🇺🇸 AQSHDA YOSHLAR UCHUN 3 TA XALQARO TO’LIQ QOPLANADIGAN DASTURLAR Xalqaro tajriba, yetakchilik ko‘nikmalari va yangi imkoniyatlar izlayotgan yoshlar uchun: 1. Hurford Youth Fellows Program 2027 📍 Washington, D.C., AQSh 👤 Kimlar topshira oladi? • 30 yosh yoki undan kichik yoshlar; • Demokratiya, inson huquqlari va fuqarolik jamiyatida faol tajribaga ega yosh liderlar. 4 oylik fellowship, oylik stipendiya, tibbiy sug‘urta va aviachipta. ⏳ Deadline: 7-dekabr, 2026. 🔗 https://www.ned.org/fellowships/hurford-youth-fellows-program/ 2. Young Leaders Fellowship 2027 📍 New York va Burlington, AQSh 👤 Kimlar topshira oladi? • 18–26 yoshdagilar; • Barcha davlatlardan nomzodlar; • Ingliz tilini biladigan va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qiziqadigan yoshlar. AQShda trening, aviachipta, turar joy, ovqatlanish va 10 oylik mentorlik. ⏳ Deadline: 3-dekabr, 2026. 🔗 https://mcwglobal.org/young-leaders-fellowship-2027/ 3. Hansen Leadership Institute 2027 📍 San Diego, AQSh 👤 Kimlar topshira oladi? • 2027-yil 1-iyulda 20–25 yoshda bo‘lganlar; • Universitetda kamida 1 yil o‘qiganlar; • 2025 yoki 2026-yilda bitirgan va hozir magistraturada o‘qimayotgan yoshlar. 3 haftalik leadership treningi, xalqaro aviachipta, turar joy, ovqatlanish va dastur xarajatlari qoplanadi. 📅 Dastur: 29-iyun – 20-iyul, 2027. ⏳ Deadline: 15-yanvar, 2027 (xalqaro nomzodlar uchun). 🔗 https://hansenleadershipinstitute.org/ #USA #Fellowship #FullyFunded @grantswithfarangiz Don’t forget to share!
Open in TelegramPosts of Baxtiyorova Farangiz 🇺🇿🇺🇸
Amerikaga nafaqat magistratura uchun uzoqroq muddatga kelsangiz bo’ladi, lekin ungacha bakalavr payti ham qisqa muddatlik fellowship, liderlik dasturlariga kelib portfolioingizni boyitsangiz bo’ladi. Sizlar uchun bir necha xuddi shunday dasturlarning qaymog’idan topib qo’ydim.
Open in TelegramYo’q kech qolmadingiz. 2027 intake uchun hujjat topshirish ayni qizg’in pallaga kirgan. Masalan, odatda Amerikaning eng kuchli universitetlarning raqobat yuqori bo‘lgan dasturlarida muddatlar: 1-dekabr – 15-dekabr 2026: eng erta deadline’lar. 15-dekabr – 15-yanvar 2027: ko‘plab TOP dasturlar. Va ba’zi universitetlar hujjatlarni “rolling basis” tarzida, ya’ni yil davomida qabul qilaveradi. Yo’nalishingizga qarab hali hamon qabuli ochiq bo’lgan Erasmus Mundus ning dasturlari, Stipendium Hungaricum kabi hukumat stipendiyalariga ham topshira olasiz. Sizni qiziqtirayotgan davlatning universitetlari va hukumat e’lon qilgan stipendiya dasturlarini tekshirib ko’ring katta ehtimol bilan hali deadline’lar o’tmagan, ba’zilariga bahorda (masalan, Türkiye Burslari) ochiladi.
Open in TelegramForwarded from Oysha
Hozir kech qolmadimmi? Lekin IELTS 7 bor, 1 year+ American organisation va Embassyda experience bor Gpa 4,89
Open in TelegramYana bir xushxabar😍 Allaqachon qadrdon bo’lib ketgan va magistratura bo’yicha kursimizda birga ishlagan o’quvchimiz Amerikaning o’zida eng yaxshi universitetlar ro’yxatida 36-o’rinda turuvchi va dunyo bo’ylab reyringdan 86-o’rinda turuvchi Boston Universitetiga magistratura dasturiga Merit Scholarship yutibdilar. Bu ular uchun hali boshlanishi. Tinimsiz mehnat qiladilar doim. Bunaqa harakatlar natijasiz qolmaydi. Juda ham xursand bo’ldim❤️.
