
𝐇𝐚𝐲𝐨𝐭.𝐏𝐆 🍃
#Bismillah 𝑶'𝒛𝒈𝒂 𝒐𝒍𝒂𝒎 🪐 𝑺𝒂𝒕𝒓𝒍𝒂𝒓𝒅𝒂 𝒉𝒂𝒚𝒐𝒕...🍃 📮 Murojaat: @the_Accountant_A Shaxsiy kanal : https://t.me/+RnWPuK7YGMBmZTJi
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 12, 2026 | 412 |
| Nov 19, 2026 | 305 |
| Nov 20, 2026 | 258 |
| Nov 23, 2026 | 175 |
| Nov 24, 2026 | 177 |
| Nov 25, 2026 | 141 |
Most viewed this month
- 01Views412Forwards—Reactions8Comments—
- 02Views305Forwards—Reactions4Comments—
- 03Views258Forwards—Reactions8Comments—
- 04Views177Forwards—Reactions11Comments—
Latest posts
Yaxshiman Kecha do’stim bilan ko’rishdim. Kulib turdi, hazillashdi, hammaning kayfiyatini ko’tardi. Ketayotganda so’radim: “Ahvollaring qalay?” “Yaxshiman”, dedi. Hech narsa bo’lmagandek. Bugun tong sahar xabar keldi: u ancha vaqtdan beri yolg’iz kurashayotgan ekan. Hech kimga aytmagan. Men o’ylab qoldim: nega biz “ahvolingiz qalay?” deb so’raymiz-u, javobni eshitmaymiz? Eng og’ir yuk ko’pincha eng baland kulgi ortida yuradi. Shuning uchun bugun bitta odamga ikkinchi marta so’rang: “Rostdan, ahvoling qalay?” Ba’zan shu bitta gap odamni ushlab qoladi.
Open in TelegramBu dunyoga hech narsasiz keldik, ketayotganimizda ham hech narsani o‘zimiz bilan olib ketmaymiz. Bugun deb tortishayotgan narsalarimiz, deb ranjitayotgan insonlarimiz, deb ko‘ngil sindirayotgan boyliklarimiz bir kun ortimizda qoladi. Shunday ekan, birovni kamsitishdan, hukm qilishdan, o‘zimizni hammadan ustun qo‘yishdan nima foyda? Axir oxir-oqibat hammamiz bir xil manzilga boramiz. Inson bo‘lib yashashga vaqtimiz bor, insonligimizni isbotlashga esa har doim ham imkonimiz bo‘lavermaydi.
Open in TelegramHar kim boshidan nimalar o‘tganini o‘zi biladi. Kimdir kulib yuradi, lekin ichida nimalar borligini hech kim bilmaydi. Kimdir bugun jim, kimdir odamlardan uzoqlashgan, yana kimdir avvalgidek emas. Lekin buning ortida nimalar bo‘lganini hamma ham so‘rayvermaydi. Bir insonning hayotini ko‘rib turib, unga baho berish oson. Ammo uning o‘rnida yashash, u ko‘rgan kunlarni ko‘rish, u yutgan gaplarni yutish, u yo‘qotgan narsalarni yo‘qotish boshqa masala. Balki u ham bir paytlar ko‘p narsaga ishongandir, kimlargadir suyangandir, nimanidir chin dildan kutgandir. Lekin hayot hamma narsani ham biz xohlagandek qoldirmaydi. Ba’zi narsalar tugaydi, ba’zi odamlar ketadi, ba’zi orzular esa shunchaki ichimizda qoladi. Shuning uchun birovning bugungi holatiga qarab, uning butun hayoti haqida xulosa qilmang. Har kimning o‘z sababi, o‘z dardi, o‘ziga yarasha kurashi bor. Siz bilmagan narsalar ham juda ko‘p. Axir har kim boshidan o‘tganini o‘zi biladi. Birovning hayoti sizga oddiy ko‘rinishi mumkin, lekin u shu hayotni yashab qolish uchun qancha narsani ichiga yutganini faqat o‘zi biladi.
Open in TelegramAgar menga hayotimni qaytadan yashash imkoniyati berilganida, balki yana xato qilardim, yana kimnidir yo‘qotardim, yana ayrim kechalari ichimda sinardim. Chunki bugun o‘zgartirishni istamaydigan insonimga aylanishim uchun kechagi barcha og‘riqlarim ham kerak bo‘lgan. Men endi o‘tmishim bilan kurashmayman, yo‘qotganlarimdan nafratlanmayman, kelmagan kunlar uchun ham o‘zimni qiynamayman. Men hayotimning faqat chiroyli sahifalarini emas, o‘qishga qiynalgan sahifalarini ham qabul qilaman. Chunki taqdirimning har bir satri — mening hayotim. Men uni shunchaki qabul qilmayman, sevaman. Amor Fati — hatto boshqacha bo‘lishini istagan taqdiringni ham sevishga jur’at topish.
Open in TelegramBiron natijaga erishgan yoki qo’lida qolganlarga qaraganda ko’proq pul yokida mansab bor insonning ichidan to’qib chiqargan gapi ham o’zgalarga mativatsiya sifatida olinadi , ulug’lanadi . Lekin endi rivojlanayotgan balki hozirgi holati - da yokida 0 holatda bo’lgan insonning hayotdan olib jon kuyiktrib haqiqiy etibor va mehr bilan ko’rsatgan yordami yoki ichidan chiqqan gaplari ming zo’r bo’lsin foydali bo’lsin lekin quloq solishmaydi xatto xaqoratlar eshitadi yokida beetibor bo’lib hech kim eshitmaydi . U insonni ham eshitsangiz kuzatsangiz sizga o’zgalardan ko’ra ko’proq narsani asosiy narsasi etiborini berishga tayyor ekanini tushungan bo’lardingiz . Afsus hayot bu narsalarni tushunmaydi unga faqat natija kerak . Jarayondagilar bilan hech kimning ishi yo’q…!
