“Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti matbuot erkinligi “yirtqichlari” sifatida 33 nafar shaxs va tashkilot ro‘yxatini e’lon qildi. Bu yil unga Donald Tramp va Qozog‘iston prezidenti Toqayev ham qo‘shildi. AQSh va Rossiya ro‘yxatda eng ko‘p vakili qayd etilgan davlatlar bo‘ldi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/press-freedom-predators/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramPosts of Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
O‘zbekistonda kredit va depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari yaqin 3−4 yilda asta-sekin pasayishi mumkin, dedi MB rahbari o‘rinbosari Nodirbek Achilov. Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalar bir yildayoq 2−3 foiz bandiga tushdi. Banklar yillik 18 foizdan yuqori stavkali omonatlarni tobora kam taklif qilmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/deposits-credits/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramDollar kursi oshdi Markaziy bank 5-noyabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi. Unga koʻra, 1 AQSh dollari 23,66 soʻmga qimmatlab, 11 935,37 soʻm etib belgilandi. Yevro oshdi, rubl biroz tushdi. Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramMB 2026-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozini 6,5 dan 7 foizgacha oshirdi. Isitish va issiq suv tariflarining e’lon qilingan oshirilishi regulyator dastlabki hisob-kitoblaridan yuqori bo‘ldi. MB ularning inflyatsiyaga bevosita ta’siri qisqa muddatli bo‘lishini kutmoqda, ammo ikkilamchi ta’sirlarni hisobga olmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/tariffs/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramNukusda epidemik xavflarni erta aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan Jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda vaziyatlar operatsion markazi ish boshladi. Aprelda Termizda ham ochilgan bunday markazlar AQSh va YUNISEF ko‘magida tashkil etilmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/center/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramSamarqand va Buxoro o‘rtasida sement-beton qoplamali pulli avtomobil yo‘li hamda tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l liniyasi quriladi. Yangi pulli yo‘l ikki shahar o‘rtasidagi qatnov vaqtini 5 soatdan 1,5 soatgacha qisqartiradi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/samarqand-buxoro/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramToshkent modernizmi binolari YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi shahar oldiga ularning me’moriy qiymatini saqlab qolish va zamonaviy hayotdagi o‘rnini topish vazifasini qo‘ydi. Tashkent Design Week’da tarixiy binolarni himoya qilish va bugungi hayotdan ajratib qo‘ymaslikda yordam beradigan yondashuvlar muhokama qilindi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/tashkent-modernist-architecture/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramToshkentning Olmazor tumanida avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘sib, raqsga tushgan sakkiz yigit 7 sutkaga qamaldi. “Kelinning uyidan chiqayotganda xursandchilkka berilib, yo‘lni to‘sib qo‘yibmiz…Afsusdamiz”, — dedi ulardan biri. Fuqarolar mayda bezorilik bo‘yicha aybdor deb topildi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/case/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramMB inflyatsiyaning barqaror sekinlashishi fonida 2029-yilgacha asosiy stavkaning bir xonali darajagacha pasaytirilishi mumkinligini istisno etmaydi. Regulyatorda stavkani 14 foizdan 13,5 foizgacha pasaytirish imkoniyati ham muhokama qilingan, biroq ko‘pchilik amaldagi darajada saqlab qolishni qo‘llab-quvvatlagan. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/main-rate-2029/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramO‘zbekistonda “ekstremizm” tushunchasiga aniqlik kiritilib, bu bo‘yicha javobgarlik qayta ko‘rib chiqildi. Kiritilgan yangi normalar bilan birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlikka ma’muriy jazo joriy etildi. Shuningdek, ekstremistik tashkilotlar va materiallarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/ekstremizm/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramDunyodagi eng yirik kriptobirja bo‘lmish Binance 29-oktabr kuni tizimdan 6,34 mlrd dollar qanday o‘g‘irlanganini ochiqladi: hakerlar hujumi o‘g‘rilikdan besh oy oldin boshlangan. Ular tizimga xodimlarning qurilmalari hamda ichki SI vositasi orqali kirib olgan. Hujumda Shimoliy Koreya guruhi gumonlanmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/binance/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram5−6-noyabr kunlari Samarqandda “Xavfsizlik masalalari bo‘yicha ShHT plyus muloqoti"ning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. U “Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik” mavzusiga bag‘ishlanadi. Tadbir O‘zbekiston DXX rahbari general-polkovnik Bahodir Qurbonov raisligida o‘tkaziladi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/sco-plus/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramAQShdagi oraliq saylovlarda Demokratik partiya 94 yil ichida ilk bor Kanzas shtatidan Senatdagi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nomzod Adam Hemilton 51 foiz ovoz to‘plab, amaldagi respublikachini mag‘lub etdi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/kansas/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramBuxoro NQIZ $328 mlnga modernizatsiya qilinadi. Xomashyo qayta ishlash quvvatini oshirish hamda “Yevro-5” standartidagi Ai-92 va Ai-95 benzinlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish reja qilinmoqda. Ilgari modernizatsiya 553 mln dollarga baholangan va yuqori oktanli benzinga o‘tishni 2025-yildayoq yakunlash ko‘zda tutilgandi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/bnpz/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram9 oyda O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab 17,9 foizga oshib, $50,4 mlrdga yetdi. MB operatsiyalarini hisobga olmaganda, valyuta taklifi tezroq — 25,3 foizga o‘sib, $43,8 mlrdni tashkil etdi. Talab va taklif o‘rtasidagi tafovut $7,8 mlrddan $6,6 mlrdgacha qisqardi. Aholi banklarga qariyb $19 