Account

Posts of FC OKMK | ACADEMY

newest first

#6462Photo

⚡️ OKMK FA U-10 jamoasi xalqaro futbol sahnasiga yo‘l olmoqda! Joriy yilning 3–9-dekabr kunlari 🇹🇭Tailand Qirolligining Bangkok shahrida 2016-yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida «ASIAN YOUTH CHAMPIONS CUP» xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Osiyo mamlakatlari hamda 🇷🇺Rossiya jamoalarini birlashtiradigan mazkur musobaqada 🟡OKMK futbol akademiyasining U-10 jamoasi ham ishtirok etadi. Tashkilotchilar taklifiga binoan turnirda ishtirok etadigan 🟡OKMK futbol akademiyasi delegatsiyasi tarkibidan 2 nafar murabbiy va 12 nafar futbolchi o‘rin olgan. Jamoa 3-dekabr kuni kechki vaqtda 🇹🇭Bangkok shahriga jo‘nab ketadi. Tarbiyalanuvchilarimiz Bangkokdagi xalqaro musobaqada nafaqat OKMK futbol akademiyasi, balki butun O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga intiladi. Qur’a natijalariga ko‘ra, vakillarimiz «F» guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida jamoamiz 🇹🇭Tailandning «DMK Football Academy» va «Kitsana Academy», shuningdek, 🇱🇦 Laosning «Bay Savanh FC» jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Musobaqada jami 8 ta davlatdan 40 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ularning asosiy qismini 🇹🇭Tailand (24 ta), 🇨🇳Xitoy (5 ta), 🇲🇾Malayziya (3 ta) va 🇯🇵Yaponiya (2 ta) vakillari tashkil etadi. Shuningdek, 🇺🇿O‘zbekiston (OKMK), 🇮🇩Indoneziya, 🇮🇳Hindiston va 🇱🇦Laosdan bittadan jamoa qatnashadi. Jamoalar 4 tadan 10 ta guruhga taqsimlangan. Guruh bosqichida eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoalar esa keyingi bosqich — pley-off bahslariga yo‘l oladi. Mazkur xalqaro turnirda ishtirok etish akademiyamiz tarbiyalanuvchilari uchun o‘z mahoratini namoyish etish, xorijiy futbol maktablari vakillari bilan tajriba almashish hamda xalqaro maydonda qimmatli tajriba orttirish uchun muhim imkoniyatdir. Shunday ekan, OKMK FA U-10 jamoasiga xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish, barcha uchrashuvlarda munosib o‘yin namoyish etish va yorqin natijalarga erishishishini tilaymiz! 📱 Telegram 📱Instagram 📱You Tube

Open in Telegram
Views660+14%vs avg
Forwards—
Reactions31
Comments—
#6461Photo
Views709+22%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—