Account

Posts of Hikmatlar Xazinasi 🍃

newest first

#26816Photo
Views200−70%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#26814Photo
Views384−42%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#26813Photo
Views316−52%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#26812Photo
Views323−51%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#26811Photo
Views357−46%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#26810Video
Views347−47%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#26809Photo
Views398−40%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#26808Photo

Эркаклар ҳеч қачон эга бўла олмайдиган аёлларга шаҳват билан қарамоқда, аёллар эса ҳеч қачон қўлга кирита олмайдиган ҳаёт тарзига ҳавас қилиб, шу ҳақда орзу қилиш билан банд. Эркаклар бошқа аёлларга қарашга ўрганиб, ўз хотинларига нисбатан қизиқиш ва майлни йўқотмоқда. Аёллар эса ҳаётини доимо бошқаларнинг дабдабали ҳаёти билан таққослайвергани учун ўз эрларига бўлган ҳурматини йўқотмоқда. Энди оддий оилавий турмуш одамларга муваффақиятсизликдек туюлмоқда, вафодор турмуш ўртоқлар ўзларини етарли эмасдек ҳис қилмоқда, тинч ва осуда хонадонлар эса қамоқхонага ўхшаб қолмоқда. Биз шаҳватни муҳаббат билан, дабдабани бахт билан, бошқаларнинг эътиборини эса ўз қадрини ҳис қилиш билан адаштириб юборадиган авлодни яратдик. Энг ташвишли томони: Одамлар ўзларида аллақачон мавжуд бўлган гўзал ҳаётни вайрон қилмоқда. Сабаби, улар мутлақо бегона одамларнинг сунъий, сохта ҳаётига қарам бўлиб қолишди. Ижтимоий тармоқлар энди ўз ҳаётингиздан нафратланишга ўргатмоқда. 🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir...

Open in Telegram
Views1,030+56%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#26806Photo
Views769+16%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#26804Text

Forwarded from Latipov [uzb]

