#riyozat
"Va ammo, kim Robbisining maqomidan qörqqan va öz nafsini havolanib ketişidan qaytargan bölsa, bas, albatta, jannat unga örin böladir." (Noziot, 40-41)
Riyozat luğatda ulovni özboşimça harakatlardan tiyib, egasi nimaga undasa, şunga itoat qilişga örgatiş demakdir.
Tusiy uçun esa riyozat nafsni tarbiyalaşdir. Hayvoniy nafs şahvat va ğazabga böyin sunmasligi kerak. Notiqa nafs, ya'ni insonni hayvondan ajratib turuvçi aqliy jon esa hayvoniy quvvatlarga ergaşmasligi kerak. Mol yiğiş va mansabga hirs, hiyla, makr, ğiybat, hasad, kek, taassub kabi illatlar ana şu ergaşişdan tuğiladi.
Tusiy nafslarni ham tasniflaydi. Şahvatga ergaşgan nafs hayvoniy, ğazabga ergaşgani esa yirtqiç nafsdir. Razil axloq doimiy odatga aylansa, u şaytoniy nafs böladi.
Qur'on esa nafsning uç holatini nomlaydi.
1. Nafsi ammora. Yomonlik unda çuqur örnaşgan va u yomonlikka buyuradi.
2. Nafsi lavvoma. Goh yomonlikka, goh yaxşilikka moyil böladi, yomonligidan puşaymon bölib, özini malomat qiladi.
3. Nafsi mutmainna. Aqlga itoat etgan, yaxşilik unda malakaga aylangan xotirjam nafs.
Riyozatdan uç maqsad közlanadi.
Birinçisi, Haqqa boradigan yöldagi taşqi va içki çalğituvçi tösiqlarni olib taşlaş.
Ikkinçisi, hayvoniy nafsni amaliy aqlga böysundiriş.
Uçinçisi, inson nafsini Haq taoloning fayzini qabul qilişga tayyorlaydigan sabotni malakaga aylantiriş, toki nafs özi uçun mumkin bölgan kamolotga yetişsin.
Ulovini jilovlamagan odam öz manziliga emas, ulov xohlagan joyga boradi.
#tusiy