Account

Posts of Hasankhoja Muhammad Sodiq

newest first

#2153Text

Jamoa Besh yillik boshqaruv tajribamdan shunday xulosaga keldim: kuchli tashkilot qurish uchun ikki narsaga e’tibor berish kerak. To‘g‘ri rahbarlik va kuchli jamoa. 1. To‘g‘ri rahbarlik Rahbarning vazifasi hamma ishni o‘zi bajarish emas, mustaqil ishlaydigan tizim yaratish. Buning uchun: 1. Vazifa bilan birga qaror qabul qilish vakolatini ham berish. 2. Har bir rahbarni o‘z yo‘nalishi va natijasi uchun mas’ul qilish. 3. Asosli qarorlarni qo‘llab quvvatlash, ortiqcha aralashmaslik. 4. Tanqid va ochiq fikr uchun sharoit yaratish. 5. Xatolardan yashirmasdan, o‘rganish madaniyatini shakllantirish. Agar jamoa rahbarga qarshi fikr bildira olmasa, boshqaruv kengashi ham mustaqil ishlamaydi. U shunchaki rahbar qarorlarini tasdiqlaydigan guruhga aylanadi. Biz boshqaruv kengashi tuzib vakolatlarni taqsimlaganimizdan keyin kundalik ishlarga sarflaydigan vaqtim kamaydi. Strategiya, yangi loyihalar va tashkilot kelajagiga ko‘proq e’tibor qarata boshladim. 2. Kuchli jamoani shakllantirish Jamoangiz oiladek bo‘lishini istasangiz, unga oiladek munosabatda bo‘ling. Xodimlaringizning muammolarini tinglang, oilasi va yaqinlari haqida xabar oling, rejalarini qo‘llab quvvatlang. Birga sayohat qiling, muhim kunlarda eslang, sovg‘alar bering. Yutuqlarini e’tirof eting, qiyin paytlarida yonida bo‘ling. Xodim faqat mehnati emas, inson sifatida ham qadrlanishini his qilishi kerak. Albatta, oiladek munosabat talabchanlik va adolatni istisno qilmaydi. Munosib maosh, rivojlanish imkoniyati va mas’uliyatli muhit ham zarur. Shunda boshqa tashkilotlarning yuqoriroq maosh takliflari yoki hiring va hunting harakatlari xodimlaringizni osonlikcha olib ketolmaydi. Chunki insonni faqat maosh emas, hurmat, ishonch, qadrlanish va jamoaga tegishlilik hissi ham ushlab turadi. Men uchun yaxshi rahbar hamma qarorni o‘zi qabul qiladigan emas, mustaqil qaror qila oladigan insonlarni yetishtiradigan rahbardir. Xodimlardan sadoqat kutishdan oldin, tashkilotning o‘zi ularga sadoqat ko‘rsatishi kerak. Haqiqiy muvaffaqiyat rahbarning doimiy ishtirokiga bog‘liq bo‘lmagan, u yo‘qligida ham samarali ishlaydigan tizim va jamoa yaratishdir.

Open in Telegram
Views1,310−30%vs avg
Forwards—
Reactions38
Comments—
#2152Text
Views1,330−29%vs avg
Forwards—
Reactions35
Comments—
#2151Text