UzIMEI’ning yetti yili: yaratilish tarixi, ta’sischilar, trillionlab so‘mlik to‘lovlar va ularning qonuniyligiga oid savollar IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq navbatdagi mojarodan so‘ng UzIMEI tizimining yaratilish tarixi, pudratchi qanday tanlangani va tizimning moliyaviy jihatlarini batafsilroq o‘rganishga qaror qildim. Natijada savollarim yanada ko‘paydi. Ulardan eng asosiysi – IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun majburiy to‘lov undirishning o‘zi qanchalik qonuniy. Konstitutsiyaga ko‘ra, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning 93-moddasiga muvofiq, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy etish Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatiga kiradi. Ammo IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov qonun bilan emas, balki Vazirlar Mahkamasining 778-sonli qarori bilan belgilangan. Shu yerda savol tug‘iladi: huquqiy jihatdan bu qanday to‘lov – soliqmi, yig‘immi yoki xizmat haqi? Agar soliq yoki yig‘im bo‘lsa, nega uni parlament emas, hukumat belgilagan? Agar xizmat bo‘lsa, IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun telefon 30 kundan keyin mahalliy mobil operatorlar tarmog‘ida ishlamay qoladigan sharoitda, bu xizmatdan foydalanish qanchalik ixtiyoriy? Soliq kodeksida yig‘im qonun bilan belgilanadigan, yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq va budjet tizimiga to‘lanadigan majburiy to‘lov sifatida ta’riflangan. IMEI uchun to‘langan pullar esa tizim operatorining maxsus hisobvarag‘iga tushadi. Shu sababli uni avtomatik ravishda davlat yig‘imi deb hisoblash ham to‘g‘ri emas. Ammo majburiy to‘lovni shunchaki «xizmat haqi» deb atash orqali uning qonuniyligiga oid savolni yopish ham, nazarimda, yetarli emas. Biz huquqiy baho olish uchun murojaat qilgan yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova ham, avvalo, ushbu to‘lovning huquqiy tabiatini aniqlash zarur, deb hisoblaydi. Agar bu yig‘im bo‘lsa, Konstitutsiya va Soliq kodeksi talablari bajarilishi kerak. Agar xizmat haqi bo‘lsa, uning majburiyligi va narxini belgilash uchun yetarli qonuniy asoslar mavjudligi tushuntirilishi lozim. To‘lov qonuniymi yoki yo‘qmi, degan savolga javob topish uchun rasmiy huquqiy tushuntirish, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning pozitsiyasi zarur. Endi narxiga to‘xtalsak. Bugun bitta IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish 88 ming so‘m, 30 kundan keyin esa 110 ming so‘m turadi. Bitta telefonda ikkita IMEI bo‘lsa, har biri uchun alohida to‘lash kerak. 2019-yildan buyon standart tarif deyarli ikki baravar oshgan. Nega? Chunki xizmat narxi muntazam oshirib boriladigan bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) bog‘langan. Xuddi jarimalar va ayrim davlat yig‘imlari kabi. Ammo BHM oshishining raqamli identifikatorni ma’lumotlar bazasiga kiritish tannarxiga qanday aloqasi bor? Nega ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning aynan 20 foizi, 2 yoki 5 foizi emas? Tarifning iqtisodiy ekspertizasini kim va qachon o‘tkazgan? Yetti yil ichida IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ to‘langan. 2026-yilning birinchi yarmida tizim davlat operatori daromadlarining qariyb 90 foizi aynan IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hisobiga shakllangan. Shu bilan birga, xizmat tannarxining ochiq hisob-kitobi, xarajatlarning batafsil tarkibi va texnik pudratchi qancha mablag‘ olayotgani haqida ma’lumot yo‘q. Shu o‘rinda ikkinchi muammoga kelamiz – tizimning yaratilish jarayoni shaffof emasligi. 2019-yilda UzIMEI’ni joriy etish bo‘yicha tanlovda loyihani 2,5 million yevroga amalga oshirishni taklif qilgan Turkiyaning TTG kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Bu haqdagi rasmiy xabarni internet arxividan topish mumkin. TTG bizga uning mutaxassislari Toshkentda UZINFOCOM bilan birgalikda ish boshlaganini ham ma’lum qildi. Ammo shartnoma imzolanmagan. Kompaniya vakillarining aytishicha, sabablar tushuntirilmasdan loyiha Delta Telecom International kompaniyasiga berilgan. Tanlovdan bir necha oy o‘tib, hukumat Information Technology Center qo‘shma korxonasi tashkil etilganini e’lon qildi. Uning 51 foiz ulushini Amerikaning Delta Telecom International I, LLC kompaniyasi, 49 foizini esa davlatga qarashli Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi olgan. 2026-yilga kelib esa ta’sischilar orasida Amerika kompaniyasi o‘rniga Singapur kompaniyasi ko‘rsatilgan. Qizig‘i, bu kompaniya faqat 2020-yil avgustida, ya’ni UzIMEI ishga tushganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan. Bu kompaniyalarning yakuniy benefitsiar egalari kim? Nega dastlabki tanlov g‘olibi shartnomasiz qolgan? Tizimni yaratish aslida qanchaga tushgan? Ehtimol, bu savollarning barchasiga qonuniy va iqtisodiy jihatdan asosli javoblar bordir. Ammo tizim majburiy bo‘lsa, millionlab fuqarolarga taalluqli bo‘lsa va trillionlab so‘m tushum keltirayotgan bo‘lsa, nega bu hujjatlar ochiqlanmagan? Shaxsan menda tizim qanday shartlar asosida yaratilgani, undan tushgan pullar qayerga yo‘naltirilayotgani va nima uchun «xizmat» aynan shuncha turishi haqida ma’lumot bo‘lmasa, unga nisbatan ishonch ham bo‘lmaydi. Ha, yagona IMEI bazasi foyda keltirishi mumkin: o‘g‘irlangan telefonlarni bloklash, klonlangan kodlarni aniqlash va noqonuniy importga qarshi kurashishda yordam beradi. Ammo nazarimda, tizim keltirib chiqarayotgan xarajatlar uning foydasidan ko‘proqdek. Biz O‘zbekistonda soliq yuki nisbatan pastligi haqidagi gaplarni tez-tez eshitamiz. Ayrim soliq stavkalari bo‘yicha shunday bo‘lishi ham mumkin. Lekin biznes yuritish va yashashning haqiqiy xarajatlari faqat soliqlar bilan belgilanmaydi. Import bojlari, majburiy to‘lovlar, sertifikatlashtirish, ruxsatnomalar, raqobatga qo‘yilgan cheklovlar, monopoliyalar va byurokratiya ham bor. Tranzaksion xarajatlar ham mavjud. Bular – odamlar va tadbirkorlarning deklaratsiya to‘ldirish, tekshiruvlardan o‘tish, ro‘yxatdan o‘tkazish, navbat kutish va davlat organlari bilan ishlashga sarflaydigan vaqti va resurslari. Bu ham iqtisodiy yo‘qotish. Ba’zan bunday xarajatlar soliqlarning o‘zidan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Oxir-oqibat, bularning barchasi uchun iste’molchi haq to‘laydi. Jumladan, tovarlar narxining qimmatlashishi orqali. Biz dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatmiz. Logistika xarajatlari shundoq ham yuqori. Ammo qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish o‘rniga, ko‘pincha yangilarini yaratamiz. Menimcha, IMEI uchun undiriladigan to‘lovning mustaqil huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, tizimning moliyaviy modelini va pudratchini tanlashga oid hujjatlarni oshkor qilish zarur. Shundan keyingina majburiy pullik ro‘yxatdan o‘tkazishni hozirgi shaklda saqlab qolish uchun asoslar bormi yoki yo‘qmi, degan masalani muhokama qilish mumkin. @latipovuzb

