🇺🇿 Senga bo’lgan sevgim turadi yorim, Ishqim reytingida Vatandan keyin. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Open in TelegramPosts of Faxriyor Baxtiyorov
🔤🔤🔤🔤 Choy ta'miga qo'shilar tafting, Lahzalarda shudir bilganim. Dunyodagi eng katta baxting. Taqdiringga men yozilganim Bo'lsa kerak tag'in bilmadim. Buzilmaydi hech qachon axdim Tabassumdan etolmayman miq. Dunyodagi eng katta baxtim, Peshonamga sen yozilganing Ekanligi inkorsiz aniq. Bizni birga bo'lmaydi deya Oldi-qochdi gap qildi ko'plar.. Endi havas qilar alamda. Chunki bizda sof edi niyat.. Qani choy ho'pla.. Eh azizam taqdir baxt ekan. Shu hislarga qoldik ushlanib Hamma tushim o'ngimga kelgan. Havas qilar o'ngga tushlarim. Sen o'nggidan kelgan tushimsan. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Open in Telegram♻️17-noyabr xalqaro talabalar kuni bilan barcha talabalarni tabriklayman) TALABANING NOLASI Go'shtning ta'mi esda yo'q! Taftimni ochlik olgan. Talabaman ko'zi lo'q Kunim "rolton"ga qolgan. Darsda uxlab qolaman. Bu taqdir qasosida Oliygohda o'qiyman Shartnoma asosida. Uchrashuvga pulim yo'q Bir sanam suluv bilan. Qotgan non yeyman har kun Qaynatilgan suv bilan. Xarajatni o'ylasam Ko'zimda porlar chaqin. Yashaymanda o'lmasam Sessiya, zachot yaqin. Bir tiyin pul yo'q lekin. Gerdayganim gerdaygan. Boshim osmonda lekin Oyoqqinam yerdaykan. Talabalik bu sharaf Hayot bergan yordammi? O'z-o'zimga shu savol Talaba ham odammi? ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_Ijod
Open in Telegram🔤🔤🔤🔤 Dard-kutmagan payting berilgan zarba, Seni sog’ingandek yoningga kelar, O’zing o’zing bilan yolg’izsan qalban, Bunda kuzatuvchi atrofdagilar. Bir ilinj, bir najot kutasan shu payt, Qo’lini ko’ksiga qo’yib hamma jim, Yoki talqin xato, yoki men loqayd, Yordamning qo’lini cho’zmaydi hech kim. Muammo oldida o’zingsan mulzam, Bitta yordamchini o’ylayman zimdan, Yaratgan-eslanar faqat dard kelsa, Baxtli lahzalarda chiqqan esimdan. Xayr qo’shilganga o’xshar har ishga, Dardni shunday qarshi oladi inson “Hech kim majbur emas yordam berishga” Go’yo shu gaplarni uqtirar shayton. Ko’makni hech kimdan kutmasam tinchman, Zarblar ezmoqchidek bo’ldi qaddimni, Bitta haqiqat bor shu fursat ichra, Yolg’iz qarshi oldim hamma dardimni. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_Ijod
Open in Telegram✍️ 18-NOYABR — ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGAN KUN! 🗓 Joriy yilning 6-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti “Yaşil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi tomonidan 18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. 🤝 Tadbir mehmonlari Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Irgaşev Dilmurod Ikromoviç, i.f.d., professor Alimova Gözal Alişerovna hamda “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasi öqituvçisi, “Mard öğlon” va “Ilhom” davlat mukofotlari sovrindori, şoir Faxriyor Baxtiyorovlar bölişdi. 🇺🇿 Tadbir davomida talaba-yoşlarga Davlat bayroğimizdagi moviy, oq va yaşil ranglar, qizil çiziqlar, yarim oy hamda ön ikki yulduzning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. ✨ Bayroğimiz xalqimizning mustaqilligi, tinçligi, ezgu orzu-intilişlari va milliy iftixorining yorqin timsoli ekanligi alohida ta’kidlandi. Şuningdek, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda böliş, ularni qadrlaş va asrab-avaylaş har bir fuqaroning muqaddas burçi ekanligi qayd etildi. 🤩TDIU Iqtisodiyot fakulteti Bizning rasmiy sahifalarimiz 🕊Telegram📱Instagram
Open in Telegram🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Hayot oson emas, murakkab qiyin, Hamma ham his qilmas haqiqiy burchin, Onalar farzandin tuqqandan keyin, Yashamay qo'yarkan o'zlari uchun.. Rahmini keltirib butun olamni, Hattoki bir lahza olmas ekan tin, Hech kimdan kam qilmay deya bolamni, Yuvarkan tararkan har dam farzandin.. O'zi yemas ekan ovqatni to'yib, O'zi kiymas ekan yangidan yangi. Yonarkan farzandning hajrida kuyib, Shunaqa shafqatsiz mehrning ranggi. Lekin bu hissiyot berar ekan pand, Hamnafas bo'larkan dardning satriga. Yillar o'tar ekan,ulg'ayib farzand, Yetmay qo'yar ekan ona qadriga. Hammaning gunohi yetar o'ziga, Toki oxiratda kuymasin bu lab, Hamnafas bo'laylik har bir so'ziga, Hech qachon onaga qaytarmaylik gap. ✍Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_Ijod