Boshqalarning hayotini muhokama qilish oson. O‘z hayotingni o‘zgartirish esa mehnat talab qiladi. Birovning vazni, kiyimi yoki tashqi ko‘rinishini tanqid qilishimiz mumkin. Boshqalarning oilaviy munosabatlari haqida fikr bildirishimiz, ishlarini muhokama qilishimiz mumkin. Ammo shu paytda o‘zimizning qaysi jihatlarimizni yaxshilashimiz kerakligini unutib qo‘yamiz. Birovning kamchiligini ko‘rishga sarflagan vaqtimizni o‘zimizni rivojlantirishga sarflasak, hayotimiz ancha yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkin. Buning uchun uchta savolni o‘zimizga berish kifoya: O‘zimda nimani yaxshilashim kerak? Sog‘lig‘im, bilimim, odatlarim yoki fe’l-atvorim ustida ishlashim kerakmi? Munosabatlarimga qanday hissa qo‘shyapman? Yaqinlarimga yetarlicha vaqt ajratyapmanmi? Ularni tushunishga harakat qilyapmanmi? Ishimni yaxshilash uchun nima qilyapman? Vaqtimni foydali ishlarga sarflayapmanmi? Kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilyapmanmi? Bu boshqalarning xatolarini umuman ko‘rmaslik yoki kerakli joyda fikr bildirmaslik degani emas. Gap boshqalarning hayotiga ortiqcha aralashib, o‘z rivojlanishimizni unutib qo‘ymaslikda. Ba’zan boshqalarning kamchiliklarini muhokama qilish orqali o‘zimizni ulardan yaxshiroq his qilamiz. Lekin birovning kamchiligi bizning yutug‘imiz emas. Boshqalarni tanqid qilish bilan emas, o‘zimizni yaxshilash bilan o‘samiz. Boshqalarning hayotini kuzatishga kamroq, o‘z hayotingizni yaxshilashga ko‘proq vaqt ajrating. Chunki sizning eng muhim vazifangiz boshqalarning kamchiliklarini topish emas, o‘zingizning kechagidan yaxshiroq bo‘lishingizdir

Open in Telegram
Views2,240+19%vs avg
Forwards—
Reactions25
Comments—
#2150Text

Bitirib ketgan shogirdlarim vaqti-vaqti bilan yo‘qlab kelishadi. Ko‘pincha suhbatimiz hayotdagi muhim qarorlar haqida bo‘ladi. Kimdir yangi ish taklifini qabul qilishga ikkilanadi, kimdir loyiha boshlashni o‘ylaydi, yana kimdir oila qurish masalasida maslahat so‘raydi. Shunday suhbatlardan birida aytilgan fikrlarni sizlar bilan ham bo‘lishmoqchiman. Balki ayni paytda shunday qarorlar oldida turgan, lekin suhbatlashishga imkon topmagan shogirdlarimga ham foydasi tegar. Shogirdim mendan so‘radi: — Ustoz, biror ishni boshlashdan oldin ko‘p o‘ylab qolaman. Agar noto‘g‘ri qaror qabul qilsam-chi? Vaqtimni yo‘qotsam-chi? — Masalan, nimada ikkilanayapsan? — Yaxshi ishga kirishim kerak. Yana bir loyiha boshlash haqida ham o‘ylayapman. Lekin qaysi birini tanlashni bilmayman. Birini tanlasam, ikkinchisidan quruq qoladigandekman. Tanlagan yo‘lim o‘xshamasa, keyin nima qilaman? Men undan so‘radim: — Sen istagan ishingga kira olmasang, hayoting to‘xtab qoladimi? — Yo‘q, albatta. Boshqa ish qidiraman. — Unda nega aynan shu ishga kira olmaslikni bunchalik katta muammo deb ko‘ryapsan? U biroz o‘ylanib qoldi. — Chunki shu ishni juda xohlayapman. O‘xshamasa, o‘zimdan xafa bo‘lsam kerak. — Uni xohlashing yaxshi. Qo‘lingdan kelganicha harakat qil. Lekin natija sen kutgandek bo‘lmasa, bu sening qobiliyatsizligingni anglatmaydi. Ba’zan imkoniyat chiqmaydi, ba’zan esa boshqa yo‘l yaxshiroq bo‘lib chiqadi. Keyin u yana so‘radi: — Unda loyiha boshlashda ham tavakkal qilaverish kerakmi? Muvaffaqiyatsiz bo‘lsam-chi? — Yo‘q, shunchaki tavakkal qilaver, demayman. Rejangni tuz, hisob-kitob qil, xavflarni bahola. Keyin qaror qabul qil. Faqat muvaffaqiyatsizlik ehtimoli borligi uchun umuman urinmay qo‘yma. Loyiha o‘xshamasa ham, undan nimanidir o‘rganishing mumkin. Suhbat oxirida u yana bir savol berdi: — Oila qurishda-chi, ustoz? Noto‘g‘ri insonni tanlab qo‘yishdan qo‘rqish kerak emasmi? — Albatta, bu jiddiy qaror. Insonni yaxshilab tanish, qadriyatlaringiz mosligini tushunish va shoshilmaslik kerak. Lekin yolg‘iz qolishdan qo‘rqib, o‘zingga mos kelmaydigan insonni tanlash ham to‘g‘ri emas. Qo‘rquv seni qaror qabul qilishga majburlamasin. So‘ng unga shunday dedim: — Hayotda biror narsani juda xohlashing mumkin. Lekin o‘zingdan shuni ham so‘ra: «Agar bu amalga oshmasa, hayotimni mazmunli davom ettira olamanmi?» Agar javobing «ha» bo‘lsa, sen bu qarorni qo‘rquv ta’sirida emas, ongli ravishda qabul qilishga yaqinlashasan. Bu gaplar maqsadlaringga beparvo bo‘lishing kerakligini anglatmaydi. Aksincha, istagan narsang uchun bor kuching bilan harakat qil. Faqat butun kelajagingni bitta natijaga bog‘lab qo‘yma. Biror narsani chin dildan xohlash boshqa, unga erisholmasang hayoting barbod bo‘lishiga ishonish boshqa. Yaxshi ishga kira olmasang, boshqa imkoniyatlar bor. Loyihang o‘xshamasa, saboq olib, qayta urinishing mumkin. Bir qaroringni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelsa, bu hayotda yutqazding degani emas. Muhim qarorlarni qo‘rquv bilan emas, ongli ravishda qabul qil. Biror narsani yo‘qotishdan qo‘rqib emas, uni chindan ham xohlaganing uchun tanla. Chunki hayotda yaxshi yashashning bitta yo‘li yo‘q. Bir eshik yopilsa, boshqa yo‘l topish mumkin. Muhimi, bitta eshik ochilmay qolishidan qo‘rqib, umuman oldinga yurmay qo‘yma.