Open in Telegram
Views815+23%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#26803Photo
Views892+35%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#26801Photo
Views1,190+80%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#26800Photo
Views1,300+97%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#26799Photo
Views1,250+89%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#26798Text

ЭРНЕСТ ХЕМИНГУЭЙ Меҳварида айланар замин, Тонг отмоқда, кун ботаётир. Боиси не? Билмайман. Лекин Юрагимда улкан хавотир. Ёмғирларда кезинаман жим, Ёғаверар тинимсиз ойлаб. Ваҳма босар ногоҳ, аллаким Турган каби йўлимни пойлаб. Қўнғироқлар мени сўроқлар, Севгилимга очолмасман дил. Теваракда васваса оқар: Мени пинҳон тинглайди кимдир. Сўниб борар яшамоқ шавқи, Айқиради айғир шамоллар. Мен денгизни енгарман балки, Мени янчар қора хаёллар. Дўстларимдан шубҳа қиламан, Овозимдан чўчийман нега? Солмасларми қўлимга кишан, Тиқмасларми ернинг комига? Мен-ку чиздим ҳаётни рўй-рост, Лаънат дедим қуролга, жангга. Ваҳимами менга мукофот, Васвасами инъомдир менга? Мен севгини севган эдим-ку, Ким кўксимга тош осаётир? Айланмагин бошимда, қўрқув, Пойламагин йўлим, хавотир. Кундузлари кезарлар ҳушёр, Тунларимга қуярлар заҳар. Кечам, эртам, бугуним, ҳатто Ўйларимни титмоқ тиларлар. Қуршаб келар шарпалар – айғоқ, Қон-да сотқин – қаттол қуюлар. Мен яшашни севардим, бироқ Ҳаёт ўлим каби туюлар. Кезолмасман ёмғирда ёлғиз, Боқолмасман уфққа ўйчан. Хат ёзмасман... Таъқибдадир сўз, Ҳайҳот, хаёл суролмасман ман. О одамзод! О эрк овчиси, Темир тузум наққошлари, о! О бозингар! Дил ўйновчиси! Ўйнармисан умримни ҳатто? Келажак, сен гуноҳга ботма, Менга билмай осмагин ёрлиқ; Мен жонимга қасд қилмасман, ҳа, Қасд қилмоқда оромхўр борлиқ. 🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Open in Telegram
Views1,040+57%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#26797Text

