🌸 AYOL QADR-QIMMATI — DAXLSIZ QADRIYAT! 🕊 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida “Ayol qadr-qimmati — daxlsiz qadriyat, zo‘ravonlikka qarshi kurash — umumiy mas’uliyat”** mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Vasila Fayziyeva, Gulbahor Qulmatova, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Kamola Muxitdinova , Ingliz tili 1-fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Radjaboyevich, Tadjiboyeva N.K ishtirok etdilar. Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni va mavqei, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qadr-qimmatini ulug‘lash, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilar va talabalar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar tashkil etilib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Ochiq muloqot davomida ayollarga hurmat, ularning sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash har bir insonning burchi ekanligi alohida ta’kidlandi. 💐 Mazkur tadbir yoshlar ongida insoniylik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Zero, ayol qadrlangan jamiyatda mehr, hurmat va adolat barqaror bo‘ladi! 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 📱Telegram | 📱Instagram
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 22 |
| 2 h | 237 |
- After 1 hour237
- Total to date237