mlrd sotdi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/currency/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramBuxoroda yangi xalqaro aeroportga olib boruvchi 5,5 km alohida BRT yo‘lagi tashkil etish reja qilinmoqda. Prezident mutasaddilarga aeroport va yo‘lni 2027-yil Mustaqillik bayramigacha foydalanishga topshirish vazifasini berdi. Malayziya, Kuvayt, Misr kabi davlatlar bilan aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish topshirildi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/bukhara-airport/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramAQShdagi oraliq saylovlarda Demokratik partiya Senat va Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallab, tarixiy g‘alabaga erishdi. Ular hatto respublikachilarning tayanchi bo‘lgan shtatlarda ham ustun keldi. Prezident Donald Tramp natijalardan “biroz hayratda” ekanini bildirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/house/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramMarkaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator buni yuqori ichki talab va tashqi bozorlardagi xatarlar fonida qat’iy pul-kredit sharoitlarini hamda milliy valyutadagi jamg‘armalar jozibadorligini saqlab qolish zarurati bilan izohladi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/stavka/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramJina Inohosa 30 yildan so‘ng Texas shtatining ilk demokrat va tarixdagi birinchi lotin amerikalik ayol gubernatori etib saylandi. U respublikachi Greg Ebbotni mag‘lub etib, sensatsiya qayd etdi. Hududdagi AQSh Senati uchun saylovda ham demokrat Jeyms Talariko g‘olib bo‘ldi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/texas/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramQatar Airways o‘zbekistonliklarni aeroportda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga ishga taklif qilmoqda. Nomzodlar 21−32 yosh, kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi va ingliz tilida yaxshi muloqot qila olishi kerak. Kompaniya turar joy, transport va tibbiy ta’minot taklif qiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/work-in-qatar/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramDemokratlar oraliq saylovlarda 52 o‘rin bilan AQSh Senati ustidan nazoratni qaytarib oldi. Bu Trampning kun tartibini cheklab, Kongressda yangi qarshilik davrini boshlaydi. Shuningdek, demokratlarning Vakillar palatasida ham ko‘pchilikni egallashi kutilmoqda. Tramp natijalarni tan olishga tayyorligini bildirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/us-senate/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramTo‘qqiz oy ichida O‘zbekistonga xorijdan 15,2 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,9 foizga ko‘p. Biroq o‘sish sur’ati sezilarli darajada sekinlashdi. O‘zbekistondan xorijga yuborilgan mablag‘lar hajmi esa qariyb 2 mlrd dollarni tashkil etdi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/money-transfers/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramToshkentning Shayxontohur tumanida 24 yoshli yigit mast holatda qo‘shnisining mushugini qiynab, oyog‘ini qayrib, unga jarohat yetkazdi. Fuqaroga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/animals/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramYashnobod tumanida Lixiang L9 avtomobili belgilanmagan joydan o‘tayotgan 39 yoshli piyodani urib yubordi. Olingan jarohatlar oqibatida piyoda voqea joyida vafot etdi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/yth/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramGrenlandiya parlamenti Donald Tramp bilan tuzilgan xavfsizlik bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Hujjat orolda AQSh harbiy ishtirokini kengaytiradi va keskinlikni yumshatishga qaratilgan. Muxolifat uning iqtisodiy foydasini shubha ostiga qo‘ydi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/greenland/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 207 |
| 10 h | 832 |
- After 1 hour207
- Total to date832
Zamonaviy arxitektura muhitning inson sog‘lig‘iga ta’sirini tobora ko‘proq inobatga olmoqda. Bu tamoyil jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlikni birlashtirgan wellness yondashuvi asosidir. Uni amaliyotga tatbiq etish masalasi Tashkent Design Week doirasida muhokama qilindi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/03/wellness-design/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 329 |
| 10 h | 842 |
- After 1 hour329
- Total to date842
Ispaniya transport vaziri Oskar Puente 69 kishi halok bo‘lgan poyezd halokatidan 6 kun o‘tib iste’foga chiqdi. U bir yil ichidagi ikkita yirik poyezd halokatlaridan keyin lavozimda qola olmaslini bildirdi. Puente, shuningdek, yaqinlashayotgan parlament saylovlaridagi nomzodini ham qaytarib oldi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/oscar-puente-resign/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 427 |
| 11 h | 865 |
- After 1 hour427
- Total to date865
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 2 dan 3 ballgacha bo‘lgan zilzila sezildi. Uning epitsentri Qirg‘izistonning O‘sh hududiga to‘g‘ri kelib, magnitudasi 5,2 ni tashkil etdi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/04/quake/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 5 h | 571 |
| 14 h | 943 |
- After 6 hours571
- Total to date943
Toshkentning Ko‘kcha darvoza ko‘chasining 7 kilometrlik qismida 16 ta svetoforni birlashtirgan “yashil to‘lqin” tizimi ishga tushirildi. Yangi tizim evaziga haydovchilar ushbu yo‘nalishdagi har bir qatnovda odatdagidan o‘rtacha 8 daqiqa vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/03/green-road/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 187 |
| 10 h | 715 |
- After 1 hour187
- Total to date715
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan o‘quvchilarga Work and Travel xalqaro dasturi doirasida xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Borib-kelish va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida ssuda ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/11/03/work-and-travel/ Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 333 |
| 11 h | 761 |
- After 1 hour333
- Total to date761