Open in TelegramForwarded from Javokhir | Frames
7 oy oldin fuqarolarga huquqiy maslahat beruvchi loyiha qilgandim. Qamrovni kengaytirishga qaror qildim, lekin qanday? LawUp’ni yurisprudensiya sohasida ta’lim olayotganlar uchun haqiqiy huquqiy jang (o’yin) maydoniga aylantirdim. Foydalanish oddiy @lawup_bot’ga kirasiz do’stingiz bilan duel’da huquqiy savollarga javob berasiz. Har hafta Huquqiy kontest (katta test) bo’lib o’tadi. Coin yig’asiz va ularni marketplaceda sovg’alarga almashasiz. Huquqni interaktiv yo’l bilan o’rganishga bosqichma bosqich o’tyapmiz. Siz yurisprudensiya sohasida o’qisangiz ushbu postni kursdoshlar guruhiga yuboring, loyihadan foydalanib ko’ring. @javokhir_frames
Open in TelegramNoyabr Oilachamizda barchamiz Noyabr oyiga tug’ilganmiz. Jajji mehmonimiz ham xuddi shu oyda tug’ildi. Men chin ma’noda aynan shu tug’ilgan kunimda “katta” bo’ldim. Menimcha, turmush o’rtog’im ham. Chunki ularning ko’zida va o’zimda ham bizni katta qilgan ota-onalik ma’suliyatini his qila boshladim. Farzandim bizni yanada yaxshi bo’lishga undayapti. Uni ko’z o’ngida yaxshi o’rnak bo’la olish bizni asosiy fikrimiz, maqsadimizga aylanib borayapti. Noyabr mo’jizalarga, yaxshiliklarga boy kelding, ming shukr, qalbimizni quvonchga to’ldirding, rahmat.
Open in TelegramGermaniyada professional tajriba orttirishni istaysizmi? CrossCulture Programme (CCP) Fellowship 2027 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur tanlangan ishtirokchilarga Germaniya yoki CCP hamkor davlatlaridagi tashkilotlarda 2–3 oy davomida professional tajriba orttirish imkoniyatini beradi. Dastur siyosat va jamiyat, media va madaniyat, inson huquqlari, tinchlik va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston fuqarolari ham ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish muddati: 2026-yil 8-dekabr, 23:59 CET. Batafsil ma’lumot va ariza uchun: CCP Fellowship rasmiy sahifasi For more: @grantswithfarangiz
Open in TelegramAsta asta natijalar haqida yaxshi xabarlar olayapman🥹. Masters Abroad kursimizning o’quvchisi Shaxnoza University of Leeds ga qabul qilindilar. QS reytingda 77 o’rinda turadigan nufuzli universitet. Shaxnoza kurs tugagandan so’ng ham men bilan tez tez aloqaga chiqib, savollar berib keladilar, o’zini ustida tinmasdan ishlaydilar, faqat bitta grant dasturiga emas bir nechta dasturlarga harakat qilayaptilar. Hozir ulardan judayam faxrlanayapman. Sizlarga ham motivatsiya bo’lsin deb yuborayapman😊. Ular UBirmingham, UGlasgow va boshqa qator universitetlarga ham qabul qilinganlar. Bilasiz El-yurt umidiga amaldagi universitetga qabul qilinganligingizni tasdiqlovchi hujjat kerak. El-yurt umidi stipendiyasi uchun hujjatlar 15-noyabrgacha qabul qilinadi. Harakat qilamiz do’stlar vaqt kam qolayapti.
Open in TelegramBugun yana bir yangi yoshni qarshiladim. Bu safar ham oila a’zolarimdan uzoqda, lekin o’zimning mo’jazgina oilacham bilan. Allohga shukr 22 yoshim men uchun juda esda qolarli bo’ldi. Oila qurdim, magistraturani bitirdim va eng muhimi sevdim va sevimli bo’ldim, ko’plab o’quvchilarga yo’l-yo’riq ko’rsatdim. Yangi qadryatlar hosil qildim. Hayotimning har bir daqiqasiga ming shukrlar aytaman. Shu yilda men bilan doimo yonma-yon turgan, meni har qadamda qo’llab-quvvatlagan, ko’p narsalarni o’rgatgan insonimga🫶🏻, ota-onamga, aka-singillarimga katta rahmat deyman. O’tkan yili hech kimni tanimas edim, bu yil Amerikada qadrdonlarim paydo bo’lgan, ularga ham katta rahmat bugungi kun uchun. Yangi yoshda yangi marralarga chiqish, har lahzani mazmunli, baxtli o’tkazish nasib qilsin deyman:)