Open in TelegramMen ko’p ham hamma emotsiyamni ko’rsatadigan inson emasman .Shuncha vaqt o’tdi insonlar kelyapti-ketyapti hatto shu darajaga yetib bordiki kim men bilan qancha vaqt va qayergacha borishini ham taxmin qila boshlagandim . Hamma extiyoji tugagan bekatda tushib qoldi . Ayb hayotda , zamonda yokida hatto insonlarda ham demayman . Aybdorni izlashga vaqt ketkazishi emas inson o’zini yanada yaxshilashga urinishi kerak . Va men shunday deyman xox bu hudbinlikka yoying : Men eng zo’riman va qila olmas ishlar ustidan turib buni qila olaman deya oladigan insonga aylandim . Yangilikmi qo’llab ko’rish kerak . Meni yoshligimdan taniganlar yaxshi biladi oldin boshqacha inson eding va juda o’zgarding : bu men eshitayotgan eng ko’p quloqqa tutiladigan gap bo’ldi . Sababi oldin qo’rqan narsalarimga endi turib bera olyapman va orqaga qaramay oldinga yuryapman. Eng asosiysi Allohning irodasi va Uning Al-Qaviy ismiga joylangan sifatidir . Alloh barchangizga qattiyat va sobitlik ato etsin , o’qiganingiz uchun raxmat )
Open in TelegramInsonlarni kuzatarkanman , ko’zim oldidagi ishlardan hayron qolaman . Qadr pul bilan o’lchanadigan vaqtlar : minib yurgan mashinang , ustingdagi kiyiming , chontagingdagi $ laru qolingdagi telefoningga qarab muomala qiluvchilar kopaygani odamni o’ylantirib qo’yadi . Shular bolmasa sen odammasdek . Lekin turishi kredit bop yotgan insonlar orqasidan chopishadi . Qo’lida milliard pulin bolsin - ammo undan bir somini hech kimga yordam sifatida bermaydiganlarni ham koryapmiz . Insoniylikni bir insonga bo’lgan munosabatingizni moddiyat bilan o’lchamang iltimos . Sababi bilmaysiz u insonni uyida ichida nimalar bo’layotganini . Hozircha puli yo’qdir , sizga yordami tegmay qolgandir . Ammo qo’lida pul turishi bilan yordamga shoshiladiganlar bor boshqalar yordam soramasidan nima kamchilik deb qo’l cho’zadiganlar bor . Qo’lida boyligi bor inson boy sanalmaydi . Ko’nglida o’zgalarga yordam istagi bolgan ammo xozirda puli yo’q inson esa kambag’al bo’lib qolmaydi !
Open in TelegramHammani dardi har hil bu jahonda kimdir yor ishqida, kimdir esa mol dunyo, kimgadir sog'liq yetishmayapti va kimgadir bir yaqin inson. Bu birkam dunyoda kimningdir dardi va aynan o'sha kamisan sen. Qo'l uzatsa yetadi ammo ushlashga kelganda quloch yetmaydigan. Sen kimgadir armon kimgadir shifosan va kimlargadir orzusan. Hammani ham gapini o'zinga olib siqilaverma. Senga yomon insonlar uchrayapti degani, sen uchun atalgan osha kamtiging kelmaydi degani emas. Palakat oyoq ostida deyishadiku :)
Open in TelegramHamma o'zgalarni ayblashni o'zganing xatolarini topishni biladi. Ammo hech kim o'zidagi aybni bilmaydi va buni eshitishni ham hohlamaydi. Insonlar shunaqa mavjudod unga etibor bergan, yaxshilik qiladigan og'ir kunlarida ham yonida bo'lishga xarakat qilgan insonlarini doim o'zidan uzoqda tutadi. Aslida shu insonlar ularni qadrlaydi va mehr beradi hech narsa talab qilmay. Lekin insonlar o'zini ideali sababli va kutuvlari sababli bunday insonlarni yo'qotadi. Bu dunyo o'zi shunday bemehr va etiborsiz insonlar qadrlangan, va aksincha o'zini qurbon qilishga tayyor insonlarni qadrlashmagan...
Open in TelegramConnections
Similar channels
- Ta‘sirli status@tasirlistatusQuotes1.08K
HAYOT SABOQLARI@hayot24Quotes1.36K
♡ 𝑵𝒂𝒇𝒂𝒔𝒊𝒎 𝒔𝒆𝒏@nafasimsenQuotes991
𝑸𝑨𝑳𝑩𝑰𝑴 𝑺𝑨𝑫𝑶𝑺𝑰 ❤️@qalbim_sadosisaanQuotes1.59K
Manoli So'zlar 🫀🤍@chiroyliy_manoliy_sozlarQuotes1.64K
СУХАНҲОИ БУЗУРГОН //اساس گُذارِ این کانال شادروان نور سلطان عظیم او@tojikQuotes1.7K
Фалсафий сатрлар@falsafiy_satrlarQuotes1.72K- Yaasin.uz@yaasinuzQuotes1.82K