1. Tog' (Mountain) - Yer yuzasining atrofdagi hududlarga nisbatan ancha baland ko'tarilgan, murakkab relyef shakli. Odatda yonbag'irlari tik va cho'qqiga ega bo'ladi. 2. Cho'qqi (Peak / Summit) - Tog' yoki tog' tizmasining eng baland nuqtasi. 3. Tekislik (Plain) - Yer yuzasining nisbatan tekis yoki biroz to'lqinsimon, balandlik farqlari kichik bo'lgan keng hududi. 4. Plato (Plateau) - Atrofdagi hududlarga nisbatan baland joylashgan, yuzasi nisbatan tekis yoki kuchsiz to'lqinsimon bo'lgan yassi relyef shakli. 5. Vodiy (Valley) - Ikki balandlik yoki tog' yonbag'irlari orasida joylashgan, odatda daryo oqimi ta'sirida shakllangan cho'zilgan pastqam relyef shakli. 6. Kanyon (Canyon) - Daryo eroziyasi natijasida hosil bo'lgan, chuqur, tor va tik yonbagʻirli vodiy. @GeologyUzbekistan
Open in TelegramPosts of GEOLOGYUZBEKISTAN
#mulohaza_uchun Яхши раҳбар – неъмат Ҳаётда ҳамма ҳам яхши раҳбарга йўлиқавермайди. Яхши раҳбар фақат топшириқ берадиган одам эмас. У ишончини билдирадиган, хато қилганда тўғри йўл кўрсатадиган, ўсишингга имкон яратадиган устоз ҳамдир. Унинг ёнида ишлаб, ҳам касбни, ҳам ҳаётни ўрганасан. Бундай инсонлар ризқ каби насиб этади. Шунинг учун ҳам яхши раҳбар ва устоз – Аллоҳнинг буюк неъматидир. Бундай инсон ҳаётингизда бор экан, қадрига етинг. @GeologyUzbekistan
Open in TelegramТайинловлар: ➖ Шамсиддин Алимов тоғ-кон саноати ва геология вазири ўринбосари этиб тайинланди. У бунга қадар вазирлик тизимидаги «Ўзбек геология қидирув» акциядорлик жамияти бошқаруви раиси лавозимида фаолият юритган. ➖ Отабек Аманов энергетика вазирининг ўринбосари лавозимига тайинланди. Бунгача у Атом энергияси агентлигининг АЭС қурилиши дирекцияси директори ўринбосари лавозимида фаолият юритиб келаётган эди. ➖Ўткирбек Каримов Хоразм вилояти Қўшкўпир тумани ҳокими лавозимига тайинланди. У бунга қадар вилоят солиқ бошқармаси бошлиғи ўринбосари лавозимида фаолият юритиб келган. @GeologyUzbekistan
Open in TelegramTDTU TALABASI — ÖZBEKISTON KUBOGI SOVRINDORI! Toşkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti talabasi Fayzulla Jamoliddinov sport maydonida öz mahorati va irodasini namoyon etib, yuksak natijaga erişdi. U yoşlar örtasida grappling va pankration böyiça ötkazilgan Özbekiston kubogida muvaffaqiyatli iştirok etib, faxrli 3-örinni egalladi. Mazkur musobaqa xalqaro bellaşuvlarga saralaş bosqiçi sifatida ham ahamiyat kasb etdi. Fayzulla Jamoliddinovni erişgan muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi bellaşuvlarda omad, kuç-ğayrat va yangi ğalabalar tilaymiz! Bizni kuzating 🌍Veb-sayt📱 @GeologyUzbekistan
Open in TelegramNeft qazib olishda nega gaz ajratib olinadi? Neft konlaridan qazib olinayotgan xom neft tarkibida ko‘pincha yo‘ldosh neft gazi (YNG) ham bo‘ladi. Bu gaz neft bilan birga yer yuzasiga chiqadi va uni neftdan ajratib olish zarur. Buning asosiy sababi — neftni qayta ishlash va tashish uchun belgilangan standartlarga moslashtirish. Neft tarkibidagi ortiqcha gaz ajratilmasa, uning bosimi va fizik xususiyatlari o‘zgarishi, saqlash hamda tashish jarayonida esa qo‘shimcha xavflar yuzaga kelishi mumkin. Uzoq vaqt davomida yo‘ldosh neft gazi neft kompaniyalari uchun asosiy mahsulot emas, balki qazib olish jarayonining ikkilamchi mahsuloti hisoblangan. Shu sababli undan foydalanish infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, gazni utilizatsiya qilishning