✅ YAKSHANBA — ABITURIYENT UCHUN DAM OLISH KUNI EMAS!
🔥Hurmatli ota-onalar, bir daqiqa to‘xtab, farzandingizning kelajagi haqida o‘ylab ko‘ring!
✅ Bugun ko‘pchilik abituriyentlarimiz yakshanba kunini dam olish kuni deb hisoblab, darslarga kelishni o‘zlariga ep ko‘rishmayapti. Afsuski, ayrim ota-onalar ham bu holatni oddiy qabul qilishmoqda.
♻️ Lekin bir narsani unutmasligimiz kerak: abituriyent uchun vaqt — bu shunchaki vaqt emas, vaqt — bu ball, ball esa kelajakdagi imkoniyatdir!
✅ Bugun bir kun dars qoldirish arzimasdek tuyulishi mumkin. Ammo ertaga imtihon zaliga kirganingizda, birgina savol yoki bir necha ball taqdiringizga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaqtda yo‘qotilgan har bir imkoniyatning qadri bilinadi.
⏱️Yana bir muhim masala — majburiy fanlar!
✈️ Ayrim o‘quvchilar asosiy fanlarga e’tibor berib, majburiy fanlarni ikkinchi darajali deb hisoblashadi. Aslida esa majburiy fanlardan yig‘iladigan ballar ham umumiy natijaning muhim qismidir. Har bir ball qadrli, har bir fan kerakli!
Hurmatli ota-onalar!
♻️ Siz farzandingizning kontraktini to‘lashga, kitob-daftarini olib berishga, yaxshi sharoit yaratishga harakat qilyapsiz. Bularning barchasi tahsinga loyiq.
♻️ Ammo farzandingizning darsga qatnashishi, vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi va mas’uliyatni his qilishi ustidan ham nazorat o‘rnating.
👨🏻🎓 Farzandingizga bugun dam olishni emas, maqsadiga sodiq qolishni o‘rgating. Chunki bugungi kichik beparvolik ertangi katta armonlarga sabab bo‘lishi mumkin
🔥Aziz abituriyentlar!🔥
✅ Sizning raqibingiz boshqa o‘quvchi emas, kechagi o‘zingizdir. Bugun boshqalar dam olayotgan paytda sizning qilgan mehnatingiz ertaga natijangizda namoyon bo‘lishi mumkin.
Va nihoyat, bir haqiqatni unutmang:
Ertaga imtihon topshirish uchun yana bir imkoniyat topilmasligi mumkin. Bugungi yakshanbani esa hech qachon qaytarib bo‘lmaydi!
Yakshanba — ilm kuni!
Yakshanba — imkoniyat kuni!
Yakshanba — kelajak sari yana bir qadam!
Hurmatli ota-onalar, farzandingizning kelajagiga befarq bo‘lmang!
Sadikov M.