2026. Toshkent. Köp qavatli uylar tepasida ulkan monitorlar joylashtirishdi. Hozir derazamdan 7tasi ko'rinyapti, shu yilda 3-4 oylik o'zgarish. Endi bu reklamalarni köz körmay qolishi qiyin - öta yoruğ, rangli. Bitta monitorda 6ta reklama aylanyapti, 5tasi pul taklif qilyapti. Bu reklamalarni chiqarish uchun kamida $100,000 sarflashadi. Millionlar sarflanarkan, ortidan milliardlar kutishadi. Bepul pul bölmas, pul bepulmas, mahsulot esa siz. Qarz qopqon. Reklama esa vositachi. Pardani yopdim.
Open in TelegramPosts of Azimjon's Fikrlog
Toshkentga qaytdim. Ertalab miyyamda Bojalarni 🎶 "yor yoreey... töylar bölsin muboree" bilan uyğonib ketdim. Qayerdan bu qöshiq miyyamga kirib qoldi? Ax, ha esladim - kuni kecha keyingi domdagi qöshnimiz töy qilgandi. Ösha yerda shu qöshiqni juda baland qilib qöygandi. Qanday bu holatga kelib qoldik va eng muhimi nimani notöğri qilyapmiz? Karnay-surnaylar yaqin-uzoqdagi tanigan-tanimagan odamlarga "kelinglar, töy bôlyapti, osh-posh yeb ketinglar" degan signal berardi. Ular holis niyatda "shovqin" qilgan deb öylayman. Bugun shahardagi shovqinlar hech bir oshga chaqirmaydi-da. Töylarda "körib qöy qanaqa moshinani arendaga ololaman" deyotgandek... Gap köp. Ha mayli, yoshlar baxtli bölsin.
Open in Telegramyeb, ochqol. ichib, chanqa. och qolmadi, hamma to'ydi. keling endi ishtaha ochamiz. monosodium glutamat. mazani mazzaga aylantiramiz. ishtaha karnay, yana yedi. karra sotuv, mijozni qaytaramiz. odam semiz, qorin qo'ydi. endi sport sotamiz. puli keldi, o'zi yo'q. bizda yana yechim bor. ozempikmi, balo battar. ishtahani yopamiz. muammo sotib, "yechim" sotamiz. eng muhimi - takrorlaymiz!
Open in TelegramRayhon hidi Bu hid menga qulog'iga rayhon ildirib oladigan rahmatli momamni eslatardi. Tengdosh, og'a-ini do'stimiz omonatini topshirdi, Alloh rahmatiga olsin. U yuzida tabassum bilan yotardi, tiriklar ko'zida esa tim-tim yosh oqardi. U jim yotardi, onasing ingroqlari esa qo'shni xonadan eshitilardi. U gapirmasdi, ammo nasihatlari to’g’ri qalbga yetib borardi. Tomorqada ekilgan hamma rayhonni olib kelib jasadi ustidan qo'yishdi. Endi bu hid menga o'limni eslatardi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.
Open in Telegram"Zamonaviy" yaxshiroq degani emas. Bir yarim yil avval darslarimiz uchun doska oldik. Qop-qorasidan, eskicha - bo'r bilan yoziladiganidan. Bugun sinfxonalarning aksarida doskalar marker bilan yoziladi va kun ora markerlar yozmay qo'yadi - yangi olish kerak. 15 ming so'mga olingan bo'r 1.5 yil bo'ptiki hali tugagisi yo'q. Eskirmaydi ham. Lattani kim xo'llaydi deb o'quvchilarni tambal qilib qo'ymadikmi? Aqlli doskalar axmoq avlodni tarbiyalamayaptimi? Qog'oz kitob o'qib, qalamda fikrlash eskirmaydi. Yangini yaxshiroq deb aldanmang.
Open in TelegramAgar ko'p... Gapirasang ———- Podkast ol. Hayol sursang —— Hikoya yoz. Savol bersang —- Tadqiqot qil. Bahslashsang — Qonun o'rgan. Qayg'ursang —— Shifokor bo'l. E'tibor bersang - Dizayner bo'l. Tushuntirsang ——-— Dars ber. O'zgacha o'yla ———- Ixtiro qil. Dangasa bo'lsang —- Dasturla.
