Farobiy Kids’da qabul boshlandi! 🌱 Farobiy Xalqaro Maktabining Farobiy Kids loyihasida 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun guruh ochildi. Qabul shartlari va mashg‘ulotlar haqida ma’lumot olish yoki farzandingizni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bizga qo‘ng‘iroq qiling. Bizni kuzatishda davom eting! Farobiy Kids haqidagi eng qiziqarli yangilik va ma’lumotlarni siz bilan ulashib boramiz. 📞 +998 65 200 01 01
Open in TelegramPosts of Farobiy Xalqaro Maktabi
🇨🇳 FAROBIY XALQARO MAKTABIDA XITOY TILI DARSLARI! 🌏 📚 Maktabimizda xorijiy tillarni o‘rganish jarayoni qizg‘in davom etmoqda. 📝 Navbatdagi Xitoy tili darsida ustoz o‘quvchilarga yangi dialogni tushuntirib berdi. Dars davomida o‘quvchilar doskaga chiqib, o‘rgangan dialoglarini mustaqil ravishda aytib berishdi. 🎤 💡 Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning yangi tilni o‘zlashtirishi, so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishi va o‘z bilimlarini amalda qo‘llashiga xizmat qiladi. 🌟 Farobiy Xalqaro Maktabida Xitoy tili darslari ham ana shunday qiziqarli va samarali tarzda davom etmoqda! Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in Telegram🍎 FAROBIY XALQARO MAKTABIDA HOSIL BAYRAMI! Bugun maktabimizda ko‘tarinki kayfiyatda Hosil bayrami nishonlandi! O‘quvchilarimiz kuz ne’matlari, milliy qadriyatlarimiz va dehqonlar mehnati haqidagi bilim hamda ijodlarini namoyish etdilar. Bunday tadbirlar bolalarda tabiatga mehr, mehnatga hurmat va shukronalik tuyg‘ularini shakllantiradi. Farobiy — ilm, tarbiya va qadriyatlar maskani! Telegram | Instagram
Open in TelegramO‘G‘LINGIZDA BU 5 ODAT BO‘LSA, KELAJAGI PORLOQ BO‘LADI! 1. Muntazam sport bilan shug‘ullanish Sport tanani ham, irodani ham chiniqtiradi. O‘g‘lingiz qat’iyatli va jasoratli bo‘ladi. 2. Yangi bilim olish va uni amalda qo‘llash Dunyo tez o‘zgarmoqda. O‘qish va o‘rganishga intilgan bola kelajakda doimo bir qadam oldinda bo‘ladi. 3. Moliyaviy savodxonlik O‘g‘lingizga pulni qadrlashni, tejashni va uni to‘g‘ri sarflashni o‘rgating. 4. Mustahkam qadriyatlarga ega bo‘lish Zamon o‘zgaradi, texnologiyalar rivojlanadi, ammo insonni inson qiladigan qadriyatlar doimo muhimdir. 5. Harakat va intilish odati O‘g‘lingizni maqsad sari intilishga, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka va boshlagan ishini oxiriga yetkazishga o‘rgating. Yaqinlaringiz bilan ulashing! Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in Telegram🏫 FAROBIY XALQARO MAKTABIDA SIFAT VA OZODALIK — USTUVOR VAZIFAMIZ! Maktabimizda o‘quvchilarimiz uchun tayyorlanadigan taomlarda foydalaniladigan go‘sht mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga alohida e’tibor qaratiladi. Go‘sht mahsulotlarini chetdan xarid qilmaymiz. Molni o‘zimiz tanlab xarid qilamiz va har hafta ishonchli, tajribali qassoblarga so‘ydiramiz. Har bir jarayonda sifat, tozalik va sanitariya talablariga rioya etilishiga alohida ahamiyat beramiz. Zero, farzandlarimiz salomatligi, xavfsizligi va sifatli ovqatlanishi — bizning eng muhim mas’uliyatimiz! Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in Telegram📚 Arab tili dars jarayonidan lavhalar! O‘quvchilarimiz hozirda arab tilida yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish ustida ishlamoqdalar. Har bir yangi harf, o‘qilgan so‘z va yozilgan jumla — bilim sari tashlangan muhim qadam. Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in TelegramFARZANDINGIZGA HAR KUNI SHU GAPNI AYTASIZMI? Har kuni ertalab farzandingizga aytadigan bitta jumlangiz uning shaxsiyatini butunlay o‘zgartirishi mumkin. Bu «Men seni yaxshi ko‘raman» ham emas, «Yaxshi o‘qi» ham emas. Unga shunchaki: «Men senga ishonaman!» deng. Farzandingizga: — To‘g‘ri tanlov qilishingga ishonaman, hatto xato qilsang ham. — Qo‘lingdan kelishiga ishonaman, hatto bugun muvaffaqiyatsizlikka uchrasang ham. «Men senga ishonaman» degan gapni eshitib ulg‘aygan bola yangi narsalarni sinab ko‘rishdan, xato qilishdan va qiyinchiliklarni yengishdan qo‘rqmaydi. Aksincha, «Ehtiyot bo‘l, yiqilib tushasan!», «Buni qilma!» kabi gaplarni ko‘p eshitgan bola o‘z imkoniyatlariga shubha bilan qaray boshlashi mumkin. Unutmang, farzandingizga nafaqat mehringiz, balki unga bo‘lgan ishonchingiz ham kerak! Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in Telegram🏆 FAROBIY MAKTABIDA YANA BIR YUKSAK YUTUQ! Farobiy xalqaro maktabida xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erishgan iqtidorli o‘quvchilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🌍 Quvonarlisi, maktabimizning ikki nafar iqtidorli o‘quvchisi xalqaro olimpiadadagi muvaffaqiyatlari orqali Dubay shahriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! 👏 Bu yutuqlar — o‘quvchilarimizning intilishi, ustozlarimizning fidokorona mehnati va bilimga bo‘lgan muhabbatining samarasidir. Barcha g‘oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz! FAROBIY — BILIM VA YUTUQLAR MASKANI! Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in TelegramO‘G‘IL BOLASI BOR OTALAR UCHUN 6 TA NASIHAT 1. Har bir ishda namuna bo‘ling. Chunki siz nima qilsangiz, farzandingiz ham xuddi shu narsani qiladi. 2. O‘g‘il bolalar ham sevishni va sevilishni yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun ularga ham mehringizni va muhabbatingizni ko‘rsatib turing. 3. O‘g‘il bolalardan bir ishni qilishda mukammal bo‘lishni talab qilmang. «Xato qilmasliging kerak», deb aytmang. 4. Bir ishni qilishda unga sharoit yaratib bering. 5. Ma’naviy ehtiyojlarini qondiring. Hissiyotlarini e’tiborga oling, uni ham inson sifatida qadrlang. 6. Bolangizga vaqt ajrating. Dildan suhbatlashing, barcha savollariga erinmasdan javob bering. Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in TelegramEng katta imkoniyat — ota-onaning farzandi uchun qilgan fidoyiligidir! ❤️ Bugun öquvçilarimiz ota-onalariga bölgan minnatdorliklarini öz sözlari bilan ifoda etdilar. Ular bizga ilm olişimiz, yaxşi ta’lim-tarbiya körişimiz va kelajakda munosib inson bölib yetişişimiz uçun heç narsani ayamayotgan ota-onalariga rahmat aytişdi. Aziz ota-onalar, farzandlaringiz uchun qilayotgan barça mehnatlaringiz, mehringiz va qöllab-quvvatlaşingiz uchun sizlarga katta rahmat! Alloh barçangizni farzandlaringizning kamolini körib, rohatini suriş baxtiga muyassar qilsin! 🤲 Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in TelegramFARZAND OLDIDA GAPIRILMAYDIGAN 5 TA MAVZU 1️⃣ Ota-ona sifatida xato va kamchiliklaringizni aytmang. O‘zingizni farzandingiz oldida qadrsizlantirmang. 2️⃣ Farzandingiz oldida bahslashmang. Oiladagi kelishmovchiliklarni uning ko‘z o‘ngida muhokama qilmang. 3️⃣ Qarindoshlarni umuman yomonlamang. Farzandingiz qalbida yaqinlariga nisbatan salbiy munosabat shakllantirmang. 4️⃣ Farzandingiz ko‘tara olmaydigan moliyaviy vahimalarni qilmang. Kattalarning tashvishlarini bolalarning zimmasiga yuklamang. 5️⃣ Oilaviy shaxsiy sirlaringizni muhokama qilmang. Er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy masalalarni farzandingiz oldida gaplashmang. Unutmang: Farzand — oiladagi har bir so‘z va munosabatni o‘z qalbiga singdirib boradigan inson. Ba’zan biz kattalar oddiy suhbat deb hisoblagan gaplar bolalarning ruhiyatiga chuqur ta’sir qilishi mumkin. Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in Telegram📚 TARJIMA MAHORATINI OSHIRISH YO‘LIDA! Bugun Farobiy Xalqaro Maktabida ustoz Faxriddin Aminov tomonidan tarjima mahoratini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 🎯 Mashg‘ulotlarda tarjimaning aniqligi, ravonligi va mazmunni to‘g‘ri yetkazish usullari ustida ish olib borildi. 🎥 Jarayondan videolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz! 🏫 Farobiy — ilm va tarbiya uyg‘unligi! Telegram | Instagram
Open in Telegram🧠 Aql va idrok — kamolot kaliti! Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy bobomizning hikmatli sözlaridan biri: «Aql va idrok insonni kamolot sari yetaklaydi. Çunki idrok qilgan kişi bilimni töğri anglaydi va uni hayotda foydali işlata oladi». Zero, bilimga ega bölişning özi kifoya emas. Uni anglaş, tafakkur qiliş va hayotda töğri qöllay biliş ham muhimdir. Telegram | Instagram
Open in TelegramАгар муаллимда уч сифат жам бўлса, таълим олувчига неъмат мукаммал бўлибди: сабр, тавозеъ ва ҳусни хулқ. Telegram | Instagram
Open in Telegram🏆 Yosh matematikimizning yutuqlari! Farobiy Xalqaro maktabi öquvçisi Ali Akbar matematika fanidan turli musobaqalarda faol ishtirok etib, bir neçta medal va kuboklarni qölga kiritgan. Bu yutuqlar uning bilimi, izlaniși va mehnatsevarligining yorqin namunasidir. Ali Akbarga kelgusida ham ulkan zafarlar, yanada yuksak marralar va xalqaro musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritişini tilaymiz! Ilm yölidagi qadamingiz bardavom bölsin! 🌟 Farobiy_school 📞 65-200-01-01 Telegram | Instagram
Open in Telegram