Account

Posts of FVV Akademiyasi

newest first

#26236Photo

#dual_taʼlim Dual ta’lim asosida Islom sivilizatsiyasi markazida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida kursantlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida dual ta’lim asosida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot “Ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish avtomatikasi” fani doirasida o‘tkazilib, unda kursantlar majmuada o‘rnatilgan zamonaviy yong‘in xavfsizligi tizimlarining ishlash prinsiplari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, avtomatik yong‘in xabarlagichlari, yong‘inni o‘chirish, tutunni chiqarish, shamollatish, odamlarni ogohlantirish va evakuatsiyani boshqarish tizimlarining vazifalari, shuningdek, ularning texnik holatini nazorat qilish tartiblari o‘rganildi. Alohida ta’kidlash joizki, nodir qo‘lyozmalar, arxeologik topilmalar va bebaho tarixiy eksponatlar saqlanadigan mazkur majmuada yong‘inni barvaqt aniqlash, tashrif buyuruvchilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash hamda milliy madaniy merosni asrash masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Amaliy mashg‘ulot davomida kursantlar nazariy bilimlarini real obyekt misolida mustahkamlab, yong‘in xavfsizligi avtomatika tizimlarining imkoniyatlari va ularning favqulodda vaziyatlarning oldini olishdagi ahamiyatini o‘rgandilar. 🆕 maʼlumot foydali boʻlgan boʻlsa bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Boshqa yangiliklar 👇 🕸Veb-sayt| 📱 Telegram|‌‌‌ 🌐Youtube

Open in Telegram
Views530+1%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#26230Photo

#psixologiya PSIXOLOGIK BARQARORLIK — KASBIY FAOLIYAT SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida kuni kecha Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim tashkilotlari konsorsiumining birinchi sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida «Psixologik barqarorlik – samarali xizmat asosi» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Huquqni muhofaza qilish organlari va oliy ta’lim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar va talabalar hamda FVV Akademiyasi «Milliy iftixor, vatanparvarlik va huquqiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi, mayor Boburjon Teshaboyev rahbarligida Akademiya kursantlari ham faol qatnashdilar. Tadbirda xizmat faoliyatida uchraydigan murakkab va stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, vaziyatni xolis baholash va to‘g‘ri qaror qabul qilish, ruhiy-irodaviy sifatlarni rivojlantirish hamda psixologik barqarorlikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va kursantlarning kasbiy hamda ma’naviy-axloqiy tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. Tadbir kursantlarning kasbiy-psixologik tayyorgarligini mustahkamlash, mas’uliyatli xizmat faoliyatida muhim bo‘lgan ruhiy barqarorlik va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 🆕 maʼlumot foydali boʻlgan boʻlsa bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Boshqa yangiliklar 👇 🕸Veb-sayt| 📱 Telegram|‌‌‌ 🌐Youtube

Open in Telegram
Views488−7%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#26225Photo
Views516−2%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#26215Photo
Views570+8%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—