Open in Telegram
Views2,140+14%vs avg
Forwards—
Reactions50
Comments—
#2149Text
Views2,100+11%vs avg
Forwards—
Reactions35
Comments—
#2148Text
Views1,8900%vs avg
Forwards—
Reactions27
Comments—
#2147Text

Ba’zi sinovlar hayotimizni o‘zgartiradi. Ammo ularning bizni qanday insonga aylantirishi ko‘p jihatdan ularga qanday munosabatda bo‘lishimizga bog‘liq. Hayotda shunday voqealar bo‘ladiki, ularning nima uchun yuz berganini tushunolmaymiz. Yaqin insonimizdan ayrilamiz, muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz yoki hayotimizni butunlay o‘zgartirib yuboradigan sinovga duch kelamiz. Dastlab faqat og‘riqni his qilamiz. Nega aynan men, nega aynan hozir, degan savollar tug‘iladi. Ba’zan javob ham topolmaymiz. Bunday paytda o‘zimizni kuchli ko‘rsatishga majbur emasmiz. Yig‘lash, qayg‘urish va dardni his qilish zaiflik emas. Ba’zi og‘riqlarni anglash va qabul qilish uchun vaqt kerak. Ammo vaqt o‘tishi bilan ayrim sinovlar bizga ilgari anglamagan narsalarimizni ko‘rsatishi mumkin. Inson yo‘qotishdan keyin bor narsaning qadrini chuqurroq anglaydi. Muvaffaqiyatsizlikdan keyin o‘zining zaif tomonlarini ko‘radi. Yordamga muhtoj bo‘lib qolganida esa hamma narsani yolg‘iz uddalashi shart emasligini tushunadi. Ilgari boshqalarning dardini tushunish qiyin bo‘lgan bo‘lsa, o‘zi azob chekkanidan keyin ularga nisbatan mehribonroq bo‘lishi mumkin. Bu og‘riqning o‘zi yaxshi degani emas. Har qanday azob insonni kuchliroq qilishi ham kafolatlanmagan. Muhimi, boshimizdan kechirgan voqealardan nimani anglashimiz va keyin qanday yashashni tanlashimizdir. Hayotdagi ayrim savollarga javob topolmasligimiz mumkin. Ba’zi voqealar biz uchun uzoq vaqt tushunarsiz bo‘lib qoladi. Ammo har bir sinovdan keyin o‘zimizga bitta savol berishimiz mumkin: bu voqea meni qanday insonga aylantiryapti? O‘tmishni o‘zgartira olmaymiz. Boshimizdan kechirgan og‘riqlarimizni ham har doim tanlay olmaymiz. Lekin ulardan keyin qanday yashashimiz, boshqalarga qanday munosabatda bo‘lishimiz va nimalarning qadriga yetishimiz ustida ishlashimiz mumkin.

