🎉 SARA YANGILANDI!
Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar!
Sizlarga SARA ilovasining yangilangan versiyasini taqdim etishdan mamnunmiz!
Yangi ko‘rinish bolajonlarimiz uchun yanada qiziqarli, qulay va yoqimli bo‘lishiga umid qilamiz.
Bu safar nafaqat dizaynni yangiladik, balki farzandingizning ekran qarshisidagi vaqtini mazmunli va tartibli tashkil etishingizga yordam beradigan yangi imkoniyatlarni ham qo‘shdik.
✨ SARA’ning yangilangan versiyasida sizni nimalar kutmoqda?
🟢 BEPUL IMKONIYATLAR
👧 Bolajonlar uchun:
- 🎬 Saralangan, yoshga mos va xavfsiz videolarni tomosha qilish;
- 📱 Shorts — qisqa videolarni tomosha qilish;
- 🔖 Sevimli videolarni saqlab qo‘yish.
👨👩👧 Ota-onalar uchun:
- 🔒 YouTube bo‘limini parol bilan cheklash;
- 🎛 Shorts bo‘limini yoqish yoki o‘chirish;
- 📚 Farzandingiz uchun pleylistlar qo‘shish.
💎 SARA PREMIUM — OTA-ONALAR UCHUN QO‘SHIMCHA NAZORAT
Premium imkoniyatlar orqali farzandingizning ilovadan qachon, qancha vaqt va qanday foydalanishini yanada qulayroq boshqarishingiz mumkin.
⏳ 1. Ekran vaqtini boshqarish
Farzandingiz uchun kunlik vaqt chegarasini va tanaffuslarni belgilang.
🌙 2. Uyqu vaqti rejimi
Belgilangan uyqu vaqti yaqinlashganda ilova eslatadi va kerakli vaqtda avtomatik to‘xtaydi.
📲 3. Masofadan boshqarish
O‘z telefoningiz orqali farzandingizning ilovadan foydalanishini nazorat qiling, kerak bo‘lsa ilovani vaqtincha to‘xtating, YouTube va Shorts bo‘limlarini boshqaring.
🎁 4. Qo‘shimcha vaqt berish
Farzandingizni yaxshi ishlari uchun rag‘batlantiring! Zarur hollarda unga 10–15 daqiqa qo‘shimcha foydalanish vaqti bering.
✅ 5. «Faqat shu videolar» rejimi
Farzandingiz faqat siz tanlagan pleylistdagi videolarni tomosha qilishi mumkin.
📊 6. Haftalik hisobot
Farzandingiz qanday videolarni va qancha vaqt tomosha qilganini, uning qiziqishlari qanday o‘zgarayotganini haftalik hisobot orqali bilib boring.
🕒 7. Foydali tanaffuslar
Belgilangan vaqtda ilova tanaffusga o‘tadi. Maxsus multfilm qahramonlari esa bolajonlarni biroz harakat qilish va birgalikda mashq bajarishga chorlaydi.
SARA’NI BIRGALIKDA YAXSHILAYMIZ!
Aziz ota-onalar, Premium imkoniyatlarimiz hali takomillashtirish bosqichida. Ayrim funksiyalarda kamchiliklar yoki kutilmagan xatoliklar uchrashi mumkin.
Shu sababli, ushbu imkoniyatlardan rozi bo'lgan holatda foydalanishni, bizni qo‘llab-quvvatlashingizni va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishni so‘raymiz.
Qaysi imkoniyat sizga foydali bo‘ldi? Nimalarni o‘zgartirishimiz yoki yaxshilashimiz kerak?
Sizning har bir taklifingiz biz uchun qadrli! Chunki SARA’ni aynan siz — ota-onalar bilan birgalikda rivojlantirishni istaymiz.
Bu yangilanish barchalarimizga muborak bo'lsin!
Hurmat bilan, SARA jamoasi!
SARA ilovasini yuklab oling.
📱 Android qurilmalar uchun:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.sara.app
📱iOS qurilmalar uchun:
https://apps.apple.com/us/app/sara/id6754878479