Zayniddin Tojiyev: "Keyingi yil oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilsa, harakat qilib ko‘ramiz" Proliganing 25-turidan o‘rin olgan "Aral" — "Gʻazalkent" (2:0) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz ustozi Zayniddin Tojiyev o‘z fikrlarini bildirdi. "Aral" jamoasini Superliga yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Necha yil deganda harakat qilib, elitaga chiqdi. Ularga faqat omad tilayman. O‘yinda juda ko‘p vaziyat yaratdik, lekin gol ura olganimiz yo‘q. Bizning kunimiz emas ekan. Lekin yigitlarimga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular borlarini berishdi. Juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik, omadimiz kelmadi. Futbolchilarimiz o‘sishda davom etishlari kerak. Keyingi mavsumda oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilsa, harakat qilamiz. "Aral" Superligada yaxshi o‘rinlar olishini tilab qolaman. "Aral" Superligada qanday qatnashadi? Hamma narsa tayyorgarlikka bog‘liq. Mavsumga munosib hozirlik ko‘rishsa, autsayderlar orasida bo‘lmaydi, deb o‘ylayman", — dedi Zayniddin Tojiyev. 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 5 h | 553 |
| 12 h | 680 |
| 28 h | 756 |
- After 6 hours553
- After 24 hours756
- Total to date756