Open in Telegram♟️ SHAXMATDA PROFESSIONAL DARAJAGA KO‘TARILISHNI XOHLAYSIZMI? ShoxRuh+ CHESS CLUB PROFESSIONAL GURUHIGA QABUL BOSHLANDI! Mashg‘ulotlarni "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi" Xalqaro FIDE ustasi— Shermuhammadov Samandar olib boradi. 🏅 MURABBIY YUTUQLARI VA MAQOMI: ▪️ «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi» faxriy unvoni sohibi. ▪️ Osiyo va Jahon chempionlari murabbiyi. ▪️ O‘zbekiston Para shaxmat terma jamoasi murabbiysi. ▪️ O‘zbekiston tarixidagi ilk para shaxmat medalini qo‘lga kiritgan sportchilar murabbiyi. ▪️ Xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etuvchi professional sportchilar bilan ishlash tajribasi. ♟️ PROFESSIONAL MASHG‘ULOTLAR DASTURI: Debyut repertuarini shakllantirish va chuqur o‘rganish. Strategik va pozitsion fikrlash. Kombinatsion ko‘rish va hisoblash texnikasi. Hujumkor shaxmat va tashabbusni qo‘lga olish. Endshpil nazariyasi va amaliyoti. O‘z partiyalarini professional darajada tahlil qilish. Musobaqalarga psixologik va sport tayyorgarligi. 📅 MASHG‘ULOTLAR JADVALI: Seshanba | Payshanba | Shanba 🕕 18:00 – 21:00 KIMLAR UCHUN? Shaxmatda o‘z reytingini oshirish, xalqaro turnirlarda yuqori natijalarga erishish, FIDE unvonlariga ega bo‘lish va professional shaxmatchi sifatida shakllanishni maqsad qilgan sportchilar uchun. Bizning maqsadimiz — shunchaki shaxmat o‘rgatish emas, balki Osiyo va Jahon miqyosida raqobatlasha oladigan kuchli sportchilarni tarbiyalash! ♟️ Katta maqsadlar. Professional yondashuv. Yuqori natijalar. Qabul 15-noyabrgacha davom etadi! 📩 Guruhga yozilish va qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Direct orqali murojaat qiling. @Shoxruh_chess_club_Admin ShoxRuh+ CHESS CLUB Kelajak chempionlari shu yerdan boshlanadi!
Open in Telegram🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Endi ishonmayman hech kimga endi, Endi tiyilaman har bir gunohdan, Mana oylar o’tib noyabr keldi, Hamon atrofdagi odamlar soxta.. Dardlardan bu ichim bormoqda achib, Ayirboshlanmoqda har nega vijdon, Qay birini ko’rdim o’n yuzlamachi, Yana birin ko’rdim nahot u inson??? Oldinga intilmoq bir talay qulluq, Butun bir dunyoning nigohlari och, Aldasang yutasan aldolmasang yo’q, Xullas haqiqatga yo’qdir ehtiyoj. Ko’plarga yoqmaydi do’stim parvozing, Hayotdan mehrni kim tortib oldi? Bir ilinj kutadi har iltimosing, Beminnat insonlar juda kam qoldi. So’ngso’z qamrab oldi yurak qa’rimni, Yakunni bilgancha qilyapman sabr. Ozor berdim ammo bu dardlarimni, Sendan boshqa kimga aytay noyabr? ✍️Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Open in Telegram🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Sen borsan shu sabab menga dard kelmas, Yaratgan birma bir ko'rib turibdi. Ona,chap ko'ksimda yuragim emas.. Sening duolaring urib turibdi. Osmonning kengligi mehringdanda tor. Sezaman oftob ham qalbingdan salqin. Bag'ringga bosasan vujudda g'ubor.. Shu lahza jannatga bo'laman yaqin. Qalb oshiq kaftingning duolariga Sensiz biror bitta niyat niyatmas. Borliging alishmay dunyolariga.. Mag'lubiyatlarim mag'lubiyatmas. Tilim to'xtamaydi aslo duodan. Sen borsan eng katta halovat shudur.. Takror so'ragayman takror, xudodan. Onajon shu dunyo turgunicha tur! ✍️Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Open in Telegram🔤🔤🔤 Avvallari g’aflat bor edi, Tan charchagan, ruh esa mayib, Sendan oldin dunyo tor edi, Sen kelding-u ketdi kengayib. Qorishgandim olam gardiga, Topayotgan edimki barham, Nahot shuncha hayot dardiga, Tabassuming bo’loldi malham! Shu fursatda ko’nglim to’q edi, Nigohlarda sezildi odob, Sendan oldin oftob yo’q edi, Sen kelding-u istarang oftob! Dunyo nursiz edi nazdimda, Bir ilinjni kutaverdim jim. Sen kelmasang yashamasdimda, Seni sevib yashay boshladim! ✍️Faxriyor Baxtiyorov @Faxriyor_ijod
Open in Telegram