Open in Telegram
Views2,130+13%vs avg
Forwards—
Reactions31
Comments—
#2146Text

Sizga yaxshilik qilgan insonni kimga aylantirdingiz? Futbolni kuzatadiganlar biladi. Ba’zan futbolchi avval o‘ynagan jamoasiga qarshi gol ursa ham, uni nishonlamaydi. Chunki u o‘sha jamoada faoliyat yuritgan, jamoadoshlari bilan birga mehnat qilgan, muxlislarning mehrini ko‘rgan. Bugun boshqa jamoada o‘ynayotgani kechagi xotiralarni qadrsizlantirmaydi. Afsuski, hayotda hamma ham bunday yo‘l tutmaydi. Ba’zan insonlar biror gap eshitishi, biror voqeaga guvoh bo‘lishi yoki o‘zlari anglagan vaziyat asosida shoshilinch xulosa chiqarishadi. Voqeaning asl mohiyatini aniqlamaydi, ikkinchi tomonni tinglamaydi. Ammo hukm chiqarishga kelganda shoshiladi. Eng yomoni, ayrimlar bunday vaziyatda faqat munosabatini o‘zgartirib qolmaydi. Kechagi yaxshiliklarni ham inkor qiladi. Bir vaqtlar hurmat qilgan insonini bugun mensimaydi. Holbuki, bir insonning butun hayotiga bitta voqea asosida baho berish adolatdan emas. Tariximizda bu borada juda ibratli voqealar bor. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu va Mistah ibn Usasa voqeasi. Mistah Abu Bakrning moddiy yordami bilan yashardi. Ammo Oisha onamizga tuhmat qilingan voqeada tuhmat tarqatganlar qatorida uning ham ishtiroki bor edi. Bundan qattiq ranjigan Abu Bakr unga boshqa yordam bermaslikka qasam ichdi. Shunda Alloh taolo Nur surasining 22-oyatida afv etish va kechirishga undadi: «Ular afv etsinlar va kechirsinlar. Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?» Abu Bakr bu nasihatni qabul qilib, Mistahga yordamini yana davom ettirdi. Hatib ibn Abu Balta’a roziyallohu anhu voqeasi ham alohida e’tiborga loyiq. Hatib Makkaga fath yurishi haqidagi maxfiy xabarni Qurayshga yuborgan edi. Umar ibn Xattob uni jazolashni istadi. Ammo Payg‘ambarimiz ﷺ uning Badr jangida qatnashganini va avvalgi xizmatlarini inobatga oldilar. Uning butun hayotiga birgina voqea asosida baho berishga shoshilmadilar. Bu voqealar bizga muhim bir saboq beradi: insonni baholashda uning butun tarixini unutmaslik kerak. Eshitgan har bir gapimiz haqiqat bo‘lavermaydi. Ko‘rgan har bir holatimiz voqeaning to‘liq manzarasini aks ettirmaydi. Shuning uchun hukm chiqarishdan oldin aniqlashtirish, tinglash va tushunishga harakat qilish kerak. O‘zingiz qilgan yaxshilikni unuting, ammo boshqalarning sizga qilgan yaxshiligini hech qachon unutmang. Ayniqsa, yaxshiligi unutilayotgan inson bir vaqtlar sizga ustoz bo‘lgan bo‘lsa, bu yanada achinarli. Sizga vaqt ajratgan, bilganini o‘rgatgan, yo‘l ko‘rsatgan, imkoniyat yaratgan insonni birgina tushunmovchilik yoki eshitilgan gap sabab qadrsizlantirish - qanday qilib ilm va tarbiya bilan uyg‘unlashadi? Ustozning ham inson ekanini, uning ham o‘z qarashlari, qarorlari va shaxsiy hayoti borligini unutmang. Siz uning har bir qarorini ma’qullashingiz shart emas. Ammo sizga bergan ilmini, qilgan mehnatini va hayotingizdagi o‘rnini inkor etishga haqqingiz yo‘q. Insonning qadrini faqat bugungi mavqei belgilamaydi. Uning sizning hayotingizda qoldirgan izi ham bor. Bugun o‘zingizni undan kuchliroq, bilimliroq yoki muvaffaqiyatliroq deb hisoblashingiz mumkin. Lekin bu sizga yo‘l ko‘rsatgan insonni kamsitish huquqini bermaydi. Ustozingiz bilan fikringiz mos kelmasligi mumkin. Uning ayrim qarashlariga qo‘shilmasligingiz ham tabiiy. Ammo bu sizga uning bergan ilmini, qilgan mehnatini va hayotingizdagi o‘rnini unutishga sabab bo‘lmasligi kerak. Minnatdorlik faqat inson sizga yaxshilik qilib turgan paytda ko‘rsatilmaydi. Haqiqiy minnatdorlik - yo‘llar ajralganda ham, fikrlar qarama-qarshi kelganda ham, insonning avvalgi yaxshiliklarini unutmaslikdir. Ilmli bo‘lish boshqa, ilmning qadrini bilish boshqa. O‘zingiz qilgan yaxshilikni qumga yozing. Boshqalarning sizga qilgan yaxshiligini esa toshga yozing. Sizni bugungi darajangizga olib kelgan insonni bugungi mavqeingizdan turib kamsitmang. Chunki insonning haqiqiy tarbiyasi uning o‘zidan yuqoridagilarga emas, balki bir vaqtlar unga yaxshilik qilgan insonlarga qanday munosabatda bo‘lishida ko‘rinadi.

