Account

Posts of Fors tilini o'rganamiz

newest first

#1442Photo
Views589+2%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#1439Link preview
Views802+38%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#1437Photo
Views1,000+73%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#1435Link preview
Views1,260+117%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#1433Text

Assalomu alaykum hayrli kun, Fors tili ixlosmandlari! Men Shirinova Anzirat Sayfiddin qizi magistraturada oʻqiyman ona tili va adabiyoti hamda fors tilidan repititorlik qilaman (fors tilini yaqinda boshladim ) Ustoz kanalga post joylaganlaganlaridan keyin fors tilini soʻrab koʻpchilik murojaat qildi Quyida fors tili ixlosmandlaridan kelib tushgan va ularni qiziqtirgan savollarga umumiy javob berib oʻtmoqchiman: Eng koʻp berilgan savol📝 Fors tilidan sertifikatni qancha vaqtda olsam boʻladi 😀 Javob✅✅ Darajangiz nol boʻlsa ham agar yaxshi oʻqisangiz (yaxshi oʻqish shart albatta ustoz bergan topshiriqlarni bajarish kerak) bahorgi imtihonga topshirsangiz boʻladi Savol 📝 Kanaliz yoki guruhiz bormi Javob✅✅ Hech qanday guruhim ham kanalim ham yoʻq (yoʻq emas, bor men oʻzim tashkil qilmaganman faqat) Shohroʻz Ustozning kanali mening kanalim, guruhi mening guruhim Faol boʻlmasligim mumkin,lekin 2024 -yildan beri muntazam kuzatib boraman va shu kanal bilan yashayman... Kanal yoki guruh ochish niyatim yoʻq, vaqtim yoʻqligi uchun emas Xalq xizmatida boʻlish uchun yoki shaxsiy rivojlanish uchun kanal yoki guruh ochish kerak deb oʻylamayman. Hozir koʻpchilik desam xato boʻladi, deyarli hamma ustozlar oʻzi uchun oʻzi kanal, guruh ochib olgan, shuning uchun ilm yoʻqolib boryapti deb oʻylayman. Alohida-alohida kanalcha, guruhcha ochgandan bittasini yaxshi rivojlantirgan manfaatli, chunki kanal va guruh yuritayotganlar ham maʼlumotlarni har xil kanal yoki guruhdan terib olib tashlaydi. Hozirda butun Oʻzbekiston boʻyicha Ustozning kanali fors tili uchun xizmat qiladigan eng yaxshi kanaldir. Bu, albatta,ularning koʻp yillik mehnatlari natijasi ✅✅ Savol 📝 Fors tilidan videodarslaringiz bormi? Javob ✅✅ Yoʻq. Buning bir necha sabablari bor albatta ✅✅ Birinchidan, videodarsni koʻrgan oʻquvchida ustoz haqida tasavvur paydo boʻlishi mumkin, lekin ustozning tajribasi va ilmini natijalar va yillar davomida bilib olsa boʻladi ✅✅ Ikkinchidan, guruhlarga keyinroq qoʻshilgan oʻquvchilar ham videodarsni koʻrib oʻzlashtirmaydi. (tekin boʻlsa ham buni sinab koʻrdim) Uchinchidan, darsning videosi yoki audiosi yozib olinmasa, oʻquvchi dars qoldirmaslikka harakat qiladi. Masalan, Goʻzal Inoyati ustoz ham shunday qiladilar, natija kerakmi darsga qatnashish shart. Savol✍️✍️ Darajangiz bormi? Fors tilidan darajam hozircha B2 Universitetda bir yil fors tili oʻtilgan oʻziga yarasha Ustozdan Malik Abdusamatov darsligi boʻyicha grammatikani toʻliq, oʻqib tushunish, tinglab tushunish, gapirish va yozish koʻnikmasini yillar davomida oʻrganganman ( yillar davomida deyishimga sabab ustozning dars oʻtishga vaqtlari boʻlmasa ham mening savollarimga javob berishga doim vaqt topganlar hozir ham shunday, sogʻ boʻlsinlar) Daraja olish uchun esa Gʻazal Inoyati ustozdan 2 oy kurs olganman (juda talabchan ustozlar😊🙃) Natija boʻlishi uchun intilish va harakat doim boʻlishi kerak. Qanday natija boʻlishi ustozga ham bogʻliqdir, lekin koʻproq oʻquvchiga bogʻliq✅✅ Natija ustozning bir soat oʻtgan darsini oʻquvchi qanday hazm qilishiga qarab boʻladi. ✅✅ Fors tilini oʻrganmoqchimisiz Murojat uchun📝📝 @A_S_Sayfiddin_qiziii ✍️✍️Fors tilini oʻrganayotgan va sertifikat olmoqchi boʻlgan doʻstlaringizga ham ulashing! https://t.me/FORSTILI_MOMINZODA

Open in Telegram
Views1,010+74%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#1432Photo
Views1,030+78%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#1431Text

Ustozlarimni ustoz deyish menga doim zavq beradi. Ayniqsa, "Men falonchi ustozning shogirdiman" deyish yanada yoqimli. Ammo o'quvchilarimni shogirdim deyolmayman. Bizni o'qitgan ustozlar biroz farqli edi, ular biz uchun jonini bermagan xolos; uyidan joy bergan, umrini sarflagan, tekinga o'qitgan, nonini ham bo'lishib yegan. Bunday ustozlarni ko'rgan odam o'zini bir umr shogird deb his qilib o'tarkan. Shuning uchun men pul olib o'qitayotgan kursdagi o'quvchilarimni shogirdim deyolmayman (maktabdagi yo universitetdagi o'quvchi-shogirdlar alohida masala). Shunday bo'lsa-da, 2-3 yillik mehnatimizni inobatga olib, kaminani ustoz deb biladigan, fors tili bo'yicha yetakchi sifatida ko'rayotgan insonlar yo'q emas, baraka topishsin. Yaqin kunlarda men yangi joyda ish boshlaganman, oktyabr uchun yangi guruh ochmadim. Hozircha eski guruhlarim bilan chuqurroq shug'illanib, ularni ma'lum manzilgacha yetkazish niyatidaman. Shu munosabat bilan "Fors tilini noldan boshlamoqchiman" deb murojaat qilayotganlarni o'zini menga shogird deb biladigan Anzirat ustozga (@A_S_Sayfiddin_qiziii) yo'naltirmoqdaman. Anzirat so'nggi 2 yildan beri mening kurslarimda fors tilini o'rgandi, o'zi boshqa sohada Oliy ma'lumotli o'qituvchi, mahoratli pedagog. Fors tilidan ham keyinchalik sertifikat sohibi bo'ldi, ustozlik tajribasiga ham zarracha shubha qilmayman. Narx-navosi, dars soatlari va vaqtlarini o'zi bilan kelishib olaverasiz. Mening tavsiyamga ishonadiganlar uchun munosib ustoz. @Forstili_Mominzoda

Open in Telegram
Views1,150+98%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#1427Photo
Views1,070+85%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#1426Video
Views1,990+243%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#1425Text
Views1,220+111%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—