Assalomu alaykum, hurmatli Family Mandarin tur operatorlarimiz Zaynabbegim va aziz ellikboshimiz Abdulvadud akaga.
Avvalo, bizga mana shunday muborak Umra safarini chiroyli, mazmunli va unutilmas tarzda tashkil etib berganingiz uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz.
Oilamiz bilan — onajonim, turmush o‘rtog‘im, opam, ukam va men birgalikda ushbu muqaddas ziyoratni ado etib, qalbimizga bir umrga tatigulik go‘zal xotiralar bilan qaytdik.
Safar davomida bizga ko‘rsatgan e’tiboringiz, mehringiz, sabr-toqatingiz, g‘amxo‘rligingiz va har bir masalada bergan yordamingiz uchun alohida rahmat. Sizlarning mas’uliyatingiz va fidoyiligingiz tufayli safarimiz ko‘ngildagidek, xotirjam va fayzli o‘tdi.
Alloh taolo qilgan barcha xizmatlaringizni, mehnatlaringizni va yaxshiliklaringizni dargohida qabul qilsin. Umringizga baraka, rizqingizga kenglik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik ato etsin. Yana ko‘plab insonlarga mana shunday muborak safarlarda hamroh bo‘lish baxtini nasib qilsin.
Eng katta tilagimiz — Alloh barchamizga yana va yana Baytullohni ziyorat qilishni, umra birodarlarimiz bilan birgalikda, Ka’baga sog‘inch bilan qaytishni nasib etsin! Umra birodarlarimizga xam katta raxmatimni aytaman juda samimiy oq ko’ngil insonlar bilan do’stlashganimizga Alhamdulillah yana qayta qayta borishlik nasib qilsin Xadj safarlarida xam birgalikda boraylik, Va Albatta Family Mandarin tur bilan borish nasib qilsin.
Barchangizga oilamiz nomidan cheksiz rahmat! Alloh rozi bo‘lsin! 🤲