Open in Telegram
Views1,960+4%vs avg
Forwards—
Reactions49
Comments—
#2144Photo

Forwarded from Sodiq Insonlar

Jamoamiz uchun tajribali SAT oʻqituvchilarini qidirmoqdamiz! 😪ASOSIY VAZIFALAR: 😷9–11-sinf o‘quvchilariga SAT English va SAT Math fanlaridan dars berish; 😷O‘quvchilarning akademik natijalarini muntazam monitoring qilish va ularni rivojlantirish; 😷Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida sifatli va samarali darslarni tashkil etish; 😷O‘quvchilarning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga individual yondashish; 😷Darsdan tashqari mashg‘ulotlar va maktab tadbirlarida faol ishtirok etish; 😷O‘quvchilarning SAT imtihonlariga samarali tayyorgarligini ta’minlash. 😪TALABLAR: 😷 SAT Math natijasi 780-800; 😷 SAT English natijasi 750+; 😷 SAT dars berish tajribasi; 💙 UMUMIY TALABLAR: 😷Mas’uliyatli, tashabbuskor va o‘z ustida muntazam ishlaydigan bo‘lish; 😷Jamoada samarali ishlay olish; 😷O‘quvchilar bilan ijobiy va professional munosabat o‘rnata olish; 😷Zamonaviy ta’lim metodikalaridan foydalanish va kasbiy rivojlanishga intilish. 😪BIZ TAKLIF QILAMIZ: 😷Raqobatbardosh ish haqi; 😷3 mahal bepul ovqatlanish; 😷Farzandlaringiz uchun maktabda oylik toʻlovdan 50% chegirma; 😷Bepul ichki treninglar; 😷Tashqi o‘quv dasturlari va professional rivojlanish imkoniyatlari; 😷Qo‘llab-quvvatlovchi, do‘stona va professional ish muhiti; 😷Kasbiy rivojlanish uchun imkoniyatlar; 😷Ish grafigi: 8:30 - 17.00 (5/2) 😷Mehnat kodeksiga asosan rasmiy ishga qabul va mehnat shartnomasi 😷Oylik maosh — suhbat asosida kelishiladi. 😷Agar siz o‘z sohangizning kuchli mutaxassisi bo‘lsangiz, yuqori natijalarga intilsangiz va professional jamoaning bir qismi bo‘lishni istasangiz — Sodiq School sizni jamoamizga taklif qiladi! 😤Ariza topshirish uchun: @sodiqschool_hr @sodiqschoolcareers 😷 Birgalikda o‘sish sari!

