Account

G'azna

Data-jurnalist va Tanga.uz nashri muharriri Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali. Davlat pullari nimaga ishlatilayotganini kuzataman va bo'lishaman. Reklama bo'yicha murojaat: @proekt_pr

Username
@gazna1
Subscribers4,280
Avg views per post, 7d—last 7 days
ERR26.40%30-day average

Latest posts

#715Photo
Views1,1300%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#714Text

“Inson faxri” milliy mukofoti konsert dasturini tashkil etish uchun deyarli 2,5 mlrd so'm sarflanadi Vazirlar mahkamasining 2026-yil 7-oktyabr qarori asosida ta'sis etilgan mukofotning taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Bu qanday mukofot? Mukofot jamiyat hayotining turli sohalarida, asosan ijtimoiy himoya sohasida jasorat, mardlik va fidoyilik koʻrsatgan, ogʻir hayotiy vaziyatda yordam bergan shaxslarga tanlov asosida beriladi. Mukofot summasi: BHM ning 20 baravari, hozirgi holatda deyarli 9 mln so'm. Qarorga ko'ra, arizalar har yili 15-martdan 1-iyungacha qabul qilinadi, ishchi guruh har yili 1-sentyabrga qadar nomzodlarning faoliyati va erishgan natijalarini tahlil qilib, eng munosib 50 nafar nomzod ro‘yxatini shakllantiradi. Ro‘yxat har bir nomzod bo‘yicha alohida xulosa bilan mukofot kengashiga taqdim etiladi. Yakuniy qaror har yili 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Qaror 10-oktyabrda kuchga kirgan, mukofotni negadir keyingi yildan emas, shu yilni o'zidan boshlab yuborishga qaror qilishibdi. Deyarli 2,5 mlrd so'mga nima ishlar bajarilishi nazarda tutilgan? Xarid doirasida “Inson faxri” tantanali konsert dasturini tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirilgan: 1. Ijodiy tayyorgarlik: tadbir konsepsiyasi va ssenariysini ishlab chiqish, san’atkorlar va nominantlar ishtirokini tashkil etish; 2. Sahna va texnik ta’minot: sahnani bezatish, ovoz, yoritish va LED uskunalarini o‘rnatish; 3. Media va vizual materiallar: grafikalar, videoroliklar va taqdirlash marosimi uchun kontent tayyorlash; 4. Tashkiliy ishlar: mehmonlarni taklif qilish, kutib olish, joylashtirish va taqdirlash marosimini tashkil etish; 5. Tadbirni o‘tkazish: konsert dasturini boshqarish, jonli efirni ta’minlash va tadbir yakunida uskunalarni demontaj qilish. Xarid g'olibi: "ENTERTAINMENT SUPPORT" MChJ @gazna1

Open in Telegram
Views1,1300%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#713Text
Views10,300+812%vs avg
Forwards—
Reactions30
Comments—
#712Photo
Views3,410+202%vs avg
Forwards—
Reactions25
Comments—
#710Photo
Views2,990+165%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#709Text
Views14,200×13vs avg
Forwards—
Reactions58
Comments—
#708Video
Views3,200+183%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#707Photo
Views2,690+138%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#706Text

Hozirgina "Yangi O'zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalarini 2026-yilda chop etish bo'yicha 6,3 mlrd so'mlik tender o'z yakuniga yetdi. Ha, 2026-yil davomida, 1-yanvardan 31-dekabrgacha - 29-iyulda. Tender natijasi shu yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Yanvardan buyon bu gazetalar chiqmayotganmidi? Yo'q, chiqayotgandi. Yanvardan buyon ularni "Sharq" AJ chop etib kelyapdi. Topinglarchi tenderni kim yutadi? Tender hujjatlariga ko'ra, g'olib korxona 2026-yil davomida 252 kun mobaynida quyidagi hajmda gazetalarni chop etishi kerak: - "Yangi O'zbekiston gazetasi" - har kuni 40 000 tiraj - "Pravda vostoka" gazetasi - har kuni 1 500 tiraj Umuman olganda, bu yilgi summa avvalgilardan ancha kam. 2022-yilning ikkinchi yarimini o'zida bu gazetalar uchun 10,6 mlrd so'm sarflangan, 2023-yilda - 23,4 mlrd, 2024- yilda - 13,9 mlrd, 2025-yilda - 8,5 mlrd so'm. Aslida gazeta yanvardan buyon o'tkazgan tenderlarni 7 tasi bekor bo'lgan, barchasida yoki "Sharq" AJ ni bir o'zi qatnashgan, yoki raqobatchisi mos kelmagan va diskvalifikatsiya qilib yuborilgan, yoki hech kim qatnashmagan. Hozir 8-si o'tkazilmoqda va bunisi muvaffaqiyatli bo'lishi fakt emas. Nega tenderda hech kim qatnashmayapdi? Chunki muddati 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan ilk tender 12-yanvarda o'tkazilgan, ungacha 6 ta sonni "Sharq" AJ chop etgan. Kim g'olibi aniq xaridda qatnashishni istaydi? Qaysi nashriyot hozir boshini og'ritib shundoq ham egasi bor xizmat tenderiga hujjat yig'adi? Qiziq, 8-tenderni amallashdimikin yoki spektakl davom etadimi? P.S. Ushbu tenderni boshlang'ich summasi aslida 14 mlrd so'm bo'lgan, ammo ekspertiza markazining 2025-yil 3 dekabrdagi xulosasida narxni 6,3 mlrd so'mga tushirish kerakligi belgilangan. @gazna1

Open in Telegram
Views4,870+331%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#705Text
Views1,960+73%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—

All posts