🌟 Hikoyalar toplami Milliy sertifikat imtihonlarida badiiy matn tahlilida Chexov hikoyalari tushayotganligi bois ushbu hikoyalar toʻplamlarini oʻqib, g'oyasi, obrazlari va ramzlarni tahlil qilishingiz tavsiya qilinadi.
Open in TelegramPosts of GRANT ÇANNEL
INQIROZ SABABLARI Davlatlarning inqirozi sabablari haqida Ibn Xaldun shunday deydi: - Davlatlar o‘nta ichki muammolar sababli inqirozga yuz tutadi: 1. Birdamlik yo‘qolishi; 2. Ishlab chiqarishning susayishi; 3. Iste’molning haddan oshishi; 4. Soliqlarning ortishi; 5. Ulamolarning e’tiborsizlashmasi; 6. Adolatsizlikning yoyilishi; 7. Ko‘chishning ortishi; 8. G‘urur va kibrning ko‘payishi; 9. Hashamatga mukkasidan ketish; 10. Riyokorlik, hushomadgo‘ylarning ko‘payishi! @dilsahifalari
Open in TelegramHARBIY ATAMALARNING ÖZBEKÇA MUQOBILLARI TASDIQLANDI: HAMLA, DARRA, TÖSIQPOST...! Davlat tilining nufuzini oşiriş, uning sofligini ta’minlaş va sohaviy atamalarni özbekça muqobillar bilan boyitiş yölida yana bir muhim qadam taşlandi. Vazirlar Mahkamasining tegişli hujjati bilan harbiylaştirilgan tuzilmalar faoliyatiga oid 30 ta harbiy atamaning özbekça muqobili tasdiqlandi. 📌 Yangi atamalar bilan tanişing: 🔹 Аксельбант — Zarband 🔹 Амбразура — Şinak 🔹 Атака — Hamla 🔹 Барабан — Dovul 🔹 Барабанчи — Dovulçi 🔹 Блиндаж — Panajoy 🔹 Блокада — Qamal 🔹 Бронежилет — Zirhnimça 🔹 Блокпост — Tösiqpost 🔹 Вещмешок — Yukxalta 🔹 Гауптвахта — Bandixona 🔹 Горн — Burğu 🔹 Горнчи — Burğuçi 🔹 Диверсия — Qöporuvçilik 🔹 Диверсант — Qöporuvçi 🔹 Дубинка — Darra 🔹 Дозор — Erovul 🔹 Кокарда — Jiğa 🔹 Котелок — Qozonça 🔹 Мишень — Nişon 🔹 Окоп — Xandaq 🔹 Противогаз — Gazniqob 🔹 Режим — Tartibot 🔹 Траншея — Xandaq yölagi 🔹 Тревога — Bong 🔹 Тренчик — Zanjirboğ 🔹 Трибунал — Harbiy mahkama 🔹 Фуражка — Börk 🔹 Фортификация — Istehkom 🔹 Шеврон — Uqa 💬 Xabarni barçaga ulaşing. Özbekça atamalardan foydalaning!
Open in Telegram💡Semantik dialektizmlar Bu turdagi sheva so‘zlarining yozilishi va talaffuzi adabiy tildagi so‘zlar bilan bir xil bo‘ladi. Ammo ayni bir so‘z adabiy tilda boshqa ma’noni, shevada esa mutlaqo boshqa ma’noni bildiradi. ✔️Quyidagi misollar orqali yaxshiroq tushunish mumkin: 1. U besh yildan beri qishloqdagi uyida onasi bilan o’tiradi. (yashamoq, istiqomat qilmoq) 2. Kursdoshim Hanifa Qumqo’rg’ondan Oltinsoyga kelib bo’lib tushibdi. 3. Mard bo’lsa, o’rtaga chiqsin, zo’ri bilan ko’raman. 4. Tezroq uyga qaytali, hozir akam ishdan galib qoladilar, savol-javob boshlanadi. (Ota ma’nosida) 5. U dayraning nargi betida turadi. (tomon) 📌Leksik dialektizmlarda so‘zning o‘zi adabiy tilda bo‘lmaydi (masalan, shotu — narvon, inak — sigir). 📌Semantik dialektizmlarda esa so‘z adabiy tilda bor, faqat unga yangi (hududiy) ma’no yuklangan bo‘ladi. @nazirov_blogi
Open in Telegram📝📝Test boshlandi. Test muallifi: Umid Shomurodov Test nomi: Ona tili va adabiyot MS test Savollar soni: 44 ta
Open in TelegramSamgin Qurbonov tomonidan tuzilgan namunaviy milliy sertifikat testi. 🤖 Bot manzili: @stm_testbot 🖥 Test kodi: 1BDB85
Open in Telegram⚡️ Ayrim ehtimoliy mavzularda yozilgan namunaviy esse! Milliy sertifikatga tayyorlanuvchi barcha uchun manfaatli bo`lsin! 📲 @samgin_qurbonov
Open in Telegram