Open in TelegramYarim tunda uyg’onib ketdi. Uyqim buzildi deb hafa bo’lmadi. Tahajjud o’qidi - xursand bo’ldi. Yaxshilikka niyat qildi. Amalga oshmadi deb hafa bo’lmadi. Niyati uchun savob olishi eslab xursand bo’ldi. Kasal bo’ldi-yu, hafa bo’lmadi. Kaforatdan umid qildi - xursand bo’ldi. Boshlagan ishi o’xshamadi. Hafa bo’lmadi. Istixora qilgandi - xursand bo’ldi. Hafa bo’lma, xursand bo’l. Tanlov o’zingda.
Open in Telegramboy bo'ling — isrof qilmang. chiroyli ekan - ko'rsatmang. aqqlimisiz — kamtar bo'ling. gunoh bormi — tavba qiling. nemat bormi - shukur qiling. sinov yetdimi —- sabr qiling. ilm oldingizmi — amal qiling.
Open in TelegramForwarded from Azimjon's Fikrlog
Boyroq Tirik ——————- o’likdan Erkin ————— qaramdan Sog’lom ———— kasaldan Qarzsiz ——— qarzdordan Hunarli ——— hunarsizdan Beruvchi ——— oluvchidan Qanoatli —— qanoatsizdan Iqtisodchi — soviruvchidan
Open in TelegramShovqin nazariyasi 6 yilda 20ta davlatda bo'ldim. Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi. Shovqin bizni kambag'alikka tortyaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil. Toshkent eng shovqin shaharlardan biri. Magazinda qulog'ingiz tagida "BARBII" deb baqiradimi-e, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-e. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi. Buyoqdan boshqa shovqin ham bor. Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar. Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqinli bo'lardi.
Open in TelegramSavdolashish yo'llari Siz so’radingiz. …va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi. Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi. 1. To'liq to'lang. Ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika… 2. Oldindan to’lang. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 12 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi. 3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi. 4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring. 5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing. Muhimi hovliqmang. Sizniki bo’lsa ketib qolmaydi.
Open in TelegramSavdolashing. Sherigim bilan bitta sartaroshxonaga bordik. Soch oldirdik va to’lov vaqti keldi. Xizmat uchun men 70 ming, sherigim esa 130 ming so'm to'ladi. Nega? Sababi men kursiga o'tirishdan avval savdolashdim, sherigim esa kursidan turgach narxini so'radi. 60 ming so'm bilan nima o'zgaradi demang. Savdolashish - bu odat. O'tgan hafta Toshkent citydagi NestOne binosidan ijaraga ofis oldik. Narxni $1,500dan boshlab avval $1,200ga, keyin $1,050ga tushirdik. 20 daqiqalik muzokara minglab dollar tejadi.
Open in Telegram30-iyun. Vaqtdan vaqtning farqi bor. Yoshlikdagi vaqt qarilikdagi vaqtdan qadrliroq. Ilm olish, yaxshi odatlar qurish, yaqin do’stlar orttirish uchun yoshlikdan yaxshiroq vaqt yo’q. Majbur bo’lmasangiz bu vaqtni pulga almashmang. Shunchaki pul topish uchun vaqtingizni sarflamang. Hali ko’p pul topasiz. Yoshlikni qaytib topmaysiz. Vaqtni sarmoya qiling, xarajat emas. Yoshlarga maslahatim: t.me/azim_pulat/s/42 Kuningiz bilan, yoshlar!
Open in Telegram26-iyun. Go’zal hayot uchun yuzlab to’g’ri qarorlar kerak. Ammo uni ostin-ustun qilish uchun 1ta noto’g’risi kifoya va shulardan biri - giyohvandlik. Yaqingacha Yevropadagi 90%, dunyo bo’ylab esa 70% ger*in ulushini Afg’oniston yetishtirib berardi. 2021-yil Tolibon hokimiyatga kelgach giyohvand moddalarni yetishtirishga chek qo’ydi. Bu bilan sintetik moddalar bozori avj oldi. Xitoy mashinalari kabi dorilari ham kirib kela boshladi. Bugun giyohvand so’zidagi “giyoh” - “sintetik tabletka”ga aylandi.
Open in TelegramKasalliklar Qalb: • kibr • riyo • ujub Tana: • jarohat • saraton • semizlik Ong: • g’aflat • jaholat • shubha Cho’ntak: • qarz • isrof • sustlik Munosabat: • gina • g’iybat • minnat
Open in TelegramOzuqalar Qalb: • Namoz • Quron • Alloh zikri Tana: • Uyqu • Taom • Harakat Ong: • Ustoz • Kitob • Tafakkur Cho’ntak: • Mehnat • Ehson • Sarmoya Munosabatlar: • Xabar olish • Shirin so’z • Yaxshiliklar
Open in Telegram