sabab bir necha kishi halok bo‘lgandi. 📌 @KBEuz Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramXonanda Mubinlolo haqidagi videosi bilan shov-shuvga sabab bo‘lgan bloger vaqtincha hibsga olindi Ushbu shaxsning videoroligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 📌 @KBEuz Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramAkbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi! Xitoyning Ningbo shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqlarini muvaffaqiyatli yakunladi. Jo‘rayev uchala urinishni (190 kg, 195 kg, 198 kg) ham muvaffaqiyatli amalga oshirib, o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon rekordini yangiladi. 📌 @KBEuz Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram‼️Tezkor xabar O‘zbekiston yo‘llarida endi mobil radarlar borligi haqida ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilmasligi mumkin. Gap shundaki, hukumatning 2025-yil 15-maydagi qarori bilan harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “Radar” yo‘l belgisi o‘rnatilishi majburiy edi. Biroq hukumatning 2026-yil 29-oktyabrdagi qarori bilan mobil radarlar borligi majburiy ogohlantirilishi haqidagi talab olib tashlangan. Ya’ni oldindan ogohlantiruvchi belgi talabi endi faqat statsionar radarlargagina qo‘llanadi. 📌 @KBEuz Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramMahalla yoshlar yetakchilari uchun respublika tanlovi e’lon qilindi Yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda samarali loyihalarni amalga oshirishga hissa qo‘shayotgan yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatini respublika miqyosida namoyon etish imkoniyatiga ega. “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi 8 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi. Jumladan, yoshlar tadbirkorligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, vatanparvarlik, volontyorlik va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari qamrab olingan. Tanlov g‘oliblarini qanday imkoniyatlar kutmoqda? • Yuqori lavozimlar uchun kadrlar zaxirasiga kiritilish; • Xorijda tajriba almashish va malaka oshirish; • Davlat mukofotlariga tavsiya etilish. Tanlovda o‘z lavozimida kamida 6 oy faoliyat yuritgan yoshlar yetakchilari ishtirok etishi mumkin. Arizalar 5-noyabrga qadar qabul qilinadi. Arizalar uchun havola 📌 @KBEuz Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramRossiyalik dizayner Lada’dan 5 marta rad javobini olganidan so‘ng Bentley kompaniyasiga ishga kirdi. Ilya Razumovning ishga kirish uchun qilgan urinishlarini «Moskvich» va «Aurus» kompaniyalari ham rad etgan. Ular uning ishlarini «havaskorona» deb baholab, belgilangan talablarga javob bermasligini ta’kidlashgan. Porsche, Audi va Volkswagen kompaniyalarida amaliyot o‘taganidan so‘ng, Ilya Bentley kompaniyasiga ishga taklif qilindi. U yerda u 500 000 dollarlik Bentley Supersports avtomobilining tashqi dizaynini ishlab chiqdi. 📌 @KBEuz Telegram | LIVE | Instagram | YouTube
Open in Telegram#Tezkor ❗️PЕRЕVALDA YANGI RADAR O'RNATILDI Qamchiq dovoni "Chinor" postga yetmasdan yangi rusumdagi radar moslamasi o‘rnatildi. Ushbu radar qanday qoidabuzarliklarni aniqlashi videoda aytib o‘tilgan. Videoni dovonda ko‘p harakatlanadigan haydovchilarga tarqatib ogohlantirib qo‘yinglar! Harqalay Toshkent shahridagi radarlardek chiroqlari ko'zga tushib asabga tegmas ekanam yaxshi🙃 📌 @KBEuz Telegram | LIVE | Instagram | YouTube
Open in Telegram☪️ Assalomau Alaykum Qalbingizga xotirjamlik, taningizga salomatlik, xonadoningizga qut-baraka tilaymiz! Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz 🤲 ✈️ @KBEuz / 📌 KBE.uz