“Melisaga ishim tushmasin!” deb duo qilish sirayam maqtov emas Muhrim yozyapti: "Ikki kun avval, 16-oktabrda Press Qahramon bir maktabga borib, o‘z hamrohlari bilan bir boshlang‘ich sinfga kirib, xuddi sovg‘a beradigan Qorboboning ohangida o‘quvchilarga: “Kim bugun mashinaning old o‘rindig‘i – haydovchining yonida o‘tirib keldi?”, deb savol bergan videosi chiqqandi. Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, uch o‘quvchi xursand bo‘lib, qorataxtaning oldiga chiqqan. Keyin Press Qahramon ulardan otalarining ismini so‘rab, endi ularga jarima solinishini e’lon qilgan. Salkam 10 mln marta ko‘rilgan bu videoning oxiri — jarima solindimi-yo‘qmi — muhim emas (ahamiyatlisi, uch bolaning shaxsi butun mamlakatga oshkor qilindi, bu esa o‘zi jiddiy huquqiy muammo). Qoidalarga rioya etilishini targ‘ib va talab qilishga hech kim qarshi bo‘lmasa kerak, lekin Press Qahramon tanlagan nobop usul 9-10 yoshli bu o‘quvchilarni juda noxush va noqulay vaziyatda qoldirganini ham tushunish muhim. Zotan o‘sha sinfxonadagi vaziyat shu video tarqatilmaganida ham juda yomon — o‘quvchilar eng kamida o‘z sinfdoshlari oldida yoqimsiz vaziyatda qoldirilgan (kamiga, rost gapning to‘qmog‘ini yegan). Press Qahramon va uning hamkasblari biror “kotakon”ning hali 12 yoshga to‘lmagan nevarasi biror premium avtomobilning old o‘rindig‘ida ketayotganini ko‘rsa, uni jazolash tugul, mana shunday videoga olib chiqara olishiga ham ishonish qiyin, buyoqda esa hech narsadan shubhalanmay, xursand bo‘lib “doska”ga chiqqan uch o‘quvchini endi butun mamlakat muhokama qilyapti (qani endi Press Qahramon o‘sha videosi ostidagi kommentlarni yopib qo‘ygani bilan bu muhokamalarni to‘xtatib bo‘lsa). Afsuski, Press Qahramon qilgan ishi, tanlagan targ‘ibot usuli o‘rinsiz bo‘lganini hali ham anglamagan, nazarimda. Sog‘lom fikrli vatandoshlarimiz huquq-tartibot xodimlarining maktabdagi bu xatti-harakati o‘rinsizligini faol ta’kidlab kelayotgan bir vaqtda, u bugun, 18-oktabr kuni Instagramdagi sahifasiga IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning eski, lekin g‘alati mashhur bir videosini qo‘yibdi. U videoning ma’nosi, taxminan, bunday: melisani kimlar yomonlaydi? Melisani faqat “shoqol”lar va g‘alamislar yomonlaydi. Qolganlar esa “melisaga ishim tushmasin!” deb duo qiladi. Xalq “shularga ishim tushmasin!” deb duo qiladigan o‘zbek melisasi vakili hisoblangan Press Qahramonning maktabdagi xatti-harakatlarini Erkinjon Turdimov boshliq Ta’lim vazirligi ham, O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ham qoraladi. Melisa jargoni bilan aytganda, “yomonladi”. Press Qahramon “NO COMMENT” degan izoh bilan Shohrux G‘iyosovning videosini go‘yoki unga qaratilgan tanqidlarga javoban chiqararkan, bu bilan nafaqat O‘zbekistonning faol jamoatchiligini, balki, hozircha, Ta’lim vazirligi va Bolalar ombudsmanini ham “shoqol va g‘alamislar”ga tenglashtirib qo‘yganini tushungan bo‘lsa bo‘ldi." 🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...

Open in Telegram
Views1,000+51%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—