Open in TelegramKanaldagi El-yurt umidi stipendiyasiga oid foydali ma’lumotlar: 1. Stipendiya g’olibasi Farangiz Razakova bilan yutish sirlari va bosqichli haqida ovozli chat. 2. Stipendiyaga oid hujjatlar. For more: @grantswithfarangiz
Open in TelegramEL-YURT UMIDI: 2026-YIL 2-OCHIQ TANLOV OCHILISHI RASMAN E’LON QILINDI Ta’kidlab o’tilgandek, qabul ochilishi kutilayotgan ushbu stipendiyaga 1-noyabrdan hujjatlaringizni onlayn topshirishingiz mumkin. Xorijiy TOP universitetlarda bakalavr, magistratura yoki doktoranturada 100% davlat granti asosida o‘qish imkoniyati! ☑ Kontrakt to‘lovi ☑ Yashash xarajatlari ☑ Aviabilet ☑ Sug‘urta va boshqa majburiy xarajatlar qoplanadi. 📅 Hujjatlar qabuli: 1–15-noyabr, 2026-yil. 📩 Murojaat uchun: @eyufadmissionbot Batafsil ma’lumot va hujjat topshirish uchun: https://eyuf.uz @grantswithfarangiz
Open in TelegramAmerikada doimiy yashash huquqini beruvchi Green Karta lotareyasi uchun hujjat topshirish uzoq tanaffusdan so’ng shu yilning 1-noyabrdan boshlanadi. Va natijalar oldingidek may oyida emas balki dekabrda e’lon qilinadi, ya’ni ko’p kutmaysiz. Hujjatlaringizni quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin: https://travel.state.gov/content/travel/en/us-visas/immigrate/diversity-visa-program-entry/diversity-visa-submit-entry1.html. Green Karta yutgan insonning maslahatlariga ko’ra: 1. Ma’lumotlarni to’g’ri to’ldirish shart. 2. Rasmga alohida e’tibor bering. Sifatli, toza va professional bo’lsin. Topshirayotgan barchaga omad! For more: @grantswithfarangiz
Open in Telegram🎓 ERASMUS MUNDUS: MAGISTRATURA DASTURLARI TURLI YO’NALISHLAR Yevropaning nufuzli universitetlarida magistratura bosqichida o‘qish va Erasmus Mundus stipendiyasini qo‘lga kiritishni rejalashtirayotganlar uchun 11 ta dastur ro‘yxati. 1. Mundus MAPP — Public Policy 🇦🇹 Avstriya, 🇳🇱 Niderlandiya, 🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇪🇸 Ispaniya 📅 Deadline: 1-dekabr 2026 🌐 IELTS: 7.0 📚 Davlat siyosati, ijtimoiy fanlar 🔗 https://www.ceu.edu/academics/degrees/ma-public-policy-mundus-mapp 2. ILSPSD — International Law of Security, Peace & Sustainable Development 🇩🇪 Germaniya, 🇪🇸 Ispaniya, 🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇧🇪 Belgiya, 🇵🇹 Portugaliya, 🇪🇪 Estoniya 📅 Deadline: 4-yanvar 2027 🌐 IELTS: 7.0 (Glasgow yo‘li uchun har bir bo‘limdan kamida 6.5) 📚 Xalqaro huquq, xavfsizlik, tinchlik va barqaror rivojlanish 🔗 https://master-international-law-erasmusmundus.eu/ 3. GLOCAL — Global Markets, Local Creativities 🇬🇧 Shotlandiya, 🇸🇪 Shvetsiya, 🇪🇸 Ispaniya, 🇩🇪 Germaniya, 🇳🇱 Niderlandiya, 🇯🇵 Yaponiya, 🇨🇴 Kolumbiya 📅 Deadline: 14-yanvar 2027, 13:00 (UK vaqti) 🌐 IELTS: tanlangan universitet talablariga qarab 📚 Global iqtisodiyot, bozorlar, madaniyat va ijtimoiy fanlar 🔗 https://globallocal-erasmusmundus.eu/ 4. SMACCs — Smart Cities and Communities 🇧🇪 Belgiya, 🇬🇷 Gretsiya, 🇪🇸 Ispaniya, 🇫🇮 Finlyandiya 📅 Deadline: 1-fevral 2027 🌐 IELTS: 6.5 (har bir bo‘limdan kamida 5.5) 📚 Aqlli shaharlar, muhandislik va aniq fanlar 🔗 https://www.smaccs.eu 5. DENSYS — Decentralised Smart Energy Systems 🇫🇷 Fransiya, 🇸🇪 Shvetsiya, 🇮🇹 Italiya, 🇪🇸 Ispaniya 📅 Deadline: 27-yanvar 2027 🌐 IELTS: 6.5 (har bir bo‘limdan kamida 5.5) 📚 Energetika, elektr va mexanika muhandisligi 🔗 https://densys.univ-lorraine.fr/application/ 🔗 