Open in TelegramToshkent bozorlaridagi avtoturargohlar narxi dam olish kunlari oshiriladi Shanba va yakshanba kuni bozorlardagi avtorurargohlarda 3 soatgacha to‘xtab turish narxi 25 ming so‘m bo‘ladi. Undan oshsa, yana ko‘tariladi. Poytaxt hokimligiga ko‘ra, uzoq vaqt turishning yuqori narxi joylarni o‘z vaqtida bo‘shatishga yordam beradi. Toshkent shahar hokimining qarori bilan poytaxtdagi bozorlar va savdo komplekslarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun to‘lovlar miqdori dam olish kunlari oshirilishi belgilangandi. Hokimlik bu borada qo‘shimcha tushuntirish berdi. Poytaxt hokimining 18-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, narxlar quyidagicha belgilandi: Ma’lum qilinishicha, “Munitsipal aktivlarni boshqarish” davlat unitar korxonasi avtomobil to‘xtash maydonchalarida transport vositalarining haqiqiy bo‘lish vaqtini kuzatib chiqdi. Tahlillar aksariyat xaridorlar uchun zarur xaridlarni amalga oshirishga ikki soatgacha vaqt yetarli ekanligini ko‘rsatgan. Shu sababli, dastlabki ikki soatlik to‘xtash narxi o‘zgarishsiz qoldirildi — bu oddiy tashrif buyuruvchilar uchun qulay va odatiy vaqt oralig‘idir. “Ikki soatdan ortiq qolish, odatda, bozor xodimlari, savdogarlar va faoliyati bozor hududi yoki unga tutash hududga bog‘liq bo‘lgan shaxslarga xos. Yangilangan tariflar asosan ushbu toifadagi foydalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatadi, oddiy xaridorlarga emas”, deyiladi hokimlik tushuntirishida. Qayd etilishicha, narxlarni o‘zgartirish to‘xtash maydonchalarini tartibga solishga, dam olish kunlaridagi ortiqcha yuklanishni kamaytirishga va barcha tashrif buyuruvchilar uchun bo‘sh to‘xtash joylarini ta’minlashga qaratilgan. Uzoq vaqt turishning yuqori narxi joylarni o‘z vaqtida bo‘shatishni rag‘batlantiradi, bu esa boshqa xaridorlarga to‘xtash joyini tezroq topish imkonini beradi va atrofdagi yo‘llardagi transport vaziyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu qaror to‘xtash maydonchalaridan foydalanish xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Yangilangan tariflar to‘xtash joylarini tartibga solish va oqilona taqsimlash vositasi bo‘lib, oddiy tashrif buyuruvchilarning manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Toshkent shahar hokimining qarori bilan, shuningdek, poytaxt bozorlarida tijoriy videoga olish pulli bo‘ldi. Telegram | LIVE | Instagram | YouTube | Donat Qilish 💸
Open in TelegramO‘zbekistonda 21-noyabr kuni harorat yana pastlaydi Juma kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 0 darajagacha tushishi kutilmoqda. Boshqa hududlarda ham kechasi harorat payshanbaga nisbatan sovuqroq bo‘ladi. Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq boʻladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi. Telegram | LIVE | Instagram | YouTube | Donat Qilish 💸
Open in Telegram“Rossiyada kelayotgan qish 250 yillikdagi eng sovugʻi boʻlishi mumkin” — sinoptiklar Butun mamlakat bo‘ylab qishda kuchli sovuq va qor yogʻishi kutilmoqda. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, kelayotgan qish 250 yildagi eng sovug‘i boʻlishi mumkin. Markaziy va Volgaboʻyi hududlarida havo harorati Selsiy boʻyicha -35 darajagacha pasayib, qor yogʻishi 400 millimetrga, shamol esa soniyasiga 22 metrgacha kuchayishi mumkin. Uralsda havo harorati minus 40 darajagacha pasayib, qor boʻronlari va 350 millimetrgacha yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. Krasnoyarsk oʻlkasi va Novosibirsk viloyatida qariyb 900 millimetr qor yogʻishi va harorat Selsiy boʻyicha -38 darajagacha tushishi mumkin. Uzoq Sharqda harorat meʼyordan past boʻlishi kutilmoqda: Primoryeda harorat baʼzi joylarda -35 darajagacha, Kamchatka va Magadanda esa -32 darajagacha pasayib, yogʻingarchilik 450 millimetrdan oshib, sekundiga 30 metrgacha shamol esadi. Ehtimoli yuqori ssenariyga koʻra, Rossiyada kelayotgan qish oʻtgan yilga qaraganda sovuqroq boʻladi. Maʼlumot uchun, Skandinaviyada allaqachon anomal sovuqlik toʻlqiniga yaqin qutbiy sovuq oqim shakllangan. Telegram | LIVE | Instagram | YouTube | Donat Qilish 💸