eng oddiy usuli esa uni mash’alalarda yoqib yuborish bo‘lgan. Biroq bu jarayon katta miqdordagi energiyaning yo‘qotilishiga va atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishiga olib keladi. Bugungi kunda yo‘ldosh neft gazini elektr energiyasi ishlab chiqarish, isitish va kimyo sanoatida xomashyo sifatida ishlatish orqali undan samarali foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Ya’ni, bir vaqtlar keraksiz chiqindi sifatida qaralgan gaz bugun qimmatli energiya manbai va sanoat uchun muhim xomashyoga aylanmoqda. @GeologyUzbekistan
Open in Telegram🇺🇿 18 ноябрь — Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун! Барча юртдошларимизни ушбу қутлуғ сана билан самимий табриклаймиз! Юртимизда тинчлик ва осойишталик бардавом бўлсин. Мустақиллигимиз рамзи бўлган байроғимиз ҳамиша баландларда ҳилпирайверсин! 👉 @GeologyUzbekistan
Open in Telegram#tabrik 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni! Talabalik — orzular qanot yozadigan, bilim va tajriba töplanadigan, unutilmas xotiralar yaraladigan umrning eng gözal fasli. Aziz talabalar! Izlanişdan çarçamang, maqsadlaringiz sari dadil intiling. Bugungi mehnatingiz ertangi yutuqlaringizga poydevor bölsin! Sizlarga mustahkam soğliq, ilm yölida ulkan muvaffaqiyatlar va yorqin kelajak tilaymiz! Bayramingiz muborak bölsin, aziz talabalar! @GeologyUzbekistan
Open in TelegramЕр остида шахталардан кўмир қазиб олиш жараёни хеч кўрганмисиз? 😱 @GeologyUzbekistan
Open in Telegram🪨 BIR TONNA TOSH ICHIDA QANCHA OLTIN BO‘LISHI MUMKIN? Geologlar rudani laboratoriyaga yuborib, uning tarkibidagi oltin miqdorini aniqlashadi. Masalan: ⚖️ 1 tonna ruda = 3,2 gramm oltin. 🔥 Buning uchun maxsus laboratoriya tahlillari qo‘llaniladi. 🔬 Natija g/t — gramm/tonna bilan ifodalanadi. Bu videodagi 3,2 g/t — tushuntirish uchun olingan misol. ❓ SAVOL: Sizningcha, bir tonna rudada 3,2 gramm oltin bo‘lsa, uni qazib olish foydalimi? Javobingizni izohlarda yozing? @GeologyUzbekistan
Open in TelegramKoinotdan Yerga qaytish nega bunchalik qiyin? Astronavtlar uzoq vaqt davomida koinotda bo‘lib, Yerga qaytganlarida ko‘pincha oddiygina tik turish yoki yurishda ham qiynalishadi. Ayrimlari hatto hushidan ketishi mumkin. Buning asosiy sababi — vaznsizlik sharoitida inson organizmining o‘zgarishidir. Koinotda tortishish kuchi deyarli sezilmagani sababli inson tanasi uzoq vaqt davomida unga qarshi kurashishga majbur bo‘lmaydi. Natijada mushaklar, ayniqsa oyoq va bel mushaklari zaiflashadi, suyaklar esa zichligini yo‘qota boshlaydi. Bundan tashqari, miya tananing muvozanatini boshqarishda Yer tortishish kuchiga ham tayanadi. Vaznsizlik sharoitida esa vestibulyar tizim boshqacha ishlashga moslashadi. Yerga qaytilgach, miya yana tortishish kuchiga moslashishi kerak bo‘ladi. Shu sababli astronavtlar bosh aylanishi, muvozanatni yo‘qotish va hatto hushdan ketish holatlarini boshdan kechirishi mumkin. Qizig‘i shundaki, ular Yerga qaytganlaridan keyin ham bir muddat buyumlarni qo‘yib yuborsalar, ular havoda muallaq qoladigandek harakat qilishlari mumkin. Chunki miya hali ham vaznsizlik sharoitiga moslashgan bo‘ladi. Shu sababli astronavtlar kosmik missiya davomida muntazam ravishda maxsus trenajyorlarda mashq qilishadi. Yerga qaytgach esa organizmning odatiy sharoitga moslashishi uchun reabilitatsiya jarayonidan o‘tishadi. @GeologyUzbekistan
Open in Telegram