https://grantgo.uz/grant/yevropaning-nufuzli-universitetlarida-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-barcha-xarajatlari-toliq-moliyalashtiriluvchi-erasmus-mundus-joint-master-degree-densys- 6. CYBERSURE — Cybersecurity and Assurance 🇳🇴 Norvegiya, 🇫🇮 Finlyandiya, 🇸🇪 Shvetsiya, 🇩🇰 Daniya, 🇪🇪 Estoniya, 🇫🇷 Fransiya, 🇦🇹 Avstriya 📅 Deadline: 4-yanvar 2027 🌐 IELTS: 6.5 (Writing kamida 6.0) 📚 Kiberxavfsizlik va kompyuter fanlari 🔗 https://www.cybersure-master.eu/admission 🔗 https://grantgo.uz/grant/cybersure-erasmus-mundus-2027-kiberxavfsizlik-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant-dasturi 7. EMLE — European Master in Law and Economics 🇪🇺 Yevropaning hamkor universitetlari 📅 Deadline: rasmiy saytdan tekshiring 🌐 IELTS: 7.0 (har bir bo‘limdan kamida 6.0) 📚 Huquq, iqtisodiyot, raqobat va iqtisodiy tahlil. Dastur 1 yillik. 🔗 https://emle-programme.dreamapply.com/ 9. CLMCE — Children’s Literature, Media & Cultural Entrepreneurship 🇬🇧 Glasgow, 🇩🇰 Aarhus, 🇳🇱 Niderlandiya, 🇫🇷 Fransiya yoki 🇵🇱 Polsha (tanlangan yo‘nalishga qarab) 📅 Deadline: 22-yanvar 2027, 13:00 (UK vaqti) 📚 Adabiyot, filologiya, madaniyat va media 🔗 https://www.gla.ac.uk/postgraduate/erasmusmundus/clmce/ 10. EMMIR — Migration and Intercultural Relations 🇩🇪 Germaniya, 🇳🇴 Norvegiya va hamkor universitetlar 📅 Deadline: 20-dekabr 2026, 23:59 (CET) 🌐 IELTS: rasmiy qabul talablarini tekshiring 📚 Migratsiya, madaniyatlararo munosabatlar, ijtimoiy fanlar va tarix 🔗 https://www.emmir.org/ 11. GrEnFIn — Greening Energy Market and Finance 🇮🇹 Italiya, 🇩🇪 Germaniya, 🇫🇷 Fransiya 📅 Deadline: rasmiy saytdan tekshiring 🌐 IELTS: tanlangan universitet talablariga qarab 📚 Moliya, energetika bozorlari, yashil moliya va iqlim risklari 🔗 https://site.unibo.it/grenfin-emjm/en 12. EPOG-JM — Economic Policies for the Global Bifurcation 🇫🇷 Fransiya va boshqa hamkor Yevropa universitetlari 📅 Deadline: rasmiy saytdan tekshiring 🌐 IELTS: dastur va universitet talablariga qarab 📚 Iqtisodiy siyosat, xalqaro iqtisodiyot, moliya, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish 🔗 https://www.epog.eu For more: @grantswithfarangiz
Open in TelegramYuqorida Masters Abroad Complete guide haqida qo’llanmani olgan dastlabki foydalanuvchilar tomonidan kelgan fikrlar. Tanishib chiqishingiz mumkin. Qo’llanma o’z ichiga nimalarni olishini mundarijadan topishingiz mumkin. Qo’llanmani olish uchun @Kurs_mastersabroad ga murojaat qiling.
Open in Telegram🎓 MASTERS ABROAD: COMPLETE GUIDE 2026–2027 Xorijda magistratura o‘qishni rejalashtiryapsizmi, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Oylar davom etgan research va shaxsiy tajribam asosida eng kerakli ma’lumotlarni bitta qo‘llanmaga jamladim. 📘 🌍 18 ta mamlakat, 70 ga yaqin grant va stipendiya imkoniyati! Ular orasida ko‘pchilik bilmaydigan dasturlar ham bor. Qo‘llanma ichida: 🇪🇺 Yevropa, 🇬🇧 Angliya, 🇺🇸 AQSh va Osiyo davlatlarida magistratura grantlari hamda stipendiyalar taklif qiluvchi universitetlar ro‘yxati. 🎁 Bonus materiallar ☑ Penn State University ga 100% grant yutgan Statement of Purpose namunam va tavsiyalarim ☑ CV uchun tavsiyalar va 7 ta shablon namunalar ☑ Tavsiyanoma olish bo‘yicha maslahatlar 🎯Bakalavr talabalari va xorijda magistratura o‘qishni istaganlar uchun. ⏰ Ko‘plab dasturlarning deadline’i noyabr–fevral oylarida. Hujjat tayyorlashni hozirdan boshlang! Narxi: 220 000 so‘m 📩 Xarid qilish uchun @Kurs_mastersabroad ga murojaat qiling.
Open in Telegram