Open in TelegramO‘zbekistonlik migrantlar o‘n oyda qancha pul yuborgani ochiqlandi Prezident Shavkat Mirziyoyevga tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish va migratsiya jarayonlarini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan axborot berildi. Taqdimotda xorijiy mehnat bozorida malakali mutaxassislarga katta talab borligi qayd etildi. Hozirda 140 ming nafar mutaxassisga buyurtma mavjud. So‘nggi yillarda fuqarolarni mehnat qilish uchun chet elga tartibli jo‘natish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli mehnat bozori diversifikatsiya qilinmoqda, fuqarolar asosan yuqori maoshli ish o‘rinlarida ishlash uchun xorijga ketmoqda. Natijada 2016-yilga nisbatan chet elda ishlayotgan fuqarolarning soni kamaygan bo‘lsa-da, ular tomonidan yuborilgan mablag‘ 3,8 milliard dollardan 2025-yilning o‘n oyi yakunida 15,8 milliard dollarga yetdi. Taqdimotda xorijiy mehnat bozorida malakali mutaxassislarga katta talab borligi qayd etildi. Hozirda 140 ming nafar mutaxassisga buyurtma mavjud, ammo til va kasbiy malaka bo‘yicha talablarga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash borasida qilinadigan ishlar hali ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi xizmatlari tarqoq bo‘lgani uchun odamlar ovoragarchilikka duch kelmoqda. Shu maqsadda sohadagi xizmatlarni tartibga solish, barcha jarayonlarni “yagona darcha” tamoyili asosida birlashtirish vazifasi qo‘yildi. Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Xorijga ishga tayyorlash markazi”, Termiz shahrida “Yagona migratsiya xizmatlari” markazi tashkil etiladi. Poytaxtning Yashnobod tumanida esa xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda nemis va yapon tillariga o‘qitish maktablari ochiladi. So‘nggi yillarda Yevropa mamlakatlariga migratsiya oqimi 4 barobar ko‘paygani ta’kidlandi. U yerda ishlayotgan fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish muhimligi qayd etildi. Ayni paytda qator Yevropa davlatlari bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlar mavjud emas. Prezident tomonidan tegishli hukumatlararo hujjatlarning imzolash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda migratsiya bo‘yicha attashe va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ko‘paytirish, mamlakatimiz hududlarida esa viza markazlarining ko‘chma ofislarini ochish rejalashtirilgan. Taqdimotda migratsiya xizmatlarini raqamlashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. “Xorijda ish” platformasida 25 turdagi xizmat taqdim etilmoqda, joriy yil boshidan buyon 524 ming fuqaro onlayn xizmatlardan foydalangan. Lekin xizmatlarning barchasi ham raqamlashmagan. Prezident tizimga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish zarurligini qayd etdi. Platformada biometrik identifikatsiya, xorijdagi ish o‘rinlarini real vaqt rejimida kuzatish, fuqarolarga masofaviy maslahat berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar haqida axborot berildi. Migratsiya agentligida fuqarolarga tun-u kun tezkor yordam beradigan situatsion markaz tashkil etish taklif qilindi. Taqdimotda noqonuniy migratsiya va konsalting xizmatlari ko‘rsatishda firibgarlik holatlari ko‘payib borayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan mehnat migrantlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida xalqaro aeroportlarda interaktiv migratsiya infokiosklarini o‘rnatish, litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirgan konsalting tashkilotlari uchun jarima miqdorini oshirish taklif qilindi. Jinoyat kodeksiga noqonuniy migratsiyani tashkil etish va ko‘maklashish uchun javobgarlik kiritish masalasini o‘rganish topshirildi. Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, mehnat migratsiyasi jarayonlarini yanada qulay, xavfsiz va shaffof qilish bo‘yicha mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi. Telegram | LIVE | Instagram | YouTube | Donat Qilish 💸
Open in TelegramItaliya bir necha daqiqa ichida ikkita gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi Aʼzo boʻling 👉 @KBEuz
Open in Telegram