Open in Telegram
Views1,960+4%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#2143Text
Views1,990+6%vs avg
Forwards—
Reactions30
Comments—
#2142Text
Views2,830+50%vs avg
Forwards—
Reactions54
Comments—
#2141Text

Ba’zan insonning dardini yengillashtirish uchun uning muammosini hal qilish shart emas. Shunchaki yonida bo‘lishning o‘zi ham katta yordam. Yaqin insoningiz qiynalayotganida, ko‘pincha unga darhol maslahat berishga yoki muammoning yechimini topishga shoshilasiz. Uni yupatmoqchi bo‘lasiz. Hammasi yaxshi bo‘lishini aytasiz. Ammo ba’zan insonga maslahat ham, yechim ham kerak bo‘lmaydi. U shunchaki uni tushunadigan, dardini tinglaydigan va hislarini inkor qilmaydigan insonni istaydi. Masalan, turmush o‘rtog‘ingiz biror narsadan qattiq xafa bo‘ldi. Siz esa uning muammosini arzimas deb hisoblashingiz yoki vaziyatga mantiqan yondashib, darhol yechim taklif qilishingiz mumkin. Lekin u ayni paytda yechim emas, tushunishni kutayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday paytda uning gapini bo‘lmasdan tinglash, hislarini kichraytirmaslik va yonida ekaningizni bildirish muhim. «Buni nimasi yomon?» deyish o‘rniga, «Bu sizga qattiq ta’sir qilganini tushunyapman», deyishingiz mumkin. «Xafa bo‘lmang», deyish o‘rniga, «Xohlasangiz, gapirib bering. Men sizni tinglayman», desangiz bo‘ladi. Bu so‘zlar muammoni hal qilmasligi mumkin. Ammo inson o‘z dardi bilan yolg‘iz emasligini his qiladi. Yaqin insoningizning dardini doim ham yo‘qota olmaysiz. Ba’zi muammolarni hal qilishga kuchingiz yetmasligi ham mumkin. Ammo uning dardini yolg‘iz ko‘tarishiga majbur emasligini his qildira olasiz. Samimiyat faqat muammoni hal qilishda emas, muammoni hal qila olmay turgan paytda ham insonning yonida qolishda namoyon bo‘ladi.

Open in Telegram
Views2,530+34%vs avg
Forwards—
Reactions47
Comments—
#2139Text
Views2,660+41%vs avg
Forwards—
Reactions38
Comments—
#2138Text
Views2,530+34%vs avg
Forwards—
Reactions53
Comments—
#2137Text
Views2,710+44%vs avg
Forwards—
Reactions78
Comments—
#2136Text
Views2,620+39%vs avg
Forwards—
Reactions38
Comments—
#2135Text

O‘zimizni qanday aldaymiz? Yoshligimda ko‘p eshitardim: yaxshi mashinada borsang, ishing bitadi. Odamlar boshqacha kutib oladi, gaplaringga ko‘proq quloq soladi, hurmating oshadi. Qaysidir ma’noda bunga men ham ishonganman. Chunki hayotda mashinasi yaxshi odamga boshqacha munosabat qilinadigan holatlarni ko‘rganman. Lekin vaqt o‘tib, ko‘p narsani kuzatganim sari bir haqiqatni tushundim: ba’zan biz muammoni hal qilish uchun emas, nafsimizni xursand qilish uchun o‘zimizga chiroyli bahona topamiz. O‘zimizga: «Menga yaxshi mashina kerak, chunki odamlar hurmat qilishi kerak», deymiz. Aslida esa yaxshi mashinani xohlayotgan bo‘lamiz. Nafsimiz istagan narsani aqlimiz orqali oqlaymiz. Albatta, yaxshi mashinaning qulayligi, xavfsizligi va amaliy foydasi bor. Ayrim ishbilarmonlik muhitlarida tashqi ko‘rinish ham dastlabki taassurotga ta’sir qilishi mumkin. Buni inkor qilmayman. Lekin bir savol bor: menga haqiqatan ham yaxshiroq mashina kerakmi yoki odamlar meni boyroq, obro‘liroq va muvaffaqiyatliroq deb o‘ylashini xohlayapmanmi? Bu ikkisi bir xil narsa emas. Agar hozirgi mashinam ehtiyojimga javob bermasa, uni almashtirish oqilona qaror bo‘lishi mumkin. Ammo mashinam bor, ehtiyojimni qondiryapti, faqat boshqalarning nazarida yaxshiroq ko‘rinish uchun yangisini olmoqchi bo‘lsam, bu qarorning asl sababini tan olishim kerak. Chunki ba’zan biz mashina sotib olmaymiz. Boshqalarning ko‘zidagi o‘zimiz haqidagi tasavvurni sotib olamiz. Muammo mashinada emas. Muammo unga qanday ma’no yuklayotganimizda. Mashinani qulaylik uchun olish boshqa, uni o‘z qadrimizning o‘lchoviga aylantirish boshqa. Chiroyli kiyinish boshqa, kiyimimiz orqali o‘zimizni boshqalardan ustun ko‘rsatishga urinish boshqa. Dunyo bizga doim bir xil xabarni beradi: yana ozgina pul, yana yaxshiroq buyum, yana balandroq maqom. Shunda odamlar sizni ko‘proq hurmat qiladi, go‘yo shundagina o‘zingizni yetarli his qilasiz. Lekin bu istakning oxiri bormi? Bugun yaxshi mashina kerak. Ertaga undan qimmatroq mashina. Bugun kattaroq uy kerak. Ertaga undan ham kattarog‘i. Bugun boshqalarning hurmatini xohlaymiz. Ertaga ularning havasini ham kutamiz. Nafsning eng nozik hiylasi shundaki, u istakni ehtiyoj qilib ko‘rsatadi. Keyin esa o‘sha ehtiyojni qondirishni hayotiy maqsadga aylantiradi. Natijada inson o‘z hayotini yaxshilash uchun ishlayaptimi yoki boshqalarning ko‘zida yaxshi ko‘rinish uchun ishlayaptimi, farqiga bormay qoladi. «Albatta, Alloh nazdida sizlarning eng hurmatlirog‘ingiz eng taqvodorrog‘ingizdir». Hujurot surasi, 13-oyat. Bu oyat insonning asl qadri uning mol-mulki, kiyimi yoki mashinasi bilan belgilanmasligini eslatadi. Asosiy mezon taqvo va insonning qanday yashayotganidir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham shunday deganlar: «Albatta, Alloh sizlarning suratlaringizga va mollaringizga qaramaydi, balki qalblaringizga va amallaringizga qaraydi». Imom Muslim rivoyati. Bu hadis dunyo ne’matlaridan foydalanishni taqiqlamaydi. Balki ularni insonning qadrini belgilaydigan mezonga aylantirmaslikni o‘rgatadi. Yaxshi mashina minishingiz mumkin. Chiroyli uyda yashashingiz mumkin. Yaxshi kiyim kiyishingiz ham mumkin. Bularning o‘zi riyo emas. Lekin bir narsani unutmaslik kerak: ne’matga ega bo‘lish boshqa, o‘z qadringizni o‘sha ne’mat bilan o‘lchash boshqa. Riyo xavfi ham shu yerda boshlanishi mumkin. Qachonki amalimiz, xarajatimiz yoki ko‘rinishimizda odamlarning maqtovi va e’tirofi asosiy maqsadga aylanib qolsa, o‘zimizni jiddiy tekshirishimiz kerak. Biror narsani sotib olishdan, yangi maqom ortidan quvishdan yoki katta qaror qabul qilishdan oldin biroz to‘xtash foydali. O‘zingizdan so‘rang: - Bu menga haqiqatan kerakmi yoki shunchaki boshqalarga yaxshi ko‘rinishni xohlayapmanmi? - Buni hech kim ko‘rmasa ham, baribir xohlarmidim? - Bu xarajat hayotimni yaxshilaydimi yoki faqat tashqi ko‘rinishimni o‘zgartiradimi? - Shu qaror uchun sarflaydigan pulim va vaqtimni bundan muhimroq narsaga ishlata olamanmi? Bu savollar sizni dunyo ne’matlaridan voz kechishga majburlamaydi. Ular ne’matlardan ongli foydalanishga yordam beradi.

Open in Telegram
Views2,200+17%vs avg
Forwards—
Reactions27
Comments—
#2134Photo
Views2,050+9%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—