Robbanaa!
2025-yilning 4-mart kuni edi. «Masnaviyxonlik darslari»ning navbatdagi soni bo’lib o’tdi. Tadbir oxirida, odatdagidek Qur’oni Karimdan tilovat qilindi. Qori Oli Imron surasining oxiridagi «Robbanaa!» deb boshlanadigan oyatlarni (191-194) qiroat qildi.
Tilovatdan so’ng ustoz Mirzo Kenjabek duo qilib, tilovatga ham to’xtalib o’tdilar. Bu oyatlarda juda katta ma’nolar jamlangani, ulug’ duolar qilinganini aytib, go’zal bashoratni aytdilar:
«Ulamolar: «Kim 5 marta «Robbanaa!» deb, keyin duo qilsa, shubhasiz ijobat bo‘ladi», deganlar».
Ustozning bu bashoratlarini eshitishim bilan Husaynxon ustozning taroveh tasbehidan keyin o’qigan duolari yodimga tushdi. O’shanda ustoz 5 marta «Robbanaa!» deb duo qilgandilar. Shundan so’ng men ham duo qilsam, imkon qadar shunday odatni yo’lga qo’ydim.
✨ Ikkala ustozning Qur’oni Karimdagi «Robbanaa!» deb boshlangan 32 ta duoni tilovat qilganlarini bitta videoga jamlab, e’tiboringizga havola qilish harakatidamiz.
Ilohim, ushbu video ustoz Mirzo Kenjabek domla aytganlaridek, duolarimiz ijobat bo’lishiga vasila bo’lsin! 🤲
@hasanhusayn