KONSTITUTSIYA — HUQUQLARIMIZ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakultetida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Utemuratova Sapargul Shamshetovnaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolarning burch va majburiyatlari, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtaldi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va o‘z fikr